Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 2,51 Mb.
bet30/30
Sana08.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#330387
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
BMI qo'llanma

bunda n – tayanchlar soni.

Standart tayanchlar uchun o‘lchamlari 6.1-jadvalda keltirilgan:

Qurilmaning maksimal og‘irligi Gm=2500 N to‘g‘ri keladigan tayanch o‘lchamlari (mm da): c=90; a=65; b=75; h=140; δ=6; d=14; massasi 1 kg.

Tayanchlar St3sp po‘latdan tayyorlanadi. Bu po‘lat uchun qisish va cho‘zilishga ruxsat etilgan kuchlanish [G]=1108 MPa.

Qovurg‘a qalinligi quyidagicha topiladi:





bunda К – qovurg‘aning bikrligiga bog‘liq koeffitsient, qabul qilinadi K=0,2; m – tayanchdagi qovurg‘alar soni; [G] – qisishdagi ruxsat etilgan kuchlanish, Pa; a – tayanchning chiqish o‘lchami, m.
6.1-jadval

Payvand-chokli tayanchlar (MX 84-56 normal bo‘yicha)



Qurilmaning maks. og‘irligi,

Gm ∙10-3 N

Tayanchlarga tushadigan solishtirma bosim, MPa

O‘lchamlar, mm

Tayanch massasi, kg

c

a

b

h

δ

d

1

1

0,24

80

55

65

125

140

155

0,53

2

2,5

0,44

90

75

85

170

215

280

1

3

5

0,69

100

120

160

350

420

4

1,2

4

10

1,12

110

200

240

6

6

8

2

5

25

1,45

150

70

75

8

10

12

3,5

6

40

1,35

190

85

90

14

14

14

6,7

7

60

1,33

230

130

170

18

23

30

13,2

8

80

1,25

240

205

240

30

34

34

21,4


Rasm 6.1. Qovurg‘ali tayanch sxemasi



Qabul qilingan qovurg‘a qalinligi 0,006 m hisoblaganligidan 0,0017 m dan ko‘ra katta, shuning uchun keyingi hisoblashda δ=0,005 m qabul qilamiz.

Qovurg‘aning egiluvchanlik koeffitsienti λ ni hisoblaymiz:



bunda l=20+a=20+65=85 mm=0,085 m; δ- qovurg‘a qalinligi, m/

Grafik bo‘yicha λ qiymatiga qarab К koeffitsientni aniqlaymiz, u qabul qilingan K qiymatidan katta, shuning uchun K=0,2 qabul qilganimiz to‘g‘ri ekan.

Payvandlash choklarini kesilishga tekshiramiz:



(6.2)

bunda Δ – payvandlash choki kateti o‘lchami, m; L – choklarning umumiy uzunligi, m; - chok materialining ruxsat etilgan kuchlanishi,



Rasm 6.2. Egilish koeffitsienti K ni aniqlash grafigi


Shart bajarilyapti.
Qurilmani o‘rnatishdan oldin texnik hujjatlar o‘rganiladi, u o‘rnatiladigan tayanch plitalar, mahkamlovchi boltlari, qurilish konstruksiyalari, dalolatnoma bo‘yicha tekshirib qabul qilib olinadi.

Kerak bo‘lgan asosiy montaj o‘qlarini tayanch plitalarda belgilaydilar. Qurilma tayanch qismi tayanadigan joylarni belgilaydigan o‘qlarning loyihada ko‘rsatilgan o‘lchamlardan og‘ishi (± mm da): o‘qlar orasidagi interval 9 m bo‘lganda 3; 9 dan 15 m gacha – 4; 15 dan 21 m gacha –5; 21 dan 27 m gacha –6; 27 dan 33 m gacha – 7.

Qurilma tayanch qismi tayanadigan joylarni qabul qilib olishda quyidagi og‘ishlar ruxsat etiladi (mm da):

Tayanch plitaning yuqori sirti:

balandlik bo‘yicha ……………………………………………… ± 1,5

qiyalik bo‘yicha…………………………………………………….. 1/1500

Mahkamlovchi boltlarining siljishi (yuqoridan ko‘rinishda):

konstruksiya tayanchi kontur ichida joylashganda………………. 5

konstruksiya tayanchi kontur tashqarisida joylashganda……. 10
Plitaga ta’sir qiladigan haqiqiy bosimni 6.1-tenglamadan aniqlaymiz.

R= 8,34 / (0,90,033 )=277 kPa ≤ Rn ,

Bu ko‘rsatgich ruxsat etilgan bosim Rn dan katta, shuning uchun yuqorida ko‘rsatilgan o‘lchamlar bilan tayanchlarda qurilma po‘lat shvellerda o‘rnatilib, shveller binoning tayanch ustuniga tayanishi lozim.



Rasm 6.3. Qurilma tayanch oyoqlarini po‘lat plitada mahkamlash sxemasi

1-payvandlash choki; 2- po‘lat shveller; 3- M12 boltli birikma; 4- tayanch; 5 – qurilma korpusi.

Ammiak sovitgichini montaj qilishda birinchi navbatda qurilmaning silindr asosi qopqoq qismi bilan M16 boltlar yordamida flanetslar orasiga paronit tiqin qo‘yib yig‘iladi. Silindr korpusi chang‘ilarda traktor bilan tortib keltiriladi va shu chang‘idan minorali yoki to‘rt oyoqli kran yordamida o‘rnatiladi. Spropalash usuli 6.4-rasmda ko‘rsatilgan. Uning vertikallik holati yuqoridan pastga yuborilgan shoqullar yordamida amalga oshiriladi.

O‘rnatish o‘lchamlaridan og‘ish qiymatlari quyidagicha :

Vertikallikdan og‘ish - 0,3 mm 1 m uzunlikda;

Balandlik belgisi bo‘yicha og‘ish - 5 mm

Yuqoridan ko‘rinishda montaj o‘qlari bo‘ylab og‘ish - 10 mm

Qurilmaning korpusi to‘rtta tayanch bilan metall karkasga M12 boltlar bilan mahkamlanadi. Pastki va yuqoridagi shtutserlarga quvurlar ulanadi. Apparat o‘rnatilgandan keyin germetiklikka sinovdan o‘tkazadilar va ichiga 0,3 MPa bosimiga bug‘ beriladi. 10 minut ushlab turiladi va bosim kamaytiriladi va hamma payvand choklar tekshiriladi.

Ammiak bug‘latgichidan foydalanish

Ammiak bug‘latgichidan foydalanish quyidagi bosqichlardan iborat:



  • ishga tushirish;

  • foydalanishda nazorat etish;

  • ishdan to‘xtatish;

  • qurilmani ishlatishda texnik xafsizlik qoidalariga amal qilish.

Ammiak bug‘latgichini ishga tushirish tartibi:

1. Ammiak bug‘latgichini ishga tushirishdan oldin qurilmaga isituvchi bug‘ kelishi tekshiriladi.

2. Qurilma trubalariga bug‘ berish ventilni asta-sekin ochish bilan beriladi.

3. Qurilmaga ammiak berila boshlanadi.

4. Ammiakning chiqishida uning temperaturasi o‘lchanib isituvchi bug‘ning sarfi rostlanadi.

Rasm 6.4. Ammiak bug‘latgichini stropovkalash sxemasi


Qurilmadan foydalanishda xavfsizlik shartlari:

Qurilmadan foydalanayotganda nosozliklar va baxtsiz hodisalar oldini olish maqsadida quyidalar qat’iyan man etiladi:

1. Sistemadagi bosimni ruxsat etilgan qiymatdan oshirish (manometrdagi qizil bilan ko‘rsatilgan chiziqdan yuqoridagi qiymatdan).

2. Qurilmani quyidagi hollarda ishga tushirish:

qurilma qismlari oralig‘idagi tiqinlar orasidan suyuqlikning sizib o‘tish, quvurlar va armaturalarda nosozlik bo‘lganda;

isituvchi bug‘ning kelmaslik holatida.

3. Qurilmani ta’mirlashda va tozalashda bronza yoki dyuralyuminiydan yasalgan maxsus asboblardan tashqari boshqa asboblarni ishlatish.

4. Qurilmani ta’mirlash va tozalashda elektrik ko‘chiriladigan lampalarni ishlatish. Shaxta tipidagi germetik qalpoqli akkumulyatorli fonarlarni ishlatish ruxsat этилади.

Ammiak bug‘latgichini ta’mirlash

Ammiak bug‘latgichi ishlatiladigan kimyo zavodlarida rejali ogohlantirish ta’mir sistemasi joriy qilingan.



Jihozni rejali-ogohlantirish ta’mirlash sistemasi (ROTS) deb oldindan ishlangan reja bo‘yicha asosida bajariladigan jihozni ta’mirlashning barcha tashkiliy va texnik ishlar ko‘lamiga aytiladi.

ROTSning maqsadi korxonadagi barcha turdagi mashina va apparatlarni, transport qurilmalarni, avtomatik boshqaruv va muhandislik ta’minot sistemalari ishi to‘xtovsizligini ta’minlash.

ROTSning asosiy vazifasi jihozning ta’mir orasidagi xizmat muddatini uzaytirish, ta’mirga ketadigan sarf-xarajatni kamaytirish, ta’mirlash ishlari sifatini oshirish.

ROTSning asosi – barcha ta’mir ishlari oldingan tuzilgan reja asosida bajariladi.

ROTS sistemasiga quyidagi xizmat ko‘rsatish va ta’mir turlari kiradi: ta’mir oralig‘idagi xizmat ko‘rsatish, texnik ko‘rik, joriy ta’mirlash, o‘rta ta’mirlash, kapital ta’mirlash.

Ta’mir oralig‘idagi xizmat ko‘rsatish. Bu ish har kun bajarilib, jihozni texnik to‘g‘ri ishlatilishini ko‘rib borish va mexanizmlarni rostlash, kichik nosozliklarni yo‘qotish ishlaridan iborat. Bu xizmat turi sex ishida tanaffus bo‘lganda, texnologik rejimni buzmagan holda navbatchi chilangarlar tomonidan amalga oshiriladi.

Texnik ko‘rik. Jihozni ishlatish davomida ish qobiliyatini quvvatlab turish va jihozni aniq ishlashini ta’minlash maqsadida jihoz texnik ko‘rigdan o‘tkaziladi. Bunda quyidagi ishlar bajariladi: jihozni tozalash va ishqalanish yuzalarini moylash, podshipniklar holatini tekshirish, o‘lchov asboblari, uzatmalar holatini, rez’ba va shponkali birikmalarni tekshirish va boshqalar. Ko‘rik payti aniqlangan kichik nuqsonlan rostlash va sozlash yordamida bartaraf etish va navbatdagi ta’mirlash vaqtida bajariladigan ishlash ko‘lamini aniqlash. Texnik ko‘rik korxona ta’mir ishlarining reja grafigida ko‘rsatilgan muddatda, smena orasidagi tanaffuslarda yoki ish payti bo‘lmaganda korxonaning ta’mir personali tomonidan amalga oshiriladi.

Joriy ta’mirlash. Jihozni ishlatish paytida navbatdagi rejali ta’mirgacha ish qobiliyatini kafolatli ta’minlash maqsadida joriy ta’mir o‘tkaziladi. Bunda yig‘ma birikma ochib yig‘iladi, undagi nosozliklar aniqlanadi, eyilgan detallar almashtiriladi yoki qayta tiklanadi, qistirmalar, zanjirlar va tasmalar holati tekshiriladi va kerak bo‘lganda ta’mirlanadi yoki almashtiriladi, podshipniklar va yog‘lash sistemalari tekshiriladi va tozalanadi hamda oraliqlar rostlanadi. Joriy ta’mir jihoz o‘rnatilgan joyida ishlab chiqarish sexi kuchi yordamida ta’mirlash reja-grafigi asosida amalga oshiriladi. Joriy ta’mirlashni sifatli va vaqtida o‘tkazish uchun javobgar shaxs sex mexanigi hisoblanadi.

Joriy ta’mirlash ishlariga ketgan sarf-xarajatlar korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.



O‘rta ta’mirlash. Bu ta’mirlashni bajarishdan maqsad jihozning texnik xarakteristikalarini ishlab chiqarish jarayonida eyilgan va nuqsonga uchragan detallarni almashtirish yoki ta’mirlash yo‘li bilan qayta tiklashdir. Ish hajmi jihatidan bu ta’mir turi joriy va kapital ta’mirlash o‘rtasida turadi. O‘rta ta’mirda jihoz o‘rnatish joyida demontaj qilmasdan ochiladi va quyidagi ishlar bajariladi:

  • mashina barcha mexanizmlari qisman echilib, tekshiruvdan o‘tkaziladi;

  • ruxsat etilgan chegaraviy o‘lchamdan ortiq eyilgan detallar almashtiriladi yoki ta’mirlanadi;

  • yeyilgan tros, zanjir, tasma va friksion lentalar tekshiriladi va yangisiga almashtiriladi;

  • xasta bo‘lgan yuzalar tozalanadi;

  • tiqinlar, zichlagichlar, mahkamlovchi detallar tekshiriladi va kerak bo‘lganda yangisiga almashtiriladi;

  • kerak bo‘lganda mashina ba’zi qismlari bo‘yaladi;

  • mashinani yig‘ish, qismlar va mexanizmlar ishini rostlash va sinovdan o‘tkazish ishlari.

O‘rta ta’mirda mashina ayrim qismlarini kapital ta’mirlash mumkin. O‘rta ta’mir ishlab chiqarish va ta’mirlash-mexanika sexlari ta’mirlash personali tomonidan sex mexanigi yoki bosh mexanik boshchiligida amalga oshiriladi.

Bu ta’mirga ketadigan sarf-xarajatlar, agar o‘rta ta’mirlash har yili o‘tkazilsa, mahsulot tannarxi hisobidan, agar ta’mirlash ishlari har yil o‘tkazilmasa, sarf-xarajatlar jihozning amortizatsiyasi kamayishi hisobidan qoplanadi.



Kapital ta’mirlash. Ta’mirning eng qiyin va ko‘p mehnat talab qiladigan turidir. Bunda mashina (agregat) butunlay birlamchi detallargacha ajratiladi va defektovka qilinadi, barcha eyilgan detallar yangisiga almashtiriladi, shu jumladan asosiy detallar ham, bir-biriga ilashgan detallar qo‘ndirilganligi va ruxsat etilgan o‘lchamlari texnik shartlarga ko‘rsatilgan talablarga to‘g‘ri kelishiga erishiladi. Mashina tashqi ko‘rinishi yangilanadi. Boshqacha qilib aytganda, kapital ta’mir natijasida jihozning pasport xarakteristikalari qayta tiklanadi.

  • Kapital ta’mirlash ishlariga quyidagilar kiradi:

  • barcha eyilgan detal va qismlarni almashtirish yoki o‘lchamlarini texnik talablarga ko‘rsatilgan kattaliklarga etkazgan holda qayta tiklash (boshlang‘ich ruxsat va qo‘ndirmalar ishchi chizmalari va texnik shartlar bo‘yicha olinadi);

  • mashina detallari va qismlarini markazlashtirish va muvozanatlashtirish;

  • mashina stanina va ramasini ta’mirlash (kerak bo‘lganda poydevorni ham ta’mirlash);

  • quvurlarni va havo yetaklanuvchi trubalarni yopuvchi-rostlovchi armaturasi bilan birga tekshirish, tozalash va ta’mirlash;

  • boshqaruvchi va nazorat qiluvchi barcha avtomatik qurilma va asboblarni rostlash yoki yangisiga almashtirish;

  • kerak bo‘lganda mashina qismlarini yoki hamma joyini bo‘yash;

  • mashinani kompleks tekshirish, rostlash va sinovdan o‘tkazish.

  • Kapital ta’mirlash ishlari bosh mexanik boshchiligida korxona ta’mirlash sexi xodimlari tomonidan bajariladi.

  • Kapital ta’mirga ketgan sarf-xarajatlar jihoz amortizatsiyasi kamayishi hisobidan qoplanadi.

  • ROTSning rejaviy ta’mirlaridan tashqari korxonada avariya holati yuz berganda o‘tkaziladigan ta’mir bo‘ladi. Bu avariyali ta’mir ish hajmi bo‘yicha sodir bo‘lgan avariya va jihoz qanday darajada ishdan chiqishiga qarab joriy, o‘rta va kapital bo‘lishi mumkin. Avariya holati deb ishlab chiqarish jarayonini buzgan holda mashina detallarining sinishi yoki shikast yetishi sababli mashinaning buzilish holati tushuniladi.

  • Avariya holatini keltirib chiqaruvchi sabablar:

  • mashina konstruksiyasida nuqson mavjudligi va detallarining sifatsiz tayyorlanishi;

  • jihozni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik (sifatsiz texnik xizmat ko‘rsatish, texnologik jarayon talablariga rioya qilmaslik, jihozni yuqori yuklama ostida ishlatish va x.k.);

  • jihozni noto‘g‘ri o‘rnatish va sifatsiz ta’mirlash;

  • jihoz ishchi qismlariga begona predmetlarning tushib qolishi va h.k.

  1. Qurilmaning mumkin bo‘lgan katta avariyalariga quyidagilar kiradi:

  2. Apparatning birikish qismlaridagi tiqinlardan suyuqlikning sizib o‘tishi.

  3. Isituvchi sistemaning qismlari: trubalar va boshqalarning nosozligi.

  4. Uzatuvchi trubalar yeyilgan, uzilgan va darz ketgan bo‘lsa, o‘sha uchastka yangisiga almashtiriladi yoki payvandlash bilan ta’mirlanadi. Truba uchastkasini almashtirishda shu uchastka o‘lchamlariga (diametr va uzunlik) mos yangi truba seksiyasi tayyorlanadi. Bu quyidagi jarayonlardan iborat:

  5. Tayyorlash jarayonlari (trubani tozalash, o‘lchash, kesish, birlashtiruvchi uchlarni tozalash, kerak bo‘lganda teshiklar ochish, bukish, otbortovka);

  6. Yig‘ish–payvandlash jarayonlari (fasonli detallarni yig‘ish va payvandlash, quvur yig‘inlarini yig‘ish va payvandlash);

  7. Yakuniy jarayonlar (tayyorlangan quvur uchastkasini yig‘gandan keyin sinovdan o‘tkazish).

Po‘latdan tayyorlangan trubalarni kislorod–atsitelen gaz payvandlash va elektr–yoy payvandlash bilan kesish mumkin. Bunda truba uzunligini keraklisidan bir oz ko‘proq o‘lchanadi (chekka trubalar uchun zatogovka uzunligini 2–3 mm ga, o‘rtadagilari uchun 4–5 mm ko‘proq o‘lchanadi). Po‘lat trubalarni kesishning eng yaxshi usuli diskli arra bilan abraziv doira ishlatib kesish hisoblanadi. Bunda kesish tekisligi truba o‘qiga nisbatan perpendikulyarligi quyidagi qiymatlardan katta bo‘lmasligi kerak: truba devori qalinligi 3 mm gacha bo‘lganda – 0,5 mm; 3 dan 4,5 mm gacha – 1 mm va 5 mm dan katta bo‘lganda – 1,5 mm.

Quvurlarni joriy ta’mirlashda quvur seksiyalari orasidagi nosozliklar boltlarni tortish bilan yo‘qotiladi, darz ketgan joyiga xomut qo‘yiladi, paronit, asbest yoki rezina qistirmalar almashtiriladi va h.k. Kapital ta’mirlashda eyilgan qismlar kesib olinadi, yangi qo‘yiladi, payvandchoklar qayta payvandlanadi, nosoz armaturalar almashtiriladi yoki ta’mirlanadi, tayanchlar holati tekshiriladi, darzlar payvandlanadi va h.k. Ta’mirlangan quvur uchastkasi o‘rnatishdan keyin o‘tkaziladigan sinov tartibi bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.
6.2. Mashinalarni o‘rnatish va ta’mirlash

Mashina poydevorini (fundamentini) hisoblash


Poydevorni loyihalash jarayonida poydevorning o‘lchamlari va asosiga "mashina - poydevor" sistemasidan tushadigan haqiqiy bosim P hisoblanadi va bu bosim grunt ko‘tara oladigan ruxsat etilgan bosim Rn miqdori bilan taqqoslanadi.

Poydevorni statik hisoblash. Poydevorni statik hisoblashda poydevor poshnasidan asosga tushadigan haqiqiy bosim P aniqlanib, uni ruxsat etilgan bosim Rn bilan taqqoslaydilar.

h1- fundament yer usti qismi balandligi; h2 - fundament yer osti qismi balandligi.


bunda Gm - mashinaning ishchi holatidagi og’irligi, kN; α - kichraytirish koeffitsiyenti, α= 0,3 1; Gf - poydevor og’irligi, kN; F - fundament poshnasi yuzasi, m2; Rn - yer qatlami (grunt) ko‘taradigan ruxsat etilgan bosim, kPa.

Rasm 6.5. Betonli poydevor.



1- asos; 2- qumli tayyorgarlik: 3- kotlovan; 4- pol; 5- fundament boltlari uchun quduqcha; 6- ishchi yuzasi (obrez); 7- poshna.

Fundament poshnasi yuzasi (m2) quyidagicha topiladi:


bunda - a va b - fundament boltlari o‘qlari orasidagi masofa, m; Δ - fundament tomonlariga qo‘shimcha, Δ= 0,1…0,2 m. (6.6- rasm)

Rasm 6.6. Fundament asosi yuzasini hisoblash sxemasi

Fundament balandligi H (m):

H = H1 + H2 (6.5)

Fundament hajmi quyidagicha topiladi:



V = F · H , m3 (6.6)

Fundament og‘irligi Gf (kN):

Gf = В·γ (6.7)

bunda γ - fundament materialining solishtirma og‘irligi, beton uchun γ = 12…25 kN/m3

6.2- jadval

Har xil grunt turi uchun Rn miqdori


Grunt turi

Gruntga tushadigan ruxsat etilgan bosim RN, kPa

Kate-goriya

Tur

1
2
3

4


Qum yer:

Kam suvli qum yer

Suv bilan to‘yingan qum yer

Tuproq yer

Loy yer

Qum yer:


O‘rta kattalikdagi qum yer

Yirik kattalikdagi qum yer

Shag‘al yer

Tosh yer

200…250

100…150


200...300

100 ва ундан катта
250...300

350…450


500 гача

600 ва ундан катта


Agar hisoblash natijasida yerga ta’sir qiladigan haqiqiy bosim ruxsat etilgan bosimdan kichik bo‘lsa, ya’ni P << Rn bo‘lsa, unda sharoitga qarab poydevor asosining yuzasi qo‘shimcha Δ hisobidan kichraytiriladi, agar hisoblash natijasida P > Rn bo‘lsa, unda fundament asos yuzasi Δ ni oshirish hisobiga ko‘paytiriladi, yoki yerni qattiqlashtiradilar.

Jihozni montaj qilish uchun tayyor poydevorlarni qabul qilayotganda, uning o‘lchamlari va fundament boltlari uchun quduqchalar loyihadagidek bo‘lishi kerak, cheklanishlar quyidagi qiymatlardan katta bo‘lmasligi kerak (mm da):

  • asosiy o‘lchamlar gorizontal proyektsiyada ± 30 ;

  • poydevor yuqori balanlik o‘lchamlari ± 30 ;

  • fundament boltlari uchun quduqchalar o‘lchamlari gorizontal proyektsiyada ± 20

  • fundament boltlari o‘qlari gorizontal proyektsiyada ± 5 ;

  • fundament boltlarining yuqori qismi ± 20.

Ba’zi holatlarda ruxsat etilgan cheklanishlar texnologik jihozning pasportida ko‘rsatiladi.

Mas’ul fundamentlarni qabul qilib olishda betonning laboratoriya tekshiruvi bo‘lgan bajaruv sxemasi tuziladi.



Fundamentning gorizontal holat aniqligi bilish uchun ramali yoki yog‘ochli obtarozini fundamentning ishchi yuzasiga ikki marta bir-biridan 900 da bo‘lgan holatda qo‘yib o‘lchaydilar. Agar obtarozini ishchi yuzasiga qo‘yganda havo pufakchasi nol nuqtasida aniq turmasa, unda obtarozi o‘lchami ikki marta olinadi: birinchi marta shu holatida, ikkinchi marta obtarozini 1800 ga aylantirgan holatda. Bunda o‘lchovning haqiqiy qiymati ikki marta o‘lchash qiymatining (i1 va i2 qiymatlarning) algebraik yig‘indisi yarmiga teng.

Shoqul yordamida fundamentning vertikal holati aniqligi tekshiriladi.



Protirkalash (ezish) mashinalarini o‘rnatish

Rasm 6.7. Protirkalash (ezish) mashinasi.



1- korpus;2-elektrodvigatel;3-klin tasmali uzatma;4-pichoqlar holatini rostlaydigan mexanizm;5-mahsulot solinadigan bunker; 6-konus-qaytargich;7-setkali baraban; 8- hiqindini olib chiqadigan quvur; 9- jamlanadigan bunker;10- pichoq.

Bu mashinalar zavod-tayyorlovchidan yig‘ilgan holda elektrodvigatel va tasmali uzatma bilan birga montajga keltiriladi. Protirkalash mashinalarini montaj qilish tartibi quyidagicha:



1. Protirkalash mashinasi uchun fundamentni montajga qabul qilib olish (fundamentni montajga qabul qilib olish tartibi tajriba ishi №1 da keltirilgan)

2. Asosiy montaj o‘qlarini belgilash (asosiy montaj o‘qlari deb rotor o‘qi va shkivlar yon tekisligadan o‘tgan o‘q qabul qilinadi).



3. Mashinani fundamentga o‘rnatiladi.

4. Elektrodvigatelni qiya ramaga o‘rnatilib, M12 boltlari bilan qotiriladi. Bunda boltlarni qotirish bir meyorda amalga oshiriladi.

5. Shkivlar o‘rnatiladi. Bunda shkivlar parallelligi, o‘rta tekisliklari to‘g‘ri kelishini, shkivlar kanavkalarining bir tekislikda joylashishini, kanavkalar ko‘ndalang kesimi bir xilligini ta’minlash kerak. Buning uchun shoqul va obtarozi qo‘llaniladi (5.2 rasm). Bunda obtarozi havo pufakchasi asbobning markazida bo‘lishi va shkivlar yon tomon tekisligidan shoqul torigacha bo‘lgan a masofa bir xil bo‘lishi kerak.

Shkivlarni o‘rnatilayotganda indikatorlar bilan yon tomon va radial urilishlar tekshiriladi, bunda urilishlar quyidagi qiymatlardan oshmasligi darkor:



Urilishga ruxsat etilgan qiymatlar: yon tomondan - 0,15 mm, radial - 0,08 mm/

6. Shoqul, obtarozi va metall tiqinlar yordamida mashina holatini rostlaydilar. Obtarozilarni mashina ishchi valiga va qopqog‘iga qo‘yib o‘lchaydilar. Qopqog‘dagi obtarozini ikki bir-biridan 900 farq qiladigan holatda qo‘yib o‘lchaydilar. Shoqul tori shkivlar yon tekisligidan o‘tishi kerak (ruxsat etilgan gorizontallik holatidan siljish 0,1-0,3 mm 1 m uzunlikda, balandlik bo‘ylab siljish ± 5 mm va yuqoridan qaralganda asosiy o‘qlar siljishi ± 5 mm bo‘lishi darkor).

7. Mashina holatini rostlangandan keyin fundament quduqchalariga beton qorishma quyiladi, bunda mashina tayanch qismi va fundament ishchi yuzasi oralig‘i ham to‘ldiriladi. Mashina ostidagi beton qalinligi 50-60 mm atrofida. Qorishmada ishlatilgan sement markasi fundament yaxlitida ishlatilgan sement markasidan kam bo‘lmasligi, shag‘al va sheben o‘lchamlari 5-20 mm dan oshmasligi kerak.



Rasm 6.8. Protirkalovchi mashina va elektrodivagatel vallarining parallellik holatini tekshirish sxemasi. 1-shoqul tori; 2 va 3 - shkivlar; 4 - obtarozi

8. Mashinani fundamentga mahkamlanadi. Bunda 12-15 mm diametrli anker boltlari ishlatiladi. Fundament boltlari gaykalarini mahkamlash quyilgan beton 70 % mustahkamlikka ega bo‘lgandan keyin bajariladi. Bunda hamma bolt gaykalari bir maromda mahkamlanishi va mashina asosi fundamentga yopishib turishi kerak.

Montaj ishlari oxirida tasmali uzatma uchun g‘ilof o‘rnatiladi, podshipnik korpuslari moylash mahsuloti bilan to‘ldiriladi va xom-ashyo beriladigan va ishlov berilgan massa va chiqindi olib chiqiladigan quvurlar mahkamlanadi.

Mashina sinovidan oldin boltli birikmalar tekshiriladi va mashina vali qo‘l bilan aylantiriladi. Val erkin aylanishi kerak. Mashina salt holatda 2 soat ishlatiladi. Bunda val pichoqlari bilan bir maromda barabanda tegilmasdan, begona tovush chiqarmasdan aylanishi va podshipniklar qizib ketmasligi darkor.
Protirkalash mashinalarini ta’mirlash

Protirkalash mashinalarini ishlatishda ishchi organlari bo‘lgan pichoqlar va silindr po‘lat setka mexanik lat yeydi, podshipnik, rotor va tasmalar yeyilishi mumkin.

Mashinani qismlarga ajratishni valga o‘rnatilgan shkivni ajratgich (сёмник) yordamida olishdan boshlanadi. Mashina qopqog‘i ochiladi va bug‘ va issiq suv bilan mashina ichki qismi yuviladi, keyin yaxshilab artiladi. Tebranish podshipniklari qolipi ochiladi va podshipniklar holati tekshiruvdan o‘tkaziladi. Yeyilgan podshipniklar yangisiga almashtiriladi. Valga mahkamlangan pichoqlar va silindr po‘lat setka holati tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kerak bo‘lganda val, pichoqlar, baraban setka ta’mirlanadi.

Mashinani qayta yig‘adilar. Bunda e’tibor pichoqlar va silindr po‘lat setka sirti orasidagi oraliqqa va pichoqni val bo‘yicha nisbatan 1,5o burchak ostida bo‘lishiga qaratilishi kerak. Chunki bu pichoqlar faqat mahsulotni barabanga ezmasdan, balki mahsulotni baraban bo‘ylab harakatlantiradi.

Mashinani yig‘ish uni qismlarga ajratish tartibiga teskari amalga oshiriladi.

Jihozni yiqqandan keyin moylash kartasi va sxemasiga asosan hamma qismlari moylanadi va mashina salt holatda sinovdan o‘tkaziladi. Bunda mashina begona shovqinsiz va bir tekisda ishlashi kerak. Salt holatda sinash vaqti 2 soat. Mashinani yuklama ostida ishlatishdan oldin elektr energiyasini avariyali vaqtda avtomatik o‘chiradigan himoya asboblari borligi va ularning aniq ishlashi tekshiriladi. Yuklama ostida sinash vaqti 4 soat. Bunda asosiy e’tibor mahsulot yumshoq qismining po‘sti va donagidan ajratish darajasiga qaratiladi. Ajratish qoniqarsiz bo‘lganda baraban va pichog‘lar orasidagi oraliq rostlanadi.



Jihozni tortish uchun trossni hisoblash

Jihozni katoklarda harakatlantirayotganda (5.8-rasm) kerak bo‘lgan tortish kuchi S quyidagi formula bilan hisoblanadi:



S = G (к1+к2) /dд , ( kN) (6.8)

bunda d - katoklar diametri, sm; к1 - yer va katok orasidagi tebranish ishqalanish koeffitsienti; к2 - katok va jihoz tagligi orasidagi tebranish ishqalanish koeffitsienti.

Rasm 6.9. Jihozni katoklar yordamida tortish sxemasi



Ishqalanish koeffitsiyenti jihoz qo‘zg‘almas bo‘lgan holatida uning harakatlanish holatidagi ishqalanish koeffitsiyentidan 1,5 barobar katta bo‘lganligini hisobga olsak, jihozni o‘rnidan qo‘zg‘atish uchun kerak bo‘lgan tortish kuchini Sqo‘z hisoblangan tortish kuchidan 50 % ga ko‘proq olish kerak.

Sqo‘z = 1,5 S (6.9)

Hisoblab topilgan Sqo‘z qiymati bo‘yicha tortish kanati hisoblanadi va tortuvchi mashina yoki mexanizm tanlanadi.

Po‘lat kanat mustahkamligini hisoblashni zahira koeffitsiyenti usuli bo‘yicha bajariladi: kanatda jihozni tortishda hosil bo‘ladigan yuklanishni topib, uni mustahkamlik zahirasi koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi va kanatni uzilish yuklanishi bilan taqqoslanadi.



Po‘lat kanatlarni mustahkamligini quyidagicha tekshiriladi:
Pu / S ≥ Kz yoki Pu ≥ S · Kz , (6.10)
bunda Pu - kanat uzilish kuchlanishi, sertifikat yoki DSt (GOST) bo‘yicha qabul qilinadi, N; S - kanatdagi eng katta tortish kuchlanishi N; Kz - mustahkamlik zahira koeffitsiyenti (qo‘lda ishlatiladigan tortish mexanizm kanatlari uchun Kz = 4, elektr bilan tortadigan mexanizmlar kanatlari uchun Kz=5-6; polispast uchun Kz =3,5-5; stropalar uchun Kz =5-6).

Pk = S · Kz, (6.11)

bunda Pk - kanat uzilish kuchlanishi hisoblangan qiymati, N.

Pk qiymatini hisoblab, Pu qiymati bilan taqqoslanadi. Bunda albatta Pu ≥ Pk bo‘lishi kerak va katalog bo‘yicha Pu qiymatiga to‘g‘ri keladigan kanat diametri va sortamenti tanlanadi.

Foydalnilgan adabiyotlar ro‘yxati




  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekiston ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi, “Ishonch” gazetasi – 24.01.2012. № 11-12

  2. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari.- Toshkent.: “O‘zbekiston”, 2009.-56 б.

  3. Yusupbekov N.R, Nurmuhamedov H.S., Zokirov S.G. Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari. – Toshkent: “Sharq”, 2003. – 644 b.

  4. Salimov Z., To‘ychiyev I. Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari. Toshkent: O‘qituvchi, 1987, -408 b.

  5. Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Ismatullayev P.R., Zokirov S.G. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayonlari va qurilmalarini hisoblash va loyihalash (Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanmasi).- Toshkent: Nisim,2000- 231 b.

  6. Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Ismatullayev P.R. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayonlari va qurilmalari fanidan hisoblar va misollar. Toshket.: Nisim,2000- 351 b.

  7. Оборудование и автоматизасия перерабатывающих производств / А.А.Курочкин, Г.В.Шабурова, А.С.Гордеев, А.И.Завражнов.-М.:КолосС, 2007.-591 с.: ил.-(Учебники и учебные пособия для высш.учеб.заведений). (имеется электронная версия на Aдобе Реaдер расширение пдф).

  8. Пищевая инженерия: справочник с примерами расчетов / Валестас К.Дж., Ротштйн Э.,Сингх Р.П. / пер. с английского под общ.науч.редак. А.Л.Ишевского.- СПб: Профессия, 2004.-848 с. ил., табл. (имеется электронная версия на Aдобе Реaдер расширение пдф).

  9. Машины и аппараты пищевых производств. в двух книгах //Под редаксией академика Российской академии сельскохозяйственных наук В.А. Панфилова . – М.: «Высшая школа», 2004 (имеется электронная версия на Word расширение доc)

  10. Вельтишев В.Н., Калошин Ю.А. Основы расчета и конструирования машин и аппаратов пищевых производств. Учебное пособие. –М.: МГУТУ, 2004 . -55 с. (имеется электронная версия на Aдобе Реaдер расширение пдф)

  11. Машиностроение. Энциклопедия. Том ИВ-17. Машины и оборудование пищевой и перерабатывающей промышленности / Под.ред С.А.Мачихина -М.: Машиностроение, 2003.-736 с. (имеется электронная версия на Aдобе Реaдер расширение пдф)

  12. Гальперин Д.М., Миловидов Г.В. Технология монтажа, наладки и ремонта оборудования пищевых производств – М: Агропромиздат, - 1990 г. – 399 с. – (Учебники и учебн. пособия для студентов ВУЗ)

  13. G‘afurov K.H. "Texnologik mashina, jihozlardan foydalanish va ta’mirlash asoslari" fanidan ma’ruzalar matni // 5520700 - "Texnologik mashina va jihozlar" va 5140900 - Kasb ta’limi (Texnologik mashina va jihozlar) bakalavr yo‘nalishi boyicha ta’lim olayotgan talabalar uchun // - Buxoro, 2008 y. - 204 b.

  14. Qirg‘izboyev Y., Sabitov I., Xakimov L., Raxmanov I. Mashinasozlik chizmachiligi kursi. – T.: O‘qituvchi, 1974. – 399 b.

  15. Rahimova X., A’zamov A., Tursunov T. Mehnatni muhofaza qilish.- T.: O‘zbekiston, 2003.- 216 b.

  16. Лунин О. Г., Вальтышев В.Н. Теплообменные аппараты пишевых производств.-М.: Агропромиздат, 1987. -239 с.

  17. Соколов В.И. Основы расчета и конструирования машин и аппаратов пищевых производств. -М.:Машиностроение, 1983. – 447 с.

INTERNET QIDIRUV MOTORLARI VA ILMIY-TEXNIKA JURNALLARI SAYTLARI


www.ziyonet.uz;

www.ilm.uz;

www.freenet.uz;

www.uza.uz;

www.aport.ru;

www.google.ru;

www.google.uz

http://www.altavista.com/ - qidiruv motori

http://www.dogpile.com/ - qidiruv motori

http://www.mamma.com/ - qidiruv motori

http://ebuki.apvs.ru/ - qidiruv motori

http://www.searchalot.com/ - qidiruv motori

http://www.archive.org/ - elektron virtual kutubxona

http://www.efunda.com/home.cfm - injenerlik va matematika sohalari bo‘yicha portal

http://www.forbes.com/forbes - Forbs jurnali bazasi

http://www.fortune.com/ - Fortune jurnali bazasi

http://www.howstuffworks.com/ - Turli xil turdagi hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida bilimlar/ma’lumotlar bazasi

http://www.newsweyek.com/ - NEWSWEYEK jurnali bazasi

http://www.pcworld.com/ - PC (Personal Compyuter) jurnali

http://www.popularmechanics.com/ - Popular Mechanics jurnali

http://www.popularscience.com/ - Popular Science jurnali

http://www.sciencemag.com/ - Science Magazine jurnali

http://poiskknig.ru - turli soha bo‘yicha elektron kitoblarni qidirish

http://lib.homelinux.org/ - Kimyo, Fizika va Matematika sohasi bo‘yicha elektron kitoblar bazasi

http://www.n-t.ru/ - Nauka i Texnika jurnali elektron nashrlari

http://www.exponenta.ru/ - matematika sohasi portali

http://www.allmath.ru/ - matematika sohasi bo‘yicha elektron kitoblar bazasi

http://www.harvard.edu/ - Garvard universiteti

http://www.rit.edu/ - Rochestr Texnologiya Instituti

http://www.mit.edu/ - Massachusets Texnologiya Instituti

Mundarija






3

I. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari………….

4

II. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi va mazmuni….............................

7

II.1. Chizma (tasvir) qismining mazmuni…………………………………..

8

II.2. Hisoblash-tushuntirish qismining mazmuni……….…………………

13

III. Bitiruv malakaviy ishning metodika qismi…………………………...

17

III.1.Bitiruv malakaviy ishi metodika qismini bajarishning maqsadi va talablari…………………………………………………………………….

17

III.2.Bitiruv malakaviy ishi metodika qismining tarkibi…………………..

18

III.3.Bitiruv malakaviy ishi metodika qismining amaldagi tadbig‘i va himoyasi…………………………………………………………………...

18

IV. Bitiruv malakviy ishi hisoblash-tushuntirish qismini rasmiylashtirish tartibi………………………………………………………………………

19

V. Talaba bitiruv malakviy isihi nazorat qilish va himoyasi ……………..

22

Ilovalar…………………………………………………………………….

23

Ilova I. jarayonning moddiy balansini tuzish…………………………….

23

Ilova II. Issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblash……………………..

24

Ilova III. Mashinani energetik hisoblash…………………………………..

28

Ilova IV. Mashina kinematik sxemasini loyihalash……………………….

30

Ilova V. Jihozlarni mustahkamlikka hisoblash……………………………

33

V.1 Qurilmani mustahkamlikka hisoblash………………………………..

33

V.2. Barabanli quritgich tishli g‘altaklarini hisoblsh……………………...

39

Ilova VI. Jihozlarni o‘rnatish va ta’mirlash………………………………..

40

VI.1.Qurilmalarni o‘rnatish va ta’mirlash ………………………………...

40

VI.2. Mashinalarni o‘rnatish va ta’mirlash ……………………………….

49

Ilova VII. Mashina sxemalarini rasmiylashtitish…………………………..

55

VII.1. Sochiluvchan materiallarni maydalash qurilmasi (дезинтегратор) ning strukturali sxemasi……………………………………………………………

55

VII.2. Sochiluvchan materiallarni maydalash qurilmasi (дезинтегратор) ning kinematik sxemasi……………………………………………………

57

VII.3. Sochuluvchan materiallarni maydalash qurilmasi (дезинтегратор) ning moylash kartasi va sxemasini tuzish ………………………………...

63

Ilova VIII. Chizmalarni chizish va rasmiylashtirish tartibi ……………….

66

Foydalnilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………….

76

Internet qidiruv motorlari va ilmiy-texnika jurnallari saytlari ……………

77

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish