Qayta tayyorlash fakulteti farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun



Download 3,32 Mb.
bet48/92
Sana01.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#723365
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92
Bog'liq
Патология УМК TOGRI (8) 2

Shishlar
Yy;' 4:
V;:.


2 . Venna diagrammasi: devorining suyuq qismini bosimning oqimining shkastlanishi to’qimaga o’tishi oshishi qiyinlashishi
Talabalar 3 guruhga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Doskaga 3ta doira chiziladi. Guruhlarga quyidagi topshiriqlar beriladi. Mavzuning o’xshash va farqli jihatlarini taqqoslashadi. Ma’lum bir kasallikda uchraydigan belgilarni l qismga, 2-kasallikda uchraydigan belgilarni 2-qismga va har ikkala kasallikda o’xshash belgilarni 1chi va 2chi diagramma kesishmalaridan hosil bo’lgan qismiga yoziladi. Sardorlar tanlanadi. Sardorlar talabalar bildirgan fikrlarni diagrammaga yozib, to’ldiradilar. Masalan: Degidratatsiya Gipergidriya




Muammo haqida butunligicha umumiy taassurot olish imkonini beradi. Ijodiy, tahliliy mushohada qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Juftlikda diagramma tuziladi, to’ldiriladi. Juftlar diagrammalarni taqqoslaydi va qo’shimchalar kiritadi. Diagrammani grafik ko’rinishda, daraxt yoki kaskad ko’rinishida to’ldirishingiz mumkin.

Masalan:

Qanday ? Qanday?Gastritni davolash



Qanday ? Qanday? Ichak mikroflorasini
Disbakteriozni davolash tiklash
Kislota-ishqoriy muvozanatining buzilishlari
Kislota-ishqoriy muvozanat o'zgarishlarining ikki turi: atsidoz va alkalozlar farqlanadi . Ular etiologik va patogenetik nuqtayi nazardan quyidagicha tasniflanadi.Atsidoz vodorod ionlari miqdorining mutlaq (absolut) yoki nisbiy ko'payishi, ya’ni pH ning pasayishi yoki kislotalik tomonga siljishi. Bu o 'z navbatida:

  1. respirator (yoki gazli) atsidoz — organizmda tashqi nafas funksiyasining yetishmasligi natijasida karbonat angidridining to'planishi, chiqib ketishining qiyinlashishi yoki olinayotgan havo tarkibida uning ko'p bo'lishi oqibatida yuzaga keladi;

  2. metabolik (gazli bo'lmagan) atsidoz— organizmda turli holatlarda (masalan, gipoksiya, qandli diabet, koma va hokazo) moddalar almashinuvining buzilishlari tufayli ko'p miqdorda H+ionlarini tutgan mahsulotlarning hosil bo'lishi va to'planishi natijasida rivojlanuvchi kislotali — nordon muhit. Metabolik (gazli bo'lmagan) atsidozning sababi va mexanizmlariga ko'ra o 'z navbatida quyidagi turlari tafovut qilinadi:

  1. ishqoriy muhitni ta ’minlovchi omillami yo'qotish tufayli organizmda kislotalaming to'planib qolishi yoki ko'p miqdorda asoslar chiqib ketishining kamayishi natijasida yuz beruvchi holat. Bunda buyrakning yetishmovchiligi, yoxud uzoq davom etuvchidispepsiya va shu kabilar katta rol o'ynaydi;b) ekzogen, ya’ni organizmga tashqaridan, ayniqsa uzoq vaqt davomida ko'p miqdorda kislotali-nordon moddalaming kirishidan (masalan, ovqat, dori-darmonlar va hokazo tarkibida) kelib chiquvchi;

  1. nihoyat, atsidozning aralash turi (bunda kislotalaming ko'p miqdorda paydo bo'lishi bilan birga chiqib ketishining ham qiyinlashishi, masalan, shok, kollaps holatlarida) yoki ayni vaqtda nafas va qon aylanishi yetishmovchiligi, respirator yoki somatic kasalliklar sababli ham metabolik atsidozning ro‘y-rost rivojlanishi yaqqol misol bo'ladi.

Alsidoz sabablar r Alkaloz sabablari Giperventilyalsiya Alkaloz — vodorod ionlarining mutloq yoki nisbiy o'zgarishi hamda pH ning ortishi, ya’ni ishqoriy tomonga siljishini anglatuvchi holat. Buning bir necha turlari farq qilinadi;l) respirator (gazli) — o'pkaning giperventilatsiyasi va shu tufayli karbonat angidridini to'xtovsiz ravishda tezlik bilan
organizmdan ko'plab chiqarish natijasida yuzaga keluvchi holat;2) metabolik (gazli bo'lmagan) alkaloz:

  1. kislotali moddalarni ko'plab chiqarish yoki ko'plab yo'qotish natijasida organizmda (masalan, .ketma-ket to'xtovsiz qayt qilish,oshqozon yarasining teshilishi — perforatsiya bo'lgan vaqtda) ishqoriy moddalarning ko'payib ketishi;

  2. ekzogen, ya’ni organizmga ko'p miqdorda ishqoriy muhitli moddalaming tashqaridan kiritilishida kuzatiluvchi turlariga bo'linadi.Ayniqsa atsidoz va qisman alkaloz holatlari organizmning barch; darajalarida chuqur o'zgarishlarga, hayot uchun tahliki i holatlarga olib keladi. Cjfeyarli barcha patologik jarayonlar va kasalliklar suv-elektrolitlar muvozanati (nisbati)ning u yoki bu darajada o'zgarishi bilan

kechadi.O'z navbatida suv va mineral moddalarning bir-biriga miqdoriy hamda sifatiy me’yori nisbatining kuchli buzilishlari va buning asosida birinchi navbatda so'zsiz gomeostazning chuqur, ko'pincha hayot uchun xavfli darajada siljishlari muhim ko'rsatkich hisoblanadi.Chunki bunda biologik suyuqliklar, hujayralar, to'qimalar,sistemalar va qolaversa yaxlit organizm faoliyatlari amalga oshirilmaydigan
ahvolga tushib qoladi.Suv va unda erigan elektrolitlar almashinuvi o'zaro bir-biriga uzviy bog'langanki, ularga taalluqli masalalarni bir butunlikda ko'rish maqsadga muvofiq va har tomonlama to'g'ridir.
Odam gavdasi og'irligining o'rta hisobda 60% ini (bu albatta yoshga, jinsga, semiz-oriqlikka bog'liq, masalan, yosh bolalarda 70%—85% ini) suv tashkil etadi.
Suv-elektrolitlar almashuvining buzilishlari Suv almashinuvining boshqa moddalar almashinuvlaridan farqi shundaki, uning boshlang‘ich, oraliq va oxirgi mahsuloti ham bitta modda — suvdir.Suv organizm ichki muhitining asosiy qismini tashkil etadi
va uning hayot uchun ahamiyati nihoyatda katta. Binobarin, suv moddalar almashinuvida asosiy erituvchi, moddalarning parchalanishi va so'rilishi, fermentlar faoliyati kabilar biologik muhim jarayonlarning amalga oshishi uchun eng qulay va ulami ta ’minlovchi asosiy muhitdir. U organizmdan turli keraksiz, aslida zararli, zaharli chiqindilami tashqariga tashib chiqarishning asosiy muhiti bo'lib, shu tufayli organizmni tozalaydi hamda barcha to'qima, a’zolarni bir-biriga bog'lab, ular faoliyatining boshqaribturilishiga muvofiq muhit yaratadi Har ikki —suvni qabul etish va chiqarish sistemasining ta ’ siri bevosita ish bajaruvchi, faoliyatni amalga oshiruvchi a’zolar hamda sistemalar,masalan, buyraklar, volyum-, osmoretseptorlar va boshqa bir qancha murakkab omillarga chambarchas bog'liqdir. Suv muvozanatining idora etilishi, awalo, gumoral omillar va a’zolar —asosan buyraklar ishtirokida amalga oshiriladi. Suv almashinuvida nervendokrin sistemasining ahamiyati g'oyat katta. Bunda gipofiz orqa bo'lagida to'planuvchi, buyrak nefronining kanalchalarida suvning qayta so'rilishini ta ’minlovchi va shu tufayli diurezni kamaytiruvchi gipotalamusning antidiuretik gormonining (ADG) roli katta. Bu gormon yetishmaganda, masalan qandsiz diabet deb ataluvchi og'ir kasallikda organizm o'zida suvni ushlab turish, kanalchalarda qayta so'rilishni ta ’minlay olmasligi tufayli suvni ko'plab yo'qotadi va natijada hayot uchun xavfli o'zgarishlar ro'y beradi.Buyrak usti bezi qobig'ida ishlab chiqariluvchi mineralokortikoidlar,masalan, birinchi o‘rinda aldosteron buyrak kanalchalarida natriy ionining qayta so'rilishi va shu orqali suvning sezilarli darajada qayta so‘rilishini ta ’minlaydi. Insulin suv lmashinuviga, asosan, karbonsuv almashinuviga ta ’sir etish orqali ta ’sir ko'rsatadi va u yetishmaganda suvning siydik orqali ko'plab ajralishi (poliuriya), chanqash (polidipsiya) kabi organizmning suvsizlanish oqibatlari kuzatiladi. Tiroksin gormoni suyuqlikni to'qimadan qon tomiriga o'tishini kuchaytiradi va shu orqali suv-tuzlar muvozanatiga ta ’sir etadi.Tur li patologik holatlarda suv-tuzlar muvozanatining buzilishi
organizmda suvning ushlanib qolishi shish yoki to'qimalarning suvsizlanishi — degidratatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Suvsizlanish (gipogidriya)
Katta yoshdagi odamda organizmdan chiqib ketayotgan suvning miqdori organizmga tushayotganidan ortiq bo'lsa, suvsizlanish (gipogidriya, degidratatsiya, eng og'ir turi — eksikoz) rivojlanadi.
Bunday holat organizmga suvning tushishi buzilganda (tashnalik, yutish jarayoni buzilganida, qiltomoq, komatoz va boshqa holatlarda) yoki suv ko'p miqdorda yo'qotilganda (masalan,su ru n k a

  1. ich ke tish , qusish, qon y o 'q o tish , p o liu riy a,giperventilatsiya, ko'plab ter ajratish, kuyish va ekssudat bilan ko'p

suyuqlikni yo'qotishda va hokazo) va ana shu har ikkala holat ayni vaqtda yuz berishida kuzatiladi. Suvsizlanishda birinchi navbatda hujayra tashqarisidagi suyuqlik va Na+ ionlari yo'qotiladi. Suvsizlanishning og'ir darajalarida hujayra ichi suyuqligida K+ ionlari ham yo'qotiladi. Suvsizlanish qon hajmining kamayishi (gipovolemiya) va uning ivish xususiyatining oshishi bilan boruvchi o g 'ir oqibatlarga, ular esa o'z navbatida, mikrosirkulatsiya va umuman qon aylanishining buzilishiga, pirovardida kollapsga olib keladi. Qon aylanishining buzilishi to'qimalarning gipoksiyasiga olib keladi, bu esa birinchi navbatda nerv sistemasining tuzilishi va faoliyatiga keskin salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Bunda aql-xushning pasayishi, gallusinatsiya, komatoz holatlar rivojlanadi. Shu bilan birga, nerv markazlari buziladi, chunonchi funksiyasi, nafas maromi, yurak faoliyati buziladi, tana harorati oshadi va hokazo.
Arterial qon bosimining sezilarli pasayishi buyrakda filtratsiya, ya’ni qonni zaharli moddalardan tozalash jarayonining buzilishi, oliguriya, giperazotemiya va gazsiz atsidoz bilan kechuvchi og'ir ahvolga olib keladi.

  1. Suvsizlanish jarayoni, ayniqsa yoshlar organizmida, og'ir kechadi.Bolalarda ekstratsellular suyuqlikning ko'pligi, buyrakning konsentratsiyalash qobiliyatining kamayishi, teri nisbiy yuzasining yuqoriligi, nafas tezligining onishi organizmda suv-elektrolitlar muvozanatining boshqarilishi yetarli darajada emasligidan dalolat beradi. Hayotning dastlabki ikki yili mobaynida bolalarda, kattalarga qaraganda, suvsizlanish ko'proq uchraydi va og'ir asoratlarga, hatto o'limga ham olib kelishi mumkin.

Amaliy qism.
Maqsad: Suv elektrolitlar muvozanatining organizm uchun ahamiyati, uning idora etilishi va bunda turli sistema, a’zo, to’qimalarning roli, turli sabablarga ko’ra suv elektrolit muvozanati buzilishlarining asosiy ko’rinishlaridan birishishning patogenetik omillari, turlari va h.k. haqida tushuncha hosil qilib, ularning patofiziologiyasiga oid ba’zi masalalarni tajriba yordamida o’rganish.
Tajriba. Oq kalamush o’pkasida toksik shish jarayonini paydo qilish, unda koeffitsientini aniqlash.
Kerakli anjomlar:Tarozi,ammoniy xloridning 6% li eritmasi,oq kalamush.
Ishning borishi:
Tarozida og’irligi aniqlangan oq kalamushning qorin bo’shlig’iga, og’irligining har biri 100g ga 0,7ml hisobida ammoniy xloridning 6% li eritmasidan yuboriladi. Hayvon holatining o’zgarishi kuzatilib, bayonnomada quyidagilar aks etishi shart.
Hayvon holatining vaqt davomida o’zgarish jarayoni.
Har 5 daqiqada nafas soni va uning chuqur yoki yuzakiligi, nafas olishi yoki chiqarishining qiyinlashishi kabi o’zgarishlar.
Teri va shilliq qavatlarining o’zgarib borishi.
Talvasa holati, o’lim yuz berish vaqti va ushbu jarayondagi o’zgarishlari.
Hayvon o’lgandan so’ng uni yorib ochib, o’pkasi va yuragining holati ko’zdan kechiriladi. Bunda, odatda, o’pka kattalashgan (shishgan) bo’lib, qon oqqan joylarda mayda nuqtalar, kesganda esa qonga to’yingan va unga o’xshash ko’piksimon suyuqlikning ajralib chiqishi kuzatiladi. Undan so’ng o’pkani ajratib olib, tarozida tortiladi va o’pka koeffitsienti, ya’ni o’pka og’irligining tana og’irligiga nisbati aniqlanadi.
Sog’ hayvonlarda o’pka og’irligining har 1g mi ko’pi bilan (maksimal) tana og’irligining har 100g ga to’g’ri keladi.
O’pka koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:
Kalamush vazni- l35g;
O’pka og’irligi- l,7g;
l35-l,7
l00-x
1,7 x 100 ,
x = = 1,26
135 ’
Demak, o’pka koeffitsienti 1,26 ga teng.
Topshiriqlar: tajribadan olingan natijalar bayonnomaga yozib, xulosa chiqariladi.
8-Mavzu: Immun tizimi patologiyasi. Allergiya Darsning maqsadi:
Immun tizimining vazifasi, patologik holatlarini o’rganish. Immunitet buzilishining tipik shakllari bilan tanishib chiqish .Allergik reaktsiyalar turlarini solishtirib o’rganish. Darsning vazifasi:
Immun tizimi patologik holatlari to’g’risida tushuncha berish. Immunitet buzilishining tipik shakllari farqlari to’g’risida tushuncha berish. Allergik reaktsiya turlarini o’rgatish.
O’quv jarayonining mazmuni:
1.Immunopatologik holatlar 2.Immuno - patologik reaktsiyalar 3.IKS-hyjayralar 4.B-hujayralar subsistemasi 5.Immunitet buzilishining tipik shakllari

  1. Immunopatologik holatlar

  1. Patologik tolerantlik

  2. Allergiyaning etiologiyasi

  3. Allergiyaning turlari

  4. Allergik reaksiyalarning turlari va rivojlanishi mexanizmlari

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: ( metod, forma ( shakl) vosita, usul, nazorat, baholash)

  1. Darsning turi - suhbat;

  2. Metod “Asalari to’dasi “ ish o’yini , Ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish usuli, “ B. BO. BX “ usuli , “ Insert” jadvali, Interfaol o ’yin;

  3. Forma ( shakl ) - guruh;

  4. Vosita - doska, tarqatma materiallar, kompyueter;

  5. Usul - nutqli;

  6. Nazorat - kuzatish (ko’rish);

  7. Baholash - o’z - o’zini va umumiy baholash;

Metodlar: 1. “ Asalari to’dasi” ish o’yini,2. Ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish usuli, “ B. BO. BX usuli, “Insert” usuli,

  1. Asalari to’dasi” ish o’yinini o’tkazish usuli:

Ish uchun zarur:

  1. Situatsion masala va savollar to’plami yozilgan alohida variantlar.

Jerebyovka” uchun nomerlangan qog’oz bo’lakchalari.

  1. Toza qog’oz varag’ i va ruchka Ishni bajarish tartibi.

  1. Hamma talabalar 4 tadan alohida guruhlarga bo’linadi.

  2. Guruhlar alohida stolatrofiga va toza oq qog’oz. ruchka tayyorlanadi.

  3. Qog’ozga sana va guruh soni, fakultet talabalar ismi sharifi va o’yin nomi yoziladi.

  4. Guruhlardan bittadan talaba konvertdan topshiriq variantini oladi

  5. Guruh talbalari o’zaro savollarini tahlil qilishadiva 1 ta talaba varaqqa yozadi.

  6. Topshiriqni yechish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.

  7. O’qituvchi o’yinni bajarilishini kuzatib boradi.

  8. Vaq tugashi bilan ish o’yinlari yig’ib olinadi.

  9. O’qituvchi va talabalar birgalikda natijalarni tahlil qilishadi eng aniq to’g’ri javob bergan variant uchun yuqori maksimal ball beriladi. 2 chi o’rindagi variantga 85.9

  1. urindagi guruhga 70. 9 ball belgilanadi.

  1. Javob variantlari yozilgan varaq qauqituvchi ball va imz oquyadi.

  2. Jaridag iish o’yinining nomi. Guruh sardori imzosi qo’yilishi lozim.

  3. Talabalar olgan ballari joriy baholashda hisobga olinadi.

Ish o’yinini o’tkazish uchun savollar to’plami.

  1. Immunitet buzilishining tipik shakllariga misollar keltiring?

  2. Timus va taloqning vazifasi.

  3. Allergenlarning tasnif iva tavsifi.

  4. Allergiyaning etiologiyasi.

  5. Autoallergik reaktsiyalar

2. Ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish usuli, “ B. BO.BX” usuli:
Yakka tartibda jadval rasmiylashtiriladi.Mavzu bo’yicha tadqiqot ishlari olib borish imkonini beradi.“ Ushbu mavzu bo’yicha siz ni mani bilasiz” va “nimani bilis hni xoxlaysiz?
Yakka tartibda yoki juftlikda jadvalning 1-2-3 ustuni to’ldiriladi.
B. BO. BX” usulini o’tkazish tartibi:

  1. Buning uchun biz B. BO. BX usuli asosida bilimlarni sinash uchun tarqatma materiallar tarqatamiz. Talabalar shu tarqatma materiallarga o’zlari bilgan, bilishni hohlagan fikrlarini bayon qilib ,, +” belgisini qo’yib chiqishadi:

Masalan:




Tushunchalar


Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish