Staz mexanizmi. Mikrotomirlarda qon oqimini to’xtatuvchi asosiy omillar quyidagilar: Proagregantlar ta'sirida qon xujayralarining agregatsiya va agglyutinatsiyasi. Proagregantlarga adenozinfosfat, trom- boksan, prostaglandinlar, katexolaminlar, agglyutininlar kiradi. Proagregantlar ta'siri qon shaklli elementlarining adgeziyasi, agregatsiyasi va agglyutinatsiyasi bilan kechadi. Bu jarayonda hujayralar faolligi oshib, ulardan fiziologik faol moddalar bilan birga proagr egantlar ham ajralib chiqadi, ular esa agregatsiya hamda agglyutinatsiya jarayonini kuchaytirib, mayda qon tomirlarda qon oqishini sekinlashtiradi yoki to’xtatib qo’yadi.Kaliy, kaltsiy, natriy, magniy va boshqa ionlar ta'sirida qon hujayralarining manfiy zaryadi o’zgarishi natijasida agregatsiya rivojlanishi. Ionlar miqdorining oshib ketishiga sabab ularning hujayralardan biron bir etiologik omil ta'sirida shikastlanish natijasida chiqishidir.Ionlar qon hujayrasi yuzasiga joylashib olib, ularning manfiy zaryadini neytrallaydi yoki musbatlaydi.Normal hujayralar yuzalaridagi zaryad bir xil bo’lgani uchun bir-birlaridan itarilsalar, «neytrallangan» hujayralar esa, bir-biri bilan qo’shilib, agregatlar hosilqiladilar
98
Stazning turlari. Kelib chiqish sabablari va rivojlanish me-xanizmlariga qarab, stazning barcha turlarini 3 guruhga ajratadilar.
«Chin» staz. qon olib ketadigan tomirlarda qon oqimi qiyinlashishi va to’xtashi oqibatida kelib chiqadi. Birlamchi stazning shakllanishi qon hujayralarining faollashuvi va agregatsiyasi, tomir devoriga adgeziyasidan boshlanadi. Ishemik staz.qon oqib kelishi kamayishi, sekinlashishi va to’xtashi oqibatida kelib chiqadi.Venoz dimlanish stazi. Bunday staz biron-bir sabab ta'sirida vena qoni oqib ketishi qiyinlashnshidan kelib chiqadi. Venoz stazni quyidagi sabablar keltirib chiqarishi mumkin; qonning quyuqlashishi, uning fizik-kimyoviy xususiyatlari o’zgarishi, qon hujayralarining shikastlanishi (masalan, gipoksiyada) oqibatida faollashuvi va proagr egantlar ishlab chiqarilishi natijasida agregatsiya va adgeziya rivojlanishi. Stazning birinchi turini birlamchi, holgan ikki turini ikkilamchi staz deyiladi.
Staz belgilari .Stazning tashqi belgilari ko’pincha venoz dimlanish yoki ishemiya belgilari bilan yashiringan bo’ladi.
To’qimalar mikroskop ostida qaralganda, kapillyalarning bir qancha kengayganligi (venoz dimlanish stazida) yoki torayganligi (ishemik stazda) ko’zga tashlanadi. Kapillyarlarda eritrotsitlarning va boshqa qon hujayralarining harakatsiz agregatlarini, mikro qon quyilishi va to’qima shishi (venoz dimlanish stazi) belgilarini ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |