Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 2,51 Mb.
bet26/30
Sana08.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#330387
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
BMI qo'llanma

N= Мω·10-3 (3.3)

bunda R-foydali qarshiliklarning ta’sir qiluvchi kuchi (tortish kuchi), N;

v bajaruvchi organ tezligi, m/s; M – yetaklanuvchi valdagi aylanish momenti, N·m; ω- yetaklanuvchi valning burchak tezligi, rad/s.
Yetaklanuvchi valdagi aylanish momenti hisoblash formulasi:

M=P·l, N·m (3.4)

Aralashtirgichning suyuqlikdagi harakatiga qarshilik qiluvchi kuch P (N da) ni aniqlaymiz.

  (3.5)

bunda F — harakatlanayotgan jismning shu harakat yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan tekisligidagi proeksiyasi, m2; ξ — muhitning qarshilik koeffitsienti, bu koeffitsient Reynolds (Ре) soniga bog‘liq bo‘ladi.

  (3.6)

bunda v harakatlanayotgan jism tezligi, m/s; de — harakatlanayotgan jism ekvivalent diametri, m; (de≈√F); ρ —muhit zichligi, kg/m3; η — muhit qovushqoqligi, Pa· s.

b≈0,5a bo‘lganda ekvivalent diametri de =1,3b=1,3·0,15=0,195 m.

Kuraklarning o‘rtacha chiziqli tezligini topamiz: v=πln=3,14·0,37·1=1,16 m/s.

60% - li shakar eritmasinining zichligini hisoblaymiz: ρ=0,6ρш+0,4ρc=1360 kg/m3, bu yerda ρш=1600 kg/m3-shakar zichligi; ρc=1000 kg/m3- suv zichligi.

60%-li shakar eritmasinining qovushqoqligi μ=554,26·10-4 Pa·s.

Reynolds sonini (3.6) formuladan topamiz:



Reynolsd soni 5550 bo‘lganda muhitning qarshilik koeffitsienti ξ =1,3 ga teng.

Bitta kurakka ta’sir qiluvchi suyuqlikdagi harakatga qarshilik qiluvchi kuch P ni (2.5) formuladan aniqlaymiz:





Yetaklanuvchi valdagi aylanish momentni (3.4) formuladan topamiz:
M=53,5·0,37=19,8 N·m
Suyuq aralashmani aralashtirish uchun kerak bo‘lgan quvvatni (3.3) dan aniqlab, (3.1) formuladan aralashtirgich elektrodvigatelining quvvatini hisoblash topish mumkin.

Ilova 16

Mashina kinematik sxemasini loyihalash
Mashina kinematik sxemasini qurish mashinani loyihalashning mas’ul bosqichi hisoblanadi. Kinematik sxema mashinanig detallar va uzellari konstruksiyasini, shuningdek mashinani ishlatish sifatini belgilaydi.

Kinematik sxema mashinaning hamma zveno va mexanizmlarini bog‘lanish tartibini tekislik yoki fazoviy tasvirda ko‘rsatadi va energiya oqimining taqsimlanishi haqida, mashina elementlarining kinematik aloqasi haqida, asosiy zvenolarni bir-biriga nisbatan joylashish holati haqida ma’lumot beradi. U mashinaning kinematik va kuchini hisoblash uchun asosiy hujjat hisoblanadi.

Sxema masshtabga amal qilmasdan bajariladi. Sxemaning hamma elementlari shartli grafik belgilar bilan yoki tashqi ko‘rinishi soddalashtirilgan holda belgilanadi.

Kinematik sxemada yurutma dvigatelning quvvati, dvigatel valining va mashina barcha vallarining aylanma tezligi, shkivlar diametrlari, tasma uzunligi va turi, tishli g‘ildirak, yulduzcha va xrapovik tishlari soni, tishli uzatma moduli, zanjirli uzatma qadami, ishchi organlar yurishi soni va qiymati ko‘rsatiladi. Vallar rim raqamlari bilan nomerlanadi. Mashinaning hamma elementlari sxemada arab raqamida tartib bilan nomerlanadi, chapdan o‘nga yoki o‘ngdan chapga va chizmaning bo‘sh joyida matn bilan izoh beriladi, masalan jadvallar yordamida (GOST 2.702—69).


Yuritmaning umumiy uzatish sonini aniqlash va uni bosqichlarga taqsimlash

Uzatmalarning asosiy kinematik xarakteristikasi bo‘lib uzatishlar soni hisoblanadi:



  (4.1)

bunda ω1 va ω2 - yetaklovchi va yetaklanovchi vallarning burchak tezligi, s-1; n1 va n2 - yetaklovchi va yetaklanovchi vallarning aylanish chastotasi, ayl/min; Мa1 vа Мa2 - yetaklovchi va yetaklanovchi vallardagi aylantirovchi momentlar, N·m; η - yurutma FIK.

Umumiy uzatish soni



uum = ndv : пi.o (4.2)

bunda ndv - elektrodvigatelning aylanishlar chastotasi, ayl/min (s-1); пi.o - ishchi organning aylanishlar chastotasi, ayl/min (s-1).

Keyin уum ni alohida bosqichlarga bo‘ladilar. Buning ko‘p yechimi mavjud, lekin biz optimal variantini tanlab olishimiz kerak.

Umumiy uzatishlar sonini alohida bosqichlarga bo‘lishda uzatishning umumiy soni har bir boshqich uzatish soni ko‘paytmasiga teng bo‘ladi:

uum = u1 u2 u3 × …× un (4.3)

Agar umumiy uzatishlar soni aniq bo‘lsa, boshqa n—1 boshqichlar uzishlar soni beriladi va oxirgi bosqich uzatishlar soni kattaliklari aniqlanadi:

un = uum / (u1 u2 u3 × …× un-1) (4.4)

Umumiy uzatishlar sonini aniqlash umumiy me’zoni yo‘q. Ammo quyidagilar tavsiya etiladi: qo‘llanmalarda ko‘rsatgan uzatishlar sonlarining o‘rtacha qiymatlari tanlab olinadi; birinchi navbatda reduktor uchun, keyin zanjirli, tasmali va tishli uzatmalar uchun uzatishlar soni aniqlab olish kerak; silindrik va silindrik-konus reduktorlarda birinchi tezyurar bosqichlari uchun uzatishlar soni kattaroq tanlanadi (3 dan 5 gacha), keyingi sekin ishlaydigan bosqich uchun avvalgisidan 30-40 % kamroq olinadi; chervyakli reduktorni FIK ko‘p bo‘lishi uchun ko‘p zaxodli chervyak qo‘llaniladi.

Umumiy uzatishlar sonini alohida boshqichlarga bo‘lish uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin:


Uzatmalar

Uzatishlar soni qiymati

o‘rtachasi

yuqorisi

Reduktorgagi tishli uzatma:

silindrik g‘ildirakli

konus g‘ildirakli

3-6


2-3

10

6



Ochiq tishli

3-7

15

Chervyakli:

yopiq


ochiq

10-40


15-60

80

120



Zanjirli

2-5

6

Friksion

2-4

5

Tasmali:

yassi tasmali ochiq

yassi tasmali tortish rolikli

ponasimon tasmali


2-4


4-6

2-4

6

8

6


Keyingi hisoblashda tishli yoki yulduzchali uzatma tishlari soni, shkivlar diametri va h.k. aniqlanadi, bunda umumiy kinematik hisoblashda aniqlangan va qabul qilingan uzatishlar soni orasida tafovut bo‘lishi mumkin. Umumiy uzatishlar sonini o‘zgartirmaslik uchun bu tafovut yurutmaga kiradigan ba’zi uzatmalar sonini o‘zgartirish bilan yoqotiladi. Odatda hisob-kitoblarni o‘zgartirish uchun ochiq tishli va zanjirli uzatmalar uzatishlar soni o‘zgartiriladi.



Uzatishlar sonini o‘zgartirishda quyidagilar e’tiborga olinadi: tishli , chervyakli yoki zanjirli uzatmalar soni butun sonlar (tishlar sonlari) nisbatiga teng bo‘ladi; tasmali uzatma uchun – sirpanishni hisobga olgan holda shikivlar diametri standart qatoridagi qiymatlar nisbatiga teng. Shuning uchun yurutmaning haqiqiy uzatishlar soni hamma vaqt hisoblangan uzatishlar soniga teng bo‘lmaydi. Chiqayotgan valning haqiqiy aylanish chastotasi deyarli hamma vaqt hisoblangan aylanish chastotasidan oz-moz farq qiladi. Bu farqni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

n = (n - nh) / п ∙ 100 % (4.5)



bunda n - berilgan aylanish chastotasi , ayl/min (s-1); nh - haqiqiy aylanish chastotasi, ayl/min (s-1).

Natijada valning aylanish chastotasi farqi ± 4 % dan oshmasa hisob-kitob qoniqarli deb topiladi.

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish