Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

 
QARATQICH KELISHIGI 
Predmetning  shu  kelishikdagi  otdan  anglashilgan  predmetga  qarashliligini 
bildiradi.  Qaratqich  kelishigining  qо‘shimchasi  bilan  shakllanib,  kimning? 
nimaning?  sо‘roqlariga  javob  bо‘ladi.  Bu  kelishikdagi  sо‘z  о‘zi  bog‘langan 
sо‘zni  о‘ziga  qaratib  oladi.  Qaratilgan  sо‘z  egalik  qо‘shimchasini  oladi:  uyning 
oldi, tog‘ning toshi kabi. 
Bu  tipdagi  qaratqich  va  egalik  qо‘shimchalari  shaklidagi  bog‘lanishlarda 
qaratqich  ikkinchi  otga  bog‘lanib,  uni  aniqlab,  aniqlovchi  vazifasida  keladi: 
kampir  ularning  gapidan  Zirillamaga  yо‘ldosh  Oxunboboyev  kelganini  bildi 
(S.A.).  Qaratqich  kelishigining  qо‘shimchasi  she’riy  asarlarda  -  n  shaklida  ham 
qо‘llaniladi. 
 
Yigitlik shotisin poyalaridan 
Asta yuqoriga kо‘tarilolding (G‘. G‘.) 
 
Shuningdek,  badiiy  adabiyotda  bu  kelishik  qо‘shimchasining  -  im  shakli  ham 
uchraydi, 
 
O‘zbekiston Vatanim manim (A.O.) 
 
Manim bu sо‘zlarimga ishoning, ishonmang ixtiyor albatta sizdadir. (A.Qod.) 
 
Qaratqich kelishigi ma’no va shakl jihatidan ikki xil: 
a) belgili qaratqich kelishigi; b) belgisiz qaratsich kelishigi: - ning qо‘shimchasi bilan 
shakllanib  aniq  qarashlilik  ma’nosini  ifodalaydigan  shakl  belgili  qaratqich 
kelishigi  deyiladi.  Otaqо‘zi  tog‘asining  fe’l-atvorini  yaxshi  bilardi  (O.YO.) 
Hovlining bir chekkasida yaproqlari shildirab baland mirzaterak turar edi (O.). 
Qaratqich kelishigi qо‘shimchasi tushib qolgan holat belgisiz qaratqich kelishigidir: 
ikkoving chо‘l marshallari bо‘lasan (S.A.). Bu shakldagi otlar bir-biri bilan о‘zaro 
zich  bog‘lanadi  va  ular  orasiga  boshqa  sо‘z  kiritib  bо‘lmaydi,  Belgisiz  qaratqich 
kelishigida qaratqich shaklidagi ot egalik shaklidagi otga belgi ekanligi ifodalanadi. 
Bu  holatda  qarashlilik  ma’nosi  emas,  balki  aloqadorlik  ma’nosi  ustun  turadi. 
Chunonchi  keltirilgan  misoldagi  chо‘l  marshallari  birikmasida  marshal  yoki  chо‘l 
bir-biriga qarashli emas, ulardagi muayyan aloqadorlik asosida chо‘l sо‘zi marshal 
sо‘ziga belgi vazifasini bajarib kelgan, 
Qaratqich  kelishigining  belgili  va  belgisiz  kelishi  lug‘aviy  va  grammatik 
ma’nolarga bog‘liq. 
Quyidagi ma’noli sо‘zlar asosan belgili qaratqich kelishigi shaklida keladi: 


1 . Shaxs  otlarini  ifodalovchi  sо‘zlar:  Eshonxonning  dardi  bо‘lak  (O.). 
yо‘ldoshning badanlari jimirlab ketdi (U .U.), 
2.  Predmetning shaxsga yoki boshqa predmetga tegishli ekanligini 
ifodalaydigan otlar: bu Ikromjoning tovushi edi (S.A.). Mana shu narsa, — 
dedi u sher oyoqli bahaybat stolning g‘aladonidan kattakon 
semiz papka chiqarib (U .U,). 
3.  Butunning  qismnii  anglatgan  otlar:  kitobning  varag‘i,  uyning  burchagi, 
QOZONNING 
qulogi:  sallasidagi  olmosdan  tashkqari  belidagi  kamariga, 
xanjarining  sopi  va  qiniga  qadalgan  dur  va  la’llar  tiniq    va  osuda  bir  jilo 
berib turardi (P.Q.) 
4.  Qaratqich  kelishigidagi  ot  bilan  egalik  qо‘shimchasini  olgan  ot  orasiga  boshqa 
sо‘z kelganda: ona kо‘zi oldida о‘g‘lining qop-qora qoshlari, chaqnagan kо‘zlari 
qoldi (S. A). Dadasi erkatoy о‘g‘lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir 
quvondi (O.YE.). 
5.  Otlashgan  sо‘zlar  qaratqich  kelishik  qо‘shimchasini  olib  kelganda:  Kattaning 
kichigi bо‘lguncha, kichikning kattasi bо‘l (maqol). 
6.  Egalik qо‘shimchasi otlashgan sо‘zlarga qо‘shilganda bosh sо‘z bilan bog‘langan 
sо‘z  belgili  qaratqich  kelishigida  keladi:  yaxshining  yomoni  bо‘lguncha, 
yomonning yaxshisi bо‘l. (maqol.) 
7.  Olmoshlar  qaratqich  kelishigida  kelganda:  bizning fakultetda  ham majlis  bor 
(A.Q.). Chunki ne qilsa ham ular mening yurtdoshlarim (P.Q.) 
Belgisiz qaratqich kelishigi quyidagicha bog‘lanishlarda  qо‘llaniladi: 
1  .  Bir  predmet  yoki  narsa  boshqa  bir  predmetga  yoki  narsaga  umumiylik 
asosida  xoslangan  bо‘lsa:  lekin  undan  beridagi  chiroqsiz  uy  ayvonida  qandaydir 
sharpa  yozildi  (P.K[.).  Uning  yozuvchilik  ishidagi  kamoloti  va 
O

QISHI 
qanday 
ekanini bilmoqchi (A Q.) 
2.  Mavhum 
otlar 
о‘zaro 
bog‘lanib 
kelganda: 
dil 
quvonchi, 
vijdon 
amri, 
odam 
zoti. 
Manzura 
ko’r 
emas, 
kar 
ham 
emas, 
dunyoning 
odam 
zotiga 
vafo 
qilmasli- 
gini ko‘rib, eshitib turibdi (T.M.). 
3.  Predmetning 
belgisi 
sifatida 
qo’llangan 
sо‘zlarda: 
viloyatda 
yer 
islohotini 
o’tkazish 
uchun 
kо‘p 
yillar kerak (A.K.). Lekin u о‘z Vatanida yashamoqda edi(P.Q) 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish