Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi


SO‘ZLARNING  TUZILISHIGA  KО‘RA  T U R L A R I



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

SO‘ZLARNING  TUZILISHIGA  KО‘RA  T U R L A R I  
Sо‘zlar tuzilishiga ko‘ra quyidagicha: a) sodda sо‘zlar; b) qо‘shma sо‘zlar; v) murakkab 
sо‘zlar; g) juft sо‘zlar. 
1.  Birgina  о‘zakdan  tashkil  topgan  sо‘zlar  sodda  sо‘zlar  deyiladi.  Masalan: 
yozdim, bordim, katta, unumli, kitob, majburan. 
Sodda  sо‘zlar  tub  va  yasama  bо‘ladi.  Tarkibida  sо‘z  yasovchi  qо‘shimchalar 
bо‘lmagan sо‘zlar tub sо‘zlardir, Yaxshidan, kо‘pdan, ishning, dalalardan, bog‘im 
kabi. 
Sо‘z  yasovchi  qо‘shimchalar  yordamida  yasalgan  sо‘zlar  yasama  sо‘zlar 
deyiladi: kо‘plik, paxtazor, kutubxona kabi.  
1.  Tobelik  munosabatlari  asosida  birikkan  ikki  yoki  undan  ortiq  sо‘zlarning 
о‘zaro  qо‘shiluvidan  tashkil  topgan  bir  bosh  urg‘u  bilan  aytiladigan  sо‘zlar 
qо‘shma  sо‘zlar  deyiladi.  Masalan:  rahmdil,  dovyurak,  tomorqa,  oshqozon, 
toshbaqa,  allakim, allaqanday,  bir  oz,  bir  talay,  iskab  topar,  Tо‘ytepa, Poyariq, 
qizilishton, qо‘ng‘irbosh kabi. 
2. Lug‘aviy va grammatik ma’nolari alohida holda ham, murakkab sо‘z tarkibida 
ham ifodalanib turadigan, mustaqil tushunchalarga osonlik bilan ajralib ketadigan, 
gapda 
bir 
gap 
bо‘lagi 
vazifasini 
bajaruvchi  alohida  -  alohida  urg‘u  bilan  aytiladigan  sо‘zlar  murakkab  sо‘zlar 
deyiladi. 
Murakkab sо‘z tarkibidagi sо‘zlar osonlik bilan  alohida sо‘zlarga ajralib ketadi 
va  har  biri  о‘ziga  xos  lug‘aviy  va  grammatik  ma’nolarni  ifodalay  be-radi. 
Masalan:  jigar  rang,  shirin  sо‘z,  tog‘  oldi,  qо‘l  qо‘ymoq, terib olmoq, har qachon, 
hech  vaqt,hech  kim,  hech  qachon  kabilar.  Murakkab  sо‘zlar  tarkibidagi  sо‘zlar 
lug‘aviy jihatdan mustaqil bо‘ladi. 
3. O‘zaro  grammatik  tenglanish  munosabatlari  asosida  birikuvchi  yoki 
takrorlanish asosida birikuvchi sо‘zlar juft sо‘zlar deyiladi. 
Juft  sо‘zlar:  a)  о‘zaro  ma’nodosh  bо‘lgan  sо‘zlardan  tashkil  topadi:  baxt-
saodat, shod-xurram, zavq-shavq 
b)  zid  ma’noli  sо‘zlardan  tashkil  topadi:  katta-kichik,  yaxshi-yomon,  uzun-
qisqa, oq-qora 
                                           SО‘Z YASALISHI 
Sо‘z yasash — yangi ma’noli sо‘z hosil qilish demakdir. Sо‘z yasalishi, lug‘aviy 
ma’noning о‘zgarishi asosida vujudga kelib, yasama sо‘z kо‘pincha, bir turkumdan 
boshqa  turkumga  kо‘chadi.  Shu  ma’noda  sо‘z  yasash  hodisasi  sо‘zning 
grammatik jihatdan о‘zgartiradigan hodisadir. 
Masalan: gul sо‘zi ot turkumiga xosligi uchun otga xos kо‘plik qо‘shimchasini oladi, 
turlanadi. Bu sо‘zga fe’l yasovchi - la qо‘shimchasi qо‘shilganda, yangi hosil bо‘lgan sо‘z 
kо‘plik qо‘shimchasini olmaydi. Turlanmaydi, balki tuslanadi.  Chunki  bu  holatda  sо‘z 
bir  kategoriyadan  boshqa  kategoriyaga  о‘tadi.  Bir  turkumdan  boshqa  turkumga 
о‘tganda  sо‘zlarda  hosil  bо‘ladigan  о‘zgarishlar  kategorial  о‘zgarishlar  deyiladi. 
Masalan:  tasodifan  sо‘zining  о‘zagi  ot,  о‘nta  ravish  yasovchi  -an  qо‘shimchasi 
qо‘shilishi natijasida sо‘z boshqa kategoriyaga kо‘chdi, uzum-zor sо‘zidagi yasovchi 
-  zor  qо‘shimchasi,  ot  turkumidan  otga  xos  sо‘z  yasagan,  bunda  kategoriya 
о‘zgarmagan. 


Kо‘rinadiki,  sо‘z  yasalishi  bilan  bog‘liq  ravishda  sо‘zning  lug‘aviy  hamda 
grammatik  ma’nolari  ham  о‘zgarishi  mumkin.  Sо‘z  yasalishi  til  uchun  ijobiy 
hodisadir. U tilni lug‘aviy jihatdan boyituvchi asosiy manbalardan hisoblanadi. 
Sо‘z  yasash  tilning  boshqa  sohalari  bilan,  xususan,  lug‘at  va  grammatika  bilan 
uzviy  bog‘liqdir.  Chunki  yasama  sо‘z  avvalo  tilda  mavjud  bо‘lgan  lug‘aviy 
vositalardan hosil bо‘ladi. Masalan: tilda kitob, chiroy mavjudligi uchun, shu sо‘zlar 
asosida  kitob-xon,  chiroy-li  kabi  sо‘zlar  yasalgan.  Shuningdek,  yasalish  asosida 
sо‘z ma’nosining о‘zgarishi, yangi ma’noli sо‘zning tilning lug‘at tarkibiga о‘tishi 
sо‘z  yasalishi  bilan  leksikologiya  orasida  uzviy  bog‘liqlik  mavjudligini 
kо‘rsatadi.  Ma’lumki,  sо‘z  yasalishida  kо‘pincha  qо‘shimchalar  ishtirok  etadi, 
yangi  yasama  bir  turkumdan  boshqa  turkumga  kо‘chadi.  Shu  hodisalarni  vujudga 
kelish  jarayonlarini  grammatika tekshiradi.  Bu  holat  sо‘z  yasalishining grammatika 
bilan ham bog‘liqligini kо‘rsatadi. 
Sо‘z  yasalishi  natijasida  sо‘zning  shakli  о‘zgaradi.  Yangi  ma’no  bilan  birgalikda 
yangi  shakl  vujudga  keladi.  Sо‘z  yasalishi  jarayonida  hosil  bо‘ladigan  shakl  bilan 
sо‘z о‘zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qо‘shimchalar orqali paydo bо‘ladigan 
shakl orasida о‘xshashlik bor. Shuning uchun sо‘z yasalishi ham boshqa shu xildagi 
hodisalar singari morfologiyaning tekshirish obyektidir. 
Tilda  sо‘z  yasash  vositalari  va  usullari  xilma-xil.    О‘zbek  tilida  sо‘z  yasashning 
asosan ikki usuli yetakchidir. 
1 ,  Morfologik usul bilan sо‘z yasalishi (affiksatsiya usuli). 
2. Sintaktik usul bilan sо‘z yasalishi (kompozitsiya usuli). 
Bu usullar sо‘z yasalishdagi asosiy usullar bо‘lsa-da, sо‘z yasalishida morfologik 
usulning yetakchi о‘rin egallashi aniq, sezilib turadi. 
Sо‘z  о‘zak  negiziga  yasovchi  qо‘shimchalar  qо‘shish  bilan  yangi  sо‘z  yasash 
morfologik  usul  bilan  sо‘z  yasash  deyiladi.  Sо‘z  yasalishida  qо‘shimchalar 
ishtirok  etganligi  uchun  bu  usul  affiksatsiya  usuli  deyiladi.  Sо‘z  yasalishining  bu 
turida  qо‘shimchalar  о‘zakka:  gulla,  gulli,  ishla,  paxtakor,  paxtalik,  shuningdek, 
negizga: bilimli, hosildorlik, chidamlilik, kitobxonlik ham qо‘shiladi. Sо‘z yasovchi 
qо‘shimchalar  asosan  о‘zak  va  negizdan  keyin  qо‘shiladi.  о‘zakdan  oldin 
qо‘shiluvchi  old  yasamalar  о‘zbek  tili  uchun  xos  emas.  Biroq,  sifat  turkumiga 
mansub  bir  qator  sо‘zlarning  yasalishida  old  qо‘shimcha  ishtirok  etganini 
kuzatish  mumkindir.  Masalan:  badavlat,  serhosil,  nohaq  kabi.  Bu  qо‘shimchalar 
tojik  tilidan  о‘zbek  tiliga  о‘tgan.  Morfologik  usulda  sо‘z  yasalishidagi  muhim 
shartlardan  biri  yasalishi  uchun  asos  bо‘ladigan  sо‘z  bilan  yangi  yasama  orasida 
bog‘liqliq  bо‘lishidir.  Masalan:  oshpaz,  gulzor  sо‘zlaridagi  о‘zak  va  yasovchi 
qо‘shimcha  orqali  hosil  bо‘lgan  qismlar:  osh-oshpaz,  gul-gulzor  ma’no  jihatdan 
bir-biriga  bog‘liqdir.  Bu  holat  qо‘shimchalar  orqali  yasalgan  sо‘zlarda,  yasama 
sо‘z bilan u asos bо‘lgan sо‘z orasida ifodaviy birlik mavjudligini kо‘rsatadi. 
Morfologik  usul  bilan  sо‘z  yasalishining  shakllari  ham  rang-barang.  Masalan: 
paxta-kor  sо‘zida  о‘zak  +  qо‘shimcha,  bil+im+li  sо‘zida  о‘zak  +  negiz  + 
_qо‘shimcha,  serdaromad  sо‘zida  qо‘shimcha  +  о‘zak,  no  +  xaq  +  lik  sо‘zida 
qо‘shimcha + о‘zak + qо‘shimcha shakllari mavjud. 
Sо‘z  yasalishi  barcha  turkumlar  uchun  xos  emas.  Bu  usul  bilan  ot,  sifat,  fe’l  va 
ravishlar yasaladi, xolos. 
Sintaktik usul bilan sо‘z yasash ham unumdor usullardandir. 
Ikki  yoki  undan  ortiq  sо‘zlarning  о‘zaro  qо‘shilishi  natijasida  sо‘z  yasalishi 
sintaktik  usul  bilan  sо‘z  yasalishi  deyiladi.  Bu  usul  bilan  qо‘shma,  murakkab  va 
juft sо‘zlar yasaladi. 
Qо‘shma  sо‘zlar  о‘zaro  mustaqil  ma’noli  ikki  yoki  undan  ortiq  sо‘zlarning 
о‘zaro  ma’no  va  grammatik  jihatdan  birikishi  asosida  vujudga  keladi.  Qо‘shma 
sо‘zlar  sо‘z  birikmalariga  о‘xshab  ketsa-da,  ular  orasida  keskin  farq  mavjud 
bо‘ladi.  Binobarin,  qо‘shma  sо‘zlar  tarkibidagi  sо‘zlar  ma’no  jihatidan  yaxlit 
holda bо‘lib, ularda hokim, tobelik munosabatlari mavjud bо‘lmaydi. Shu boisdan 
ular 
orasida 
aniqlovchilik,tо‘ldiruvchilik,xollik 
munosabatlari 
bо‘lmaydi. 
Masalan,  toshbosar  tarkibi  mustaqil  ma’noli  tosh  va  bosar  sо‘zlarining 


birlashuvidan hosil bо‘lgan yangi ma’noli sо‘z bо‘lsa, tosh devor bi-rikmasida tosh 
sо‘zi devorning aniqlovchisi sifatida kelib, murakkab tushuncha ifodalagan. 
Kо‘rinadiki,  sо‘z  birikmalarida  bir  sо‘z  ikkinchi  sо‘zni  aniqlaydi,  ular 
yordamida  murakkab  tushuncha  ifodalanadi.  Qо‘shma  sо‘zlarda  esa  sо‘zlar  bir-
birini  aniqlamaydi,  qо‘shma  sо‘z  tarkibidagi  sо‘zlar  birgalikda  lug‘aviy  ma’no 
ifodalaydi.  Shunga  ka,  qо‘shma  sо‘zlar  qismlari  orasida  grammatik  aloqa 
mavjud bо‘lmaydi va gapda bir gap bо‘lagi vazifasida keladi. 
Sо‘z  birikmasi  tarkibidagi  sо‘zlar  esa  turli  bо‘laklar  vazifasida  keladi. 
Masalan:  men  Saodatning  yо‘lboshchiligi  bilan  ichkariga  kirdim.  (A.Qod.)  gapidagi 
yо‘lboshchiligi qо‘shma sо‘zi  gapda tо‘ldiruvchi vazifasida  kelgan.  U  yо‘l boshida 
turibdi gapida esa yо‘l aniqlovchi, boshida - о‘rin holidir. 
Qо‘shma sо‘zlar asosan ikki qismdan tashkil topadi: muzqaymoq, shо‘rpeshona, 
о‘rinbosar, sofdil kabilar. 
Qо‘shma sо‘zlar asosan ot, sifat, olmosh va ravishlarda mavjuddir. 
Murakkab  sо‘zlar  yasash  ham  sо‘z  yasalishining  о‘ziga  xos  usulidir.  Ular  xam 
kо‘pgina  hollarda  qо‘shma  sо‘zlar  tarkibiga  kiritiladi.  Biroq,  murakkab 
sо‘zlar  tarkibidagi  sо‘zlarning  alohida-alohida  ohang  bilan  aytilishi,  ularni 
alohida  sо‘zlar  guruhi  ekanligini  kо‘rsatadi.  Masalan:  tо‘q  qizil,  ipak  yо‘li,  bir  yuz 
besh, har narsa, hech kim kabi. 
Sо‘z  yasalishidagi  muhim  usullardan  biri  sо‘zlarni  juftlash  yoki  ikki  sо‘zni  turli 
shakllarda  takrorlash  asosida  sо‘z  hosil  qilishdir.  Bunday  yo‘l  bilan  juft  sо‘zlar 
hosil bо‘ladi. 
Juft  sо‘zlar  hosil  bо‘lishi  va  ma’no  xususiyatlariga  ko‘ra  qо‘shma  sо‘zlarga 
о‘xshaydi. Biroq, ular orasida keskin farq mavjud. Qо‘shma va juft sо‘zlarning о‘zaro 
farqlanishi quyidagi holatlarda kо‘rinadi: 
1 . Qо‘shma 
sо‘zlardan 
farqli 
ravishda 
juft 
sо‘zlar 
tarkibi 
о‘zaro 
teng 
bog‘lanish 
asosida 
tuziladi: 
ona- 
ota, qozon-tovoq, oldi-qо‘ydi kabilar. 
2.  Juft sо‘zlar tarkibi doimo bir xil sо‘z turkumlari dan tashkil   topgan 
bо‘ladi, aka-uka (ot + ot), yaxshi-yomon (sifat+sifat), u-bu 
(olmosh+olmosh), kecha-kunduz (ravish+ravish). 
Juft sо‘zlar asosan ikki holatda:- sо‘zlarni о‘zaro teng  bog‘lanishi  va  sо‘zlarni 
takrorlash asosida hosil bо‘ladi. 
Sо‘zlarni  takrorlash  asosida  hosil  bо‘ladigan  juft  sо‘zlar  quyidagi  shakllarda 
namoyon bо‘ladi: 
1 . о‘rin-payt 
va 
jо‘nalish 
kelishiklari 
shaklida: 
qо‘ldan-qо‘lga, yildan-yilga, 
2.  Birinchi 
sо‘zning 
tarkibida 

ma 
qо‘shimchasi 
ke- 
lib,  ikkinchi  sо‘z  bosh  shaklda  bо‘ladi:  sо‘zma  -  sо‘z,  izma- 
iz, zо‘rma-zо‘raki. 
3.  Takrorlangan 
sо‘zlar 
tarkibida 
ayrim 
tovush 
о‘zgarishlari 
yuz 
berishi 
mumkin: 
non 

pon, 
kiyim 

piyim kabi. 
Ayrim  juft  sо‘zlar  tarkibidagi  sо‘zlarni  о‘rni  almashtirib  qо‘llash  mumkin 
bо‘lgan  holda:  ota-ona  (ona-ota),  sekin-asta,  yigit-qiz,  baland-past,  kо‘pgina 
sо‘zlarda  bunday  о‘rin  almashtirish  imkoni  bо‘lmaydi:  bosh-qosh,  opa-singil, 
sabzi-piyoz, kо‘z-quloq, og‘iz-burun, kiyim-kechak kabilar. 
о‘zbek tilida bulardan tashqari sо‘z yasalishining yana bir qator usullari mavjud. 
Chunonchi  bir  tur-kumdagi  sо‘z  boshqa  turkumga  kо‘chadi  va  о‘z  ma’nosini 
о‘zgartiradi.  Masalan:  barno  (sifat)  Barno  (ot),  tо‘xta  (fe’l),  Tо‘xta  (ot), 
shuningdek,  bir  turkumning  о‘zida  sо‘z  ma’nosini  о‘zgartiradi:  suzdi  (ovqatni), 
suzdi (suvda). Sо‘z yasalishidagi bu usul lug‘aviy-se-mantik usul deyiladi. 
Sо‘z yasashdagi usullardan yana biri abbreviatura usulidir. Bu usulga ka bir necha 
tarkibli sо‘zlar qisqartirilgan holda yangi sо‘z hosil bо‘ladi: Masalan: BMT, MHD, 
DAN  kabi.  Sо‘zlarni  bu  tipda  qisqartirish  orqali  sо‘z  yasash  ot  turkumiga  xos 
hodisa-dir.  Sо‘z  yasash  usullaridan  yana  biri  konversiya  usulidir.  Bu  usulga  kо‘ra 
bir kategoriyaga mansub sо‘z boshqa kategoriyadagi sо‘z о‘rnida qо‘llniladi. Masalan: 
kattaga  hurmatda  bо‘l,  kichikka  izzatda  gapidagi  katta  va  kichik  sо‘zlarni  otga 


kо‘chgan «odam» ma’nosida ' qо‘llangan. Aslida katta, kichik sо‘zlari predmetning 
belgisini  bildiruvchi  sifat  sо‘zlardir.  Bu  holat  si-fatdoshlarda  ham  uchraydi:  о‘qigan 
— о‘zar kabi. 
Shuningdek,  sо‘z  yasalishining  kalkalash—sо‘zlarni  aynan  tarjima  qilib  olish: 
Besh yillik (pyati-letniy), kolxoz (kollektivnoye xozyaystvo) usuli ham mavjud. 
 
 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish