Staz asoratlari. Stazning asoratlari har xil. Agar qon da va tomir devorida chuqur o’zgarishlar bo’lmagan bo’lsa va stazni keltirib chiqargan sabablar yo’qotilsa shikastlangan joyda qon aylanishi tiklanadi. Agar tomirlarning shikastlanishi va eritrotsitlar agr egatsiyasi kuchli bo’lsa, jarayon orqaga qaytmaydi va to’qima halok bo’ladi.
Tromboz
Tromboz - bu tomir ichida qon tarkibiy qismlari (elementlari) dan tashkil topgan qon laxtasi hosilbo’lishidir (ivib qolishi). Qon laxtasi tomir ichki devoriga va tomir kavagiga o’rnashib qoladi. Trombozning birinchi turi ko’pincha yurakda va magistral tomirlar o’zanida hosilbo’ladi, ikkinchi turi esa mayda arteriya va venalarda hosilbo’ladi. Tromb tarkibida qaysi elementlar ko’proq uchrashiga qarab, uni 3 xil turga ajratiladi: oq, qizil va aralash turlari. Oq tromb trombotsitlar, leykotsitlar va kam miqdordagi oqsildan tashkil topgan. qizil tromb asosan fibrin iplari bilan birikkan eritrotsitlardan tashkil topadi. Aralash tromblarda esa, oq va qizil qavatlar almashib joylashadi.
Sabablari .Tromboz kelib chiqishida ko’pincha qon tomirning shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar asosiy rol o’ynaydi. Qon oqimining sekinlashishi va qon ivish xususiyatining oshib ketishi ham tromb hosilbo’lishiga olib keluvchi omil hisoblanadi. Odatda, faqat qon oqimining sekinlashishi yoki qon da ivish omillarining ustun kelishi tromb hosilbo’lishiga olib kelmasligi mumkin.Lekin bu omillar tomir devori shikastlanishi bilan birgalikda kompleks ravishda ta'sir etganda («Virxov triadasi» - uchligi) tromb hosilqiluvchi muhim omilga aylanadi.
Qon tomirning shikastlanishiga sabab bo’luvchi kasalliklarga yallig’lanish tabiatiga ega bo’lgan kasalliklar (revmatizm, toshmali terlama, zaxm, qoraoqsoq) hamda ateroskleroz, yurakning ishemik kasalligi, xafaqon kasalligi, allergiya jarayonlari kiradi. Bulardan tashqari, jarohatlanish, yuqori va past harorat, kimyoviy omillar, zaharli moddalar tomir devorini shikastlashi mumkin.
Qon oqimining sekinlashuviga yurak etishmovchiligi, venalarning varikoz kengayib ketishi va vena giperemiyasiga olib keladi.
Chunonchi, qon ivishini kuchaytiruvchi prokoagulyantlar (masalan,faol tromboplastin) hosilbo’lishining kuchayishi va ayni vaqtda unga to’sqinlik qiluvchi sistemalar faoliyatining susayishi (masalan, qon da antikoagulyantlar miqdori kamayib, ularni ingibitsiya qiluvchilar faoliyati ortishi) odatda tromb hosilbo’lishiga olib keladi. Normada tomir ichki devorida Z-potentsial bo’lishi tromb hosilbo’lishining oldini oladi.Z-potentsial tomir devorida manfiy zaryad hosilqiladi, shuning uchun ham manfiy zaryadga ega bo’lgan qon ning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) endoteliyga yopishmaydi.Bundan tashqari, endoteliy hujayralari trombotsitlar agregatsiyasiga to’sqinlik qiluvchi prostatsiklinlar ishlab chiqaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |