Kanserogen omillar
|
Nima
|
Atipik o'sish
|
alar
|
|
|
|
Nima
Nima uchun?
Onkogenez Onkoviruslar
Ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish usuli ”B.BO.BX” usuli.
Yakka yartibda jadval rasmiylashtiriladi.Mavzu bo’yicha imkoniyat beradi,”Ushbu mavzu bo’yicha siz nimani bilasiz?” va “Nimani bilishni hohlaysiz?” Yakka tartibda yoki juftlikda jadvalning l-2-3-ustuni to’ldiriladi.
“B. BO. BX” usulini o’tkazish tartibi. l.Buning
uchun biz B. BO. BX usuli asosida bilimlarni sinash uchun tarqatma materiallar tarqatamiz. Talabalar shu tarqatma materiallarga o’zlari bilgan, bilishni xohlagan fikrlarini bayon qilib ,, +” belgisini qo’yib chiqishadi.
Masalan:
Tushunchalar
|
Bilaman
|
Bilib oldim
|
Bilishni
hohlaman
|
Atipizm
|
|
|
|
Metastaz
|
|
|
|
Kaxeksiya
|
|
|
|
Giperplaziya
|
|
|
|
Gipertrofiya
|
|
|
|
Poliplar
|
|
|
|
Protoonkogenlar
|
|
|
|
Onkogenez
|
|
|
|
Kanserogen moddalar
|
|
|
|
Residiv
|
|
|
|
Infiltrativ o’sish
|
|
|
|
Atrofiya
|
|
|
|
2. 10 minut o’tgandan so’ng tarqatma materiallar yig’ib olinadi. 3.
O’qituvchi dars davomida topshiriqlar to’g’ri, to’la, tartib bilan bajarishini tekshiradi.
Javoblar varag’ida o’qituvchi ballar va imzo qo’yadi, talabalar bilishni xohlagan mavzularni tushuntirib beradi. 5.
Darsni joriy baholashda talabalarni olgan ballari va aktiv ishtiroki e’tiborga olinadi.
To‘qima o‘sishining patogiyasi.Neoplaziyalar.
Gipertrofiya deb (grekcha Hyper - haddan tashqari, trophe - oziqlanish so’zidan olingan), organ yoki uning bir qismi qajmining kattalashuviga aytiladi, bu xujayra elementlari xajmining kattalashishi yoki ular sonining ko’payishi natijasida yuzaga keladi. Xaqiqiy gipertrofiya. soxta gipertrofiya
O’sish protsesining regulyatsiyasi buzilishi natijasida paydo bo’lgan gipertrofiya ko’pincha ichki sekretsiya soxasining buzilashlari tufayli ro’y beradi. Bunga quyidagilar misol bo’ladi : qizlarda va erkaklarda sut bezining nixoyatda kattalashib ketishi (gigantomastiya); akromegaliya (bu kasallik gipofiz funktsiyasining kuchayishi ) oshqozon, ichak, til, burun, pastki jaq, qo’l oyoqlarning kattalashib ketishi. Bu xildagi gipertrofiya disgormonal gipertrofiya (giperplaziya) deyiladi.
Saraton Qo’shma Shtatlardagi o’limning ikkinchi yetakchi sabab hisoblanadi; faqatgina yurak-qon tomir kasalliklarining o’zi yuqori darajani tashkil qiladi. O'limdan ham qiyini neoplazmalar yetkazadigan hissiy va jismoniy azob-uqubat. "Rak kasaliga davoqachon bor bo'ladi?" deb bemorlar va jamoat tez-tez so’rashadi. Bu oddiy savolga javob qiyin, chunki saraton bu bir kasallik emas, balki tartibning buzilishiga olib keluvchi bir qancha kasalliklar yig’indisi. Hodgkin lenfomasi kabi ba'zi saratonlarning aksariyat hollarda davosi bor, holbuki, bez saratoni kabilar deyarli har doim halokatli bo'lgan. Saratonni boshqarishdagi yagona umid uning patogenezini chuqurroq o’rganishda yotadi va saratonning molekulyar asosini o’rganishda juda kata yutuqlarga erishildi. Bu bo’lim neoplazaning biologiyasi - sog’lom va zararli neoplazmalar tabiati va neoplastik o'zgartirishlarning molekulyarasosi bilan shug’ullanadi. Shu bilan birga, o’simtalarga qarshi organizm o’zining javobi va neoplazaning tibbiy xususiyatlari ham muhokama qilinadi. Kartsinogenesis mexanizmi va saraton hujayralarining xususiyatlarini muhokama qilishdan avval, saratonning fundamental va umumiy xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqish foydali:
113
Saraton ekologik jarohatlardan yoki (asosan) o’z-o’zidan kelib chiquvchi DNK mutatsiyalari sababli kelib chiquvchi genetik kasallik. Shu bilan birga, saratonlar tez-tez DNK metilatsiyasidagi o’sish va genlardagi mutatsiyalar bilan bog’liq giston modifikatsiyasidagi o’zgarishlar kabi epigenetik o’zgarishlarni ko’rsatadi. Bu genetik va epigenetic o’zgarishlar o’sish, omon qolish va jismoniy qarishlar kabi fundamental hujayraviy jarayonlarni tartibga soluvchi muhim genlar ifodasi va funksiyasini o’zgartiradi.
Bu genetik o'zgarishlar hujayra bo’linishida o’zak hujayralarga o’tib, meros bo’lib qoladi. Natijada, bu o’zgarishlarni qabul qilgan hujayralar darvin tanlanishiga moyildirlar, (eng munosiblarning omon qolishi, qabul qilinga eng muhim ilmiy tushuncha) mutatsiyani olib yuruvchi hujayralar ularni qo’shnilariga nisbatan o’sish va omon qolishdagi ustunliklar bilan ta’minlaydi va butun aholiga dominant bo’ladi. Darvin tanlanishi saratonning qayta paydo bo’lishi va o’sishida o’zini rolini o’ynaydi, bu fikr keyinchalik batafsil muhokama qilinadi. Chunki tanlanish ustunliklari birgina hujayrada yig’iladi va bu oxir-oqibatda o’simtaga sabab bo’ladi va hamma o’simtalar klonaldirlar (ya’ni bir hujayraning nasli).
Amaliy qism
Maqsad: Epiteliyni qirish yo’li bilan surtmalar tayyorlash va uni mikroskopda ko’rish.
Tajriba. Mikroskopik tekshirish:
Kerakli anjomlar:Bachadon bo’yni surtmasi,mikroskop,predmet oynachasi
Ishning borishi: Sitologik tashxis qo’yish uchun, epiteliyni qirish yo’li bilan surtmalar tayyorlanadi biopsiya yo’li bilan olingan preparat sitologik tekshirishi bilan tasdiqlanishi kerak. Displastik to’qima va hujayralarning yadrosi va sitoplazmadagi o’zgarishlar, aniq tashxis qo’yishga va qay darajada rivojlanganliklarini o’rganishiga yordam beradi. Displazyani sitologik tekshirishlar bachadon bo’yni’ siydik pufagi va o’pkadagi jarayonlarni o’rganishga yordam beradi. Boshqa organlardagi displazyani, masalan oshqozon-ichak yo’li va sut bezi boshqa epitelial o’zgarishlardan ajratish juda qiyin bo’ladi. Bunga sabab shu organlardagi yallig’lanish jarayonlari va regenarasiya jarayoni va hujayralarning proliferasiyaga uchrashidir.
Tajriba.Fisher tajribasi.
Kerakli anjomlar: 50takalamush,mikroskop,predmet oynachasi
Ishning borishiUoker karsinomasining 50 ta o’sma hujayralarini kalamushlarning venasiga qo’yiladi uzoq muddat davomida vena orqali yuborilganda kalamushlarda o’sma rivojlanmagan. Agar shu kalamushlarga 1necha marta qorin bo’shlig’i ochilib jigariga tegib ko’rilsa, unda ularning jigariga Uoker karsinomasi rivojlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |