Qurilmaning gidravlik hisobi
Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmasida bosim yo‘qolishi asosan zmeevik orqali harakatlanayotgan suyuqlik oqimida sodir bo‘ladi, isitgich ichida zmeevik tashqarisidan harakatlanayotgan suyuqlik tezligining kichik bo‘lishi hamda qurilma ichki diametrinint kattaligi sababli gidravlik hisobda bosim yo‘qolishini nolga tenglashtirib olish mumkin.
Zmeevikda bosim yo‘qolishi esa quyidagicha aniqlanadi:
- to‘g‘ri trubadagi bosim yo‘qolishi
L1 - katta diametrli zmeevik o‘rami uzunligi:
Issiq suvni uzatib berish uchun nasos hisoblanganda ushbu bosim yo‘qolishi inobatga olinishi shart.
Ilova 15
Mashinani energetik hisoblash
Mashina elektrodvigatelining nominal quvvatini aniqlash formulasi:
Ndv=N/η (3.1)
bunda: N - mashina yurutmasi uchun kerak bo‘lgan quvvat, kVt; η- yurtmaning umumiy FIK.
Yuritmaning umumiy foydali ish koeffisenti uzatmalarning xususiy FIKlari ko’paytmasiga teng:
η = η1 η2 η3 × …× ηn (3.2)
Bu formula faqat quvvatni ketma-ket uzatishda to‘g‘ri bo‘ladi. Yurutmaning istalgan vali tayanadigan podshipniklar parallel ishlaydi, va bitta val podshipniklaridagi yo‘qotilagan kuchni hisobga oladigan FIK (podshipniklar soni qancha bo‘lishidan qat’iy nazar), bitta kattalik bilan ko‘rsatiladi.
Tayanchlardagi ishqalanishda sarflanadigan kuchlar koeffisentlari quyidagicha:
bir juft dumalash podshipniklari uchun η = 0,99-0,995;
bir juft sirpanish podshipniklari uchun moylash sharoitlariga qarab η=0,98-0,99.
Lebyodka mexanizmlari, kranlar va yuk ko’targichlar uchun bloklardagi ishqalanishlarni hisobidan qo’shimcha yo‘qotishlar bo’ladi. Harakatsiz bloklar uchun bu yoqotishlar η = 0,94-0,96 koeffisiyet bilan; harakatlanuvchi bloklar uchun η = 0,97-0,98 koeffitsiyent bilan baholanadi.
Har xil uzatmalarning o`rtacha FIK qiymatlari (podshipniklardagi yo‘qotishlar hisobga olinmagan):
Uzatma
|
Moy vannasida
|
Ochiq
|
Тишли
|
0,96-0,98
|
0,94
|
Chervyakli, chervyakning kirish sonlari uchun:
z=1
z=2
z=3
|
0,7
0,75
0,85
|
0,5
0,6
--
|
Zanjirli
|
0,95-0,97
|
0,9
|
Friksion
|
0,90-0,95
|
0,7-0,88
|
Tasmali
|
--
|
0,95-0,96
|
Elektrodvigatelning nominal qiymatini aniqlangan keyin, berilgan ish sharoiti uchun qaysi tipdagi dvigatel kerakligi aniqlab olinadi va kataloglardan hisob-kitoblarimizga yaqin dvigatel tip-o‘lchami tanlanadi. Bunda, ko‘pincha, hisoblangan quvvatdan yuqori quvvatli dvigatel tanlanadi.
Kataloglarda quvvati bir xil, ammo burchak tezligi har xil bo‘lgan bir necha tipdagi elektrodvigatellar bo`ladi. Ular ichidan burchak tezligi 3.1 kinematik sxemaga to‘g‘ri keladigan elektrodvigatelni tanlashimiz kerak. Bunda quyidagini hisobga olish kerak: elektrodvigatel vali qancha tez ayladigan bo‘lsa uning o‘lchami, massasi va bahosi kichikroq; dvigatel vali sekin aylanadigan bo‘lsa, shuncha umumiy uzatishlar soni kichik bo‘ladi.
MISOL: Suyuq aralashmani aralashtirish uchun kerak bo‘lgan quvvatni hisoblaymiz:
Birlamchi shartlar:
Aralashma - 60 %-li shakar eritmasi; aralashtirgich valining aylanish tezligi n=1 c-1 (60 ayl/min); aralashtirgich kuragi o‘lchamlari a =0,3 m, b =0,15; kuraklar markazi orasidagi masofa l=0,37 m (Rasm 3.1 ga qarang).
Rasm 3.1. Aralashtirgichning aylantirish momentini hisoblash sxemasi
Suyuq aralashmani aralashtirish uchun kerak bo‘lgan quvvat quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |