OTLARDA KELISHIK KATEGORIYASI
Ot yoki otlashgan sо‘zlarda boshqa bir sо‘zga tobeligini ifodalaydigan
kategoriyalar kelishik kategoriyalari deyiladi. Kelishik ot bilan otning, ot bilan fe’l
yoki boshqa biror turkumdagi sо‘zning о‘zaro munosabatini, aloqasini kо‘rsatib, shu
sо‘zning gapdagi vazifasini belgilaydi. Otlarning kelishik qо‘shimchalarini olib
о‘zgarishi turlanish deyiladi. Shuning uchun kelishik qо‘shimchalari turlovchi
qо‘shimchalardir. Kelishik shaklidagi sо‘z boshqa sо‘zlar bilai grammatik
aloqaga kirishadi. Kelishikli sо‘zning gapda biror gap bо‘lagi vazifasida kelishi
qaysi kelishik shaklida qо‘llanishi bilan bog‘liq. Masalan: peshonasini stulning
suyanchig‘iga qо‘yib sukutga tolgan Otaqо‘zi nogahon «dik» etib nidan turdi
(O.YO.), gapida peshona sо‘zini qо‘shimchasi bilan stul sо‘ziga, stul sо‘zi
esa - ning qо‘shimchasi bilan suyanchiq sо‘ziga, suyanchiq sо‘zi esa -ga
qо‘shimchasi bilan qо‘yib sо‘ziga, о‘rni sо‘zi esa - dan qо‘shimchasi bilan turdi
sо‘ziga tobedir. Otaqо‘zi sо‘zi kelishik shakliga ega emasligi uchun hokim holatda
qо‘llangan. Kelishik shakllari sо‘zlarning о‘zaro aloqasini ta’minlab tо‘ldiruvchi
(peshonasini,
suyanchig‘iga,
sukutga) aniqlovchi (stulning), hol (о‘rnidan)
vazifalarida
kelgan. Kelishiklar kо‘pincha sintaktik vazifani belgilovchi
shakllardan hisoblanadi. Biroq, ma’lum bir kelishikdagi shakl gapda turli gap
bо‘lagi bо‘lib kelishi mumkin. Masalan: vatanni kel-gindilardan ozod qilish—
dunyodagi eng katta mard-likdir! (P.Q.) Sal vakt о‘tgach, qishloq kasalxonasidan
chaqirilgan vrach va hamshira ayol qutichalarini kо‘targancha chiqib ketishdi.
(U.U.) gaplaridagi chiqish kelishigi qо‘shimchasini olgan sо‘zlar tuldiruvchi va hol
vazifasida kelgan. Kо‘rinadiki, kelishik qо‘shimchasini olgan sо‘zning turli
vazifalarni bajarishi qaysi turkumdagi sо‘z bilan bog‘lanishiga ham bog‘liq. Bu
hol, ayniqsa о‘rin-payt va chiqish kelishigi qо‘о‘shimchalarida yaqqol seziladi.
О‘shbu qо‘shimchalarni olgan sо‘zlar ot yoki otlashgan sо‘zlar, harakat nomi bilan
bog‘lansa, gapda tо‘ldiruvchi, fe’l bilan bog‘lansa hol vazifalarini bajaradi.
Shuningdek, о‘rin-payt, chiqish kelishigi qо‘shimchasini olgan sо‘z о‘rin-payt
ma’nolarini ifodalasa hol: bular mehmonxonaning quyirog‘idan joy oldilar (O.),
boshqa ma’no-larni ifodalasa tо‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. О‘zbek tilida mavjud
bо‘lgan olti kelishik kelishik kategoriyasini tashkil etadi. Bular: bosh kelishik,
qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jо‘nalish kelishigi, о‘rin-payt kelishigi,
chiqish kelishigi.Har bir kelishikni aks ettiruvchi maxsus qо‘shim-chalar mavjud
bо‘lsa-da, bosh kelishikda bunday shakl mavjud emas.
Shunga asosan, bosh kelishikdagi sо‘z boshqa kelishiklardan farqli ravishda о‘zi
bog‘lanadigan sо‘zni о‘ziga tobelaydi. Shuning uchun bosh kelishik asosiy
kelishik, qolganlari esa vositali kelishiklardir. Kelishik shakllarini olgan sо‘zlar
boshqa sо‘zlar bilan quyidagicha bog‘lanadi.
1 . Kelishik ot bilan otni bog‘laydi: Ikromjonning yuragi kuyardi. (S.A.)
2. Ot bilan fe’lni bog‘laydi: Aziz yelkasini qisdi. (U.U.) Eshon boshini
qimirlatdi. (O.)
3. Kelishik
ot
bilan
boshqa
sо‘zlarni
ham
о‘zaro
bog‘laydi: iyul kunlarining birida (A.Q.), —E avfi umumiydan tashqari (P
Q.).
Ot bilan otni bosh va qaratqich kelishiklar, ot bilan fe’l va boshqa turkumdagi
sо‘zlarni bosh, tushum, jо‘nalish, о‘rin-payt, chiqish, ba’zan qaratqich (kunlarning
biri, mehnatning zо‘ri) kelishiklar о‘zaro bog‘laydi.
BOSH KELISHIK
Bosh kelishik shaxsning, predmetning, narsa-hodisaning nomini atab, kim nima
sо‘roqlariga javob bо‘ladi. Bu kelishikning maxsus qо‘shimchasi yо‘q. Bosh
kelishikdagi sо‘z boshqa sо‘zlarga hokim bо‘lganligi sababli, shu kelishikdagi
otning gapda ega ekanligini kо‘rsatadi. Masalan: Otaqо‘zi eshikni sharaqlatib yopib,
uydan chiqdi (O.Yo.).
Bosh kelishikdagi sо‘z boshqa bir qator vazifalarda keladi.
1 . Gapda kesim bо‘lib keladi: siz sara dehqonmisiz?(T.M.)
2. Bosh kelishikdagi ot izohlovchi bо‘lib keladi: u yerda ham Mahamat chatoq
hadeganda gapga kо‘navermadi (U.U.). San’atshunoslik doktori, porofessor
Rasul Nuriddinov bugun ishdan uyiga juda yaxshi kayfiyatda qaytdi. (O.Yo.)
3. Undalma bо‘lib keladi: ha, qizim, birovni kutib turibsanmi? (O.YO.). Esingni
YIG
‘,
bolam. Ona о‘z bolasiga yomonlikni ravo kо‘rmaydi (S.A.)
4. Nominativ gap bо‘lib keladi: amakijon choy ichib keting, amakijon!
(O.Yo.)
5. Bosh kelishikdagi sо‘z kо‘makchilar bilan bog‘lanib yoki takrorlangan holda
kelib, aniqlovchi, tо‘ldiruvchi, hol vazifalarini bajaradi: shu mehnat bilan
yurtning mushkulini oson qilmoqchi (S. A.). Tо‘lanboy Nizomjon agdargan yerga
razm solib boshini sarak-sarak qilib qо‘ydi (S.A.)
6. Bosh kelishikdagi ot sifatlovchi - aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan: pо‘lat
pichoq qinsiz qolmas (maqol). Mehnat kuzagining tо‘yin fayzidan, Qolmagay
daryodil erlar bebahra. (G‘.G‘.).
Sifatlovchi aniqlovchi bо‘lib kelish aslida otga xos xususiyat emas, sifatlovchi
bо‘lib kelgan ot shu ot bog‘langan predmetning nimadan ekanligini bildiradi:
oshpaz sopol kosada ichiga mushtumdek lavlagi solingan shо‘rva keltirib qо‘ydi
(S.A.). Shuningdek, sifatlovchi sifatlanmish ifodalagan predmetning qanday| ishni
bajarishini bildiradi: terim mashinalari о‘taverib, yaproqlari yulinib chо‘p bо‘lib qol-
gan g‘о‘zalarda bir-ikkita, nari borsa uchta kо‘sak qolgan (O.YO.).
Do'stlaringiz bilan baham: |