m=(0,01÷0,02) aω = 0,015∙1350=20,25 m=20 deb qabul qilamiz.
G‘ildiraklar tishlari umumiy soni Z∑ quyidagicha hisoblanadi:
Z∑=2∙ aω /m=2∙ 1350 /20=135
Shesternya tishlari soni:
Z1= Z∑ / (u+1)=135 /(7+1)=17
G‘altak tishlari soni:
Z2= Z∑- Z1=135-17=118.
Tishli uzatma uzatish sonini tekshiramiz:
u= Z2/ Z1=118/17=6,94 bu qabul qiligan qiymatga juda yaqin u=7.
Oradagi farq:
=((7-6,94)/7)∙100=0,85 % <4 %.
G‘altaklar o‘qlari orasidagi masofani tekshiramiz:
aω=0,5(Z1+ Z2)∙m=0,5(17+118)∙20=1350 mm.
Shesternya va g‘altakning asosiy o‘lchamlarini hisoblaymiz:
Asosiy ajratish diametri:
sherternyaniki d1=m∙ Z1=20∙17 = 340 mm;
g‘altakniki d2=m∙ Z2=20∙118=2360 mm.
Tishlar uchlari diametri:
sherternyaniki da1= d1 +2m=380 mm;
g‘altakniki da2= d2 +2m=2400 mm.
G‘altak eni: b2= ψba∙ aω=0,25∙1350=337,5 mm
Shesternya eni: b1=b2+5 mm=342,5 mm.
Ilova 18
Jihozlarni o‘rnatish va ta’mirlash
6.1.Qurilmalarni o‘rnatish va ta’mirlash
Ammiak bug‘latgichini o‘rnatish
Ammiak bug‘latgichi ishlab chiqarish korxonasida qavatlar orasida o‘rnatiladi. Bunda qurilma uchun belgilangan tayanchga asos bo‘lib beton plita xizmat qiladi va bu holatda asosan quyidagi variantlar kuzatilishi mumkin:
Qavat orasidagi beton plitaga yoki temir konstruksiyaga qurilma bevosita mahkamlanadi. Bunda qurilma gorizontallik va vertikallik holatini uning tayanch oyoqlari ostida metall tiqinlar qo‘yilib rostlanadi. Asosni hisoblashda beton plitaga tushadigan yuklama P hisoblanadi.
Hisoblash tartibi poydevorni statik hisoblashdagidek, faqat bu erda poydevor yo‘q, shuning uchun fundment og‘irligi Gf = 0, va asos yuzasi F jihoz tayanlari (oyoqlari) yuzalari f yig‘indisi deb qabul qilinadi, ya’ni F = ∑ f .
P= Gm / (α · ∑ f ) ≤ Rn, kPa (6.1)
bunda Gm – qurilmaning maksimal og‘irligi, kN; α-kichraytirish koeffitsienti, α=0,9; Rn- asos chidab biladigan ruxsat etilgan yuklama, kPa; Rn=250 kPa.
Agar hisoblash bo‘yicha plitaga tushadigan solishtirma yuklama P qavat orasidagi beton plita chidab biladigan normativ (ruxsat etilgan) yuklama Rn dan katta bo‘lsa, mashina oyoqlari ostiga kvadrat yoki aylana po‘lat tiqinlar qo‘yib, hisoblashni tiqin o‘lchamlari bilan amalga oshiriladi.
Katta o‘lchamga ega bo‘lgan jihoz va sig‘imlar asosan po‘lat prokatdan tayyorlangan karkasda (metall konstruksiyada) o‘rnatiladi.
Ammiak bug‘latgichining umumiy uzunligi 1,58 m. Tashqi diametri 610 mm, massasi 850 kg, og‘irligi Gm= 8338 N=8,3 kN.
Apparat binoning beton to‘sin plitalarida yoki temir to‘sinlarda tayanch oyoqlari orqali vertikal o‘rnatiladi.
Har bir tayanchga to‘g‘ri keladigan og‘irlik quyidagicha topiladi:
4>
Do'stlaringiz bilan baham: |