Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

 
 
 
 
 
 


 
“В 5141600-Boshlang‘ich ta’lim  va sport -tarbiyaviy ish” ixtisosligi  bakalavriat yo‘nalishi                            
uchun «Ona tili (morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya )» fanidan 
MA’RUZA MATNI 
 
 
MORFOLOGIYA 
Morfologiya  grammatikaning  tarkibiy  qismi  bо‘lib,  uning  vazifalari  xilma-
xildir.  U  avvalo  sо‘zlarning  tuzilishi  va  gapda  о‘zgarishini  о‘rganadi. 
Morfologiya  sо‘zlarning  muayyan  turkumlarga  ajratilishi  bilan  bog‘liq.  Bu  hodisa 
morfologik  kategoriyalarni  vujudga  keltiradi.  Shunga  ko‘ra  sо‘z  turkumlari  va 
ularning  xususiyatlarini  tekshirish  morfologiyaning  muhim  vazifalaridan  biridir. 
Birinchidan,  sо‘zlar  lug‘aviy  ma’no  bilan  birgalikda  turli  grammatik  ma’nolarni 
bildiradi.  Grammatik  ma’nolarni  ifodalashga  ko‘ra  sо‘zlar  har  xil  shakllarda  ham 
bо‘ladi.  Sо‘zlardagi  bunday  shakllarni  ham  morfologiya  о‘rganadi.  Masalan: 
dо‘stlarimiz  sо‘zidagi dо‘st sо‘zining lug‘aviy ma’noli shakli,  -lar kо‘plik ma’noli, -
imiz egalik ma’noli shakllaridir. 
Morfologiya  atamasining  morfe  -  «shakl»,  logos  -  «sо‘z»  ekanligi  ham  uning 
sо‘z shakllari haqidagi ta’limot ekanligini kо‘rsatadi. 
Xullas,  til  sathi  sifatida  morfologiya  nisbatan  qamrovdor  bо‘lib,  sо‘z  shakllari, 
sо‘zlarning  tuzilishi  va  gapdagi  о‘zgarishi,  sо‘z  turkumlari,  ularning 
qonuniyatlarini о‘rganuvchi ta’limotdir. 
Sо‘z  shakllari.  Sо‘z  shakllari  hodisasi  tilshunoslikdagi  о‘ziga  xos  hodisalardan 
biridir.  Unda  ma’lum  sо‘zning  lug‘aviy  ma’nosini  saqlagan  holda  turli  shakllarda 
qо‘llanilishi tushuniladi. Masalan: kitob, kitobni, kitobdan, kitobimiz, kitobingiz. 
Sо‘z shakllarining о‘zgarishi dastlab shu sо‘zning lug‘aviy ma’nosiga daxldor bо‘lib, 
uning  qaysi  turkumga  mansubligini  belgilaydi  va  shu  turkumga  xos  vositalar  asosida 
о‘z  shaklini  о‘zgartiradi.  Masalan:  daraxt,  odam,  gul  sо‘zlari  ot  turkumiga  xos,  bu 
sо‘zlar о‘z shaklini otga xos bо‘lgan kelishik, egalik, kо‘plik qо‘shim-chalarini olgan 
holda  о‘zgartiradi:  daraxtning,  daraxtim,  daraxtlar,  Sifat  turkumiga  xos  sо‘zlar  esa  shu 
turkumga  xos  daraja  hosil  qiluvchi  vositalarni  qabul  qilgan  holda  о‘z  shaklini 
о‘zgartiradi. Masalan: qizil-qizg‘ish, qizilroq, juda qizil. Sо‘z shakllarining о‘zga-rishidagi 
bu  holat  belgilangan,  turg‘un  holat  emas.  Sо‘z  shakllarini  о‘zgarishi  uchun  asos 
bо‘ladigan  qо‘shimchalar,  sо‘zlarni  muayyan  turkumga  taalluqli  ekanligini 
belgilashda  muhim  bо‘lsada,  boshqa  turkumga  xos  qо‘shimchalarni,  ayniqsa, 
otlardagi  kelishik,  egalik,  ba’zan  kо‘plik  qо‘shimchalarini  boshqa  turkumdagi 
sо‘zlar  olgan  holda  о‘z  shaklini  о‘zgartiradi.  Masalan:  kattaning,  kattalar,  mening, 
kо‘pning,  kо‘plik  va  hokazo.  Sо‘z  shakllarini  о‘zgarishi  ikki  holatni  vujudga 
keltiradi.  Birinchidan,  sо‘z  shakli  о‘zgarganda,  sо‘zdagi  asosiy  ma’noga  qо‘shimcha 
ravishda  grammatik  ma’no  ifodalaydi.  Masalan:  bolalar  sо‘zidagi-lar  qо‘shimchasi 
orkali ifodalangan ma’no kо‘plik ma’nosidir. 
Ikkinchidan,  sо‘z  shaklining  о‘zgarishi  gapda  sо‘zlarning  о‘zaro  birikishini, 
bog‘lanishini  ta’minlaydi:  ishdan  kelmoq  birikmasidagi  -dan  qо‘shimchasi  sо‘zlarni 
biriktirish vazifasini bajargan. 
Kо‘rinadiki,  sо‘z  shakllarining  о‘zgarishi  natijasida  morfologik  shakl  va 
sintaktik  shakl  vujudga  keladi.  Morfologik  shakl  shakl  yasovchi  qо‘shimchalar 
yordamida,  sintaktik  shakl  esa  sо‘z  о‘zgartiruvchi  qо‘shimchalar  orqali  hosil 
bо‘ladi. Bundan tashqari  tilda sо‘z yasalishi uchun xizmat qiiladigan sо‘z yasovchi 
qо‘о‘shimchala  ham  mavjud  bо‘lib,  ular  bir  butun    holda  sо‘zning  morfologik 
tuzilishini belgilaydi. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish