Yasama negiz sо‘zlarga sо‘z yasovchi qо‘shimchalar qо‘shish, shuningdek,
sо‘zlarni qо‘shish orqali hosil bо‘ladi. Masalan: kurash (chan), ep(chil), kо‘z(gi),
ishbilarmon va boshqalar.
Yasama negiz ham о‘z navbatida sodda,qо‘shma va
juft negizlardan iborat
bо‘ladi.
Tub sо‘zga yasovchi qо‘shimchalar qо‘shish bilan hosil bо‘ladigan negiz sodda
negiz deyiladi: о‘q-uv-chi, meh-nat-kash. Ikki yoki undan ortiq sо‘zlarning qо‘shili-
shidan hosil bо‘ladigan negiz qо‘shma negiz deyiladi. Mirzaterak, belbog‘,
gultojixо‘roz. Ikki sо‘zning о‘zaro teng bog‘lanishi hamda takrorlanishi natijasida
hosil bо‘ladigan negiz juft negiz deyiladi: ota-ona, oziq-ovkat, baxt-saodat, zavq-
shavq, tez-tez, oq-qora va boshqalar. Qо‘shimchalar sо‘zlarga qо‘shilib, turli
ma’nolarni ifodalaydi va shu ma’noga xos vazifalarni bajaradi. Ma’no va
vazifalariga ka qо‘shimchalar uch xildir: Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar, shakl yasovchi
qо‘shimchalar, sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar. О‘zak yoki negizga qо‘shilib, uning
ma’nosi bilan bog‘liq bо‘lgan yangi ma’noli sо‘z yasaydigan qо‘shimchalar sо‘z
yasovchi qо‘shimchalar deyiladi. Ish-chi, ish-la, gul-li, gul-la, qish-ki, yoz-gi,
mard-ona, qahramonlarcha, majbur-an kabi. Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar yordami
bilan bir sо‘z turkumidan boshqa turkumlarga xos sо‘zlar yasaladi. Masalan:
suv, chiroy, odam, harakat -ot; gulli, chiroyli, odamsimon, harakatchan -sifat;
och, bо‘z, kes, uch-fe’l; ochiq, buzuq;, keskir, uchqur - sifat; kul, ela, tara -fe’l;
kulgu, elak, taroq -ot turkumidagi sо‘zlardir. Shuningdek, sо‘z yasovchi
qо‘shimchalar bilan bir sо‘z turkumidan shu turkumga xos sо‘zlar ham yasaladi. Bu
holat kо‘proq ot turkumiga xosdir. Masalan: ish, suhbat, vatan, yо‘l, kitob -ot, ishchi,
suhbatdosh, vatandosh, yо‘ldosh, kitobxon -ot. Sо‘z yasovchilar yordamida
qо‘shma sо‘zlardan (sirdaryolik), murakkab sо‘zlardan (chо‘qqi soqolli, kech
kuzgi), juft sо‘zlardan (ota-onali, baxt-saodatli) ham sо‘zlar yasaladi. Shu bilan
birgalikda bir sо‘zga birdan ortiq yasovchi qо‘shimcha qо‘shilgan holda ham sо‘zlar
yasaladi: terimchi sо‘zidagi ter -о‘zak, fe’l; terim -ot: terim-chi -otdir. Bir sо‘zga
birdan ortiq qо‘shimchalar qо‘shilib, sо‘z yasalsa, bunday qо‘shimchalar sо‘z
tarkibini murakkablashtiradi. Bunday holatlarda ham о‘zakdan, ham negizdan sо‘z
yasaladi. Shu bilan birgalikda ayrim sо‘z yasovchi qо‘shimchalar tarkibi ikki yoki
undan ortiq sо‘z yasovchi qо‘shimchaga mos keladi, biroq, bir qо‘shimcha
vazifasini bajaradi. Masalan: chorvachilik, loygarchilik sо‘zlari tarkibidagi -chilik
qо‘shimchasi (-chi, -lik), -garchilik qо‘shimchasi (-gar + chi + lik) qismlaridan
tashkil
topgan
bitta
qо‘shimchadir.
Bu xildagi qо‘shimchalar murakkab
qо‘shimchalar deyiladi.
Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar sо‘z yasashdagi darajasi jihatidan uch xil: unumli
qо‘shimchalar,
kam
unum
qо‘shimchalar,
unumsiz
qо‘shimchalar.
Qо‘shimchalardagi bu holat ularning sо‘z yasashda kaysi darajada ishtirok
etishiga qarab belgilanadi. Zero, ayrim qо‘shimchalar yordamida kо‘plab sо‘z
yasash imkoni mavjud bо‘lgani holda ba’zi qо‘shimchalar juda kam miqdorda
sо‘zlar yasaydi.
Kо‘plab sо‘zlarning yasalishi uchun ishtirok etadigan qо‘shimchalar unumli
qо‘shimchalar deyiladi. Bu qо‘shimchalarga ot yasovchi -chi (terimchi,
chopiqchi, ishchi, xizmatchi), mavhum ot yasovchi -lik (dо‘stlik, tinchlik,
barqarorlik, obodlik), sifat yasovchi -li (kuchli, bilimli, g‘ayratli), -ma (osma
kо‘prik, yasama kulgi, aylanma yо‘l), nisbiy sifat yasovchi -ga, -ki (kuzgi, kishki), fe’l
yasovchi -la (oshla, suvla, savala, oqla) kabilar misol bо‘ladi. Kam miqdordagi
sо‘zlarning
yasalishida
ishtirok
etadigan
qо‘shimchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |