SО‘ZNING LUG‘AVIY V A GRAMMATIK M A ’ N O L A R I
Sо‘z obyektiv borliqda mavjud bо‘lgan narsa - hodisalar haqidagi tushunchalarni
ifodalaydi.
Bunday
tushunchalarning
ifodalanishi
sо‘zning
lug‘aviy
ma’nosidir. Masalan: paxta sо‘zi asosida oppoq, yumshoq predmetning
tushunilishi shu sо‘zda mavjud bо‘lgan lug‘aviy ma’nodir.
Lug‘aviy ma’no ifodalash xususiyatiga ko‘ra sо‘zlar tilda о‘ziga xos
mustaqillikka ega bо‘lgan, lug‘aviy jihatdan shakllangan birliklardir. Lug‘aviy
ma’no sо‘zlarning birlamchi, asosiy ma’nosi hisoblanadi. Sо‘zning lug‘aviy
ma’nosi uning nutqdan tashqaridagi ma’nosi bо‘lib, shu ma’nosiga qarab sо‘zlar
obyektiv borliqdan olinadigan narsa-hodisalar
haqidagi tushunchalarni
ifodalaydi, Tushuncha esa narsa-hodisalarning kishi ongida aks etishi asosida
vujudga keladi. Lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra sо‘zlar leksikologiyaning tekshirish
obyektdir.
Nutqda sо‘zlar faqat lug‘aviy birlik bо‘lib qolmaydi, balki nutq vositasiga
aylanadi. Sо‘zlar nutqda о‘zaro birikishi, bog‘lanishi natijasida turli qо‘shimcha
ma’nolarni ifodalaydi. Bu ma’nolar lug‘aviy ma’noga qо‘shimcha narsa-
hodisalar, belgi-harakatlarga bо‘lgan munosabatlarni ham ifodalaydi. Turli
munosabatlarni bildiruvchi bunday ma’nolar lug‘aviy ma’nodan tashqaridagi
qо‘shimcha ma’nolardir. Grammatik ma’no sо‘zning shakliy ma’nosidir.
Masalan: kitoblar sо‘zida grammatik kо‘plik ma’nosi mavjud bо‘lsa, kitobning
sо‘zida kelishik ma’nosi mavjuddir. Grammatik ma’no о‘zaro munosabatlarni
ifodalash bilan birgalikda sо‘zlar uchun umumiy bо‘lgan ma’nolarni ham о‘zida
birlashtiradi. Masalan: biz a’lo о‘qish uchun harakat qilyapmiz, gapidagi
egalik, maqsad, shaxs-son va zamon ma’nolari munosabatni anglatsa, kitobning,
uyga, darsdan sо‘zlaridagi qо‘shimchalar ushbu sо‘zlar uchun umumiy ma’no —
kelishik ma’nosidir. Lug‘aviy ma’noga qо‘shimcha ravishda bu xildagi turli
ma’nolarning ifodalanishi grammatik ma’no deyiladi.
Grammatik ma’nolar umumiydir. Jumladan, otlardagi egalik, kelishik, kо‘plik
ma’nolari, fe’llardaga shaxs-son, nisbat ma’nolari grammatik ma’nolardir.
Grammatik ma’nolarni _hosil qiluvchi turli usullar mavjud. О‘zbek tilida
quyidagilar grammatik ma’no hosil qiluvchi vositalardir.
1.Qо‘shimchalar. Sо‘zlarning о‘zak yoki negiziga turli qо‘shimchalar qо‘shish
orqali grammatik ma’no hosil bо‘ladi. Masalan: kitoblar, bolalar, uydan, ishga,
yozgin kabi.
Sо‘z о‘zgartiruvchi va shakl yasovchi qо‘shimchalar grammatik ma’no hosil
qiluvchilardir. Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar yangi sо‘z yasaydi. Shuning uchun ular
grammatik ma’no hosil qilmaydi. Masalan: paxtakor, bilimdon, sо‘zlaridagi
qо‘shimchalar orqali yangi sо‘z yasalgan.
2.Yordamchi sо‘zlar.yordamchi sо‘zlar, asosan, kо‘makchilar, mustaqil sо‘zlar
bilan birikib, grammatik ma’no ifodalaydi. Masalan: Otabek Rahmatning bu
sо‘zini samimiyat bilan qarshiladi. (A.Q.).
3.Sо‘z tartibi. Sо‘zlarning gapda о‘rin almashishi ham grammatik ma’no
ifodalashga xizmat qiladi. Masalan: Uzoqdan katta uy kо‘rindi, uzoqdan uy katta
kо‘rindi.
4.Sо‘zlarni takrorlash. Nutqda sо‘zlarni takror holda ishlatish orqali grammatik
ma’no hosil bо‘ladi. Olcha va shaftolilar g‘ij-
g‘ij, shoxlarining boshlari yerda (O.)
5.Ohang. Gap yoki sо‘zlarni turli ohanglar bilan aytilishi ham grammatik ma’no
ifodalashga xizmat qiladi. Masalan: Aziza keldi. (darak gap), Aziza keldi? (sо‘roq
gap), Aziza keldi! (his-hayajon gap).
6.Supletivizm (tо‘ldirish). Bir tizimdagi grammatik ma’nolarni ifodalash uchun
alohida-alohida sо‘zlarni yо‘llash supletivizm hisoblanadi. Bir grammatik
tizimni tashkil etuvchi birinchi shaxsning birligi men, kо‘pligi biz olmoshlari
bilan ifodalanishi supletivizmdir. Shuningdek, sо‘zlarni juftlash va sо‘z urg‘usini
о‘zgartirish ham grammatik ma’no hosil qiladi. Masalan: katta-kichik, yaxshi-
yomon sо‘zlarning juftlanishi natijasida kattalar ham, kichiklar ham, yaxshilaru
yomonlar, xullas, hammaning ifodalanishi ham grammatik ma’nodir. Yoki bog‘lar
(mevali bog‘lar), bog‘lar (bog‘lanmoq), fizik (olim), fizik (jism) kabilar ham
grammatik ma’nolar natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |