OTLARNING MA’NO TURLARI
Otlar ma’no va grammatik xususiyatlariga kо‘ra ikki turga bо‘linadi: a) atoqli otlar; b)
turdosh otlar.
Predmet, narsa-hodisalarga atab qо‘yilgan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli
otlar bir turdagi predmet, narsa-hodisalardan birini ajratib kо‘rsatadi.
Atoqli otlarga quyidagilar kiradi:
1 . Kishi ismlari va familiyalari: Anvar, Fotima, Olim Xо‘jayev kabi.
2. Geografik nomlar: Toshkent, Samarqand, Pomir, Sharq, G‘arb.
3. Daryo, dengiz, kо‘l nomlari (gidronimlar): Amudaryo, Orol dengizi, Baykal
kо‘li.
4. Afsonaviy hamda diniy tasavvurlar bilan bog‘liq nomlar (teonimlar): Tо‘maris,
Shiroq, Kayumars, Iso, Muso, Usmon va boshqalar.
5. Osmon jismlari nomlari (astronimlar): Zuhra, Hulkar, Mirrix, Mars, Yetti
qaroqchi. Shuningdek, aholi yashaydigan kichik joy nomlari (oykonimlar);
kо‘chalar, bekatlar nomlari (dramonimlar); tepaliklar, chо‘qqilar, qirlar,
nomlari (oronimlar); uy hayvonlari va qushlarga atab qо‘yilgan nomlar
(zoonimlar); jurnal, badiiy asar nomlari, oliy organ va tashkilotlar, orden
va medallar nomlari, bayramlar, tarixiy kunlarning nomlari atoqli otlardir.
Atoqli otlar о‘zbek tili lug‘at tarkibini boyituvchi manbalardan biri bо‘lib, tilda
avvaldan mavjud sо‘zlar asosida vujudga keladi, Biroq, atoqli otlar о‘z xususiyati
va yozilishiga kо‘ra tildagi boshqa sо‘zlardan farqlanadi, Atoqli otlarning turdosh
otlardan farqlovchi muhim belgilaridan biri kо‘plik shakllarida ishlatilmasligidir.
Tilda mavjud otlarning katta qismini turdosh otlar tashkil etadi.
Bir turdagi predmet, narsa-hodisalarning umumiy nomini bildiradigan otlar
turdosh otlar deyiladi. Masalan: yulduz, daraxt, kо‘l, kо‘cha, daryo, shahar, odam
va boshqalar.
Turdosh otlar birlik va kо‘plik shakllarida ishlatilgani holda atoqli otlar faqat
birlik shaklida qо‘llaniladi. Atoqli otlar kо‘plik shaklida qо‘llanganda
umumiy belgi xususiyatiga ega bо‘lgan predmetlar guruhini ifodalaydi. Masalan:
Ajoyib naslsiz, sizdagi talant Amular, Sirlarning mazmunidan mо‘l (G‘.G‘.).
Bir xildagi predmetlarni ifodalash asosida atoqlli otlar turdosh otlarga о‘tadi:
rentgen, amper, muslimka (bо‘g‘doy nomi). Shuningdek, yakka predmetlarni
ajratib kо‘rsatish asosida turdosh otlar atoqli otlarga о‘tadi. Masalan: о‘ktam —
epchil, о‘ktam — ism, lola — gul, Lola — ism, gulchehra — gulyuzli, Gulchehra
— ism singari. Turdosh otlar ifodalaydigan tushunchasining xu-susiyatiga kо‘ra
aniq, va mavhum otlarga bо‘linadi. Aniq otlar shaxsni, predmetni anglatadi, olma,
uzuk, odam, uy, eshik, tutqich va boshqalar.
Aniq otlar anglatadigan predmetlarni kо‘rish va sanash mumkin: о‘nta odam, ikki
xona, besh kitob kabi.
Mavhum tushunchalarni, belgini, holatni predmet sifatida anglatadigan otlar
mavhum otlar deyiladi: shodlik, qizillik, gо‘zallik, zavq, shavq, baxt, loygarchilik va
boshqalar. Mavhum otlar asosan kо‘plikda qо‘llanilmaydi, kо‘plik shaklida kelgan
mavhum otlarning ma’nosi nisbatan mavhumlik darajasini yо‘qotadi. Masalan:
faqat sо‘nggi paytlarda uning dilida hatto о‘zi chо‘chiydigan noaniq, mavhum,
biroq, allaqanday notinch tuyg‘ular uyg‘onib, halovati yо‘qoldi (O.Yo.),
gapidagi tuyg‘ular sо‘zining ma’nosi nisbatan aniqlashgan.
Mavhum otlar tub va yasama sо‘zlar shaklida mavhumlikni ifodalaydi. Bunday
sо‘zlardagi mavhumlik darajasi bir xil emas. Binobarin, tub holda mavhum ma’no
ifodalovchi sо‘zlardagi mavhumlik darajasi nisbatan past. Bu otlarni aniq otlar singari
sanash, kо‘rish mumkin bо‘lmasa-da, ularning ma’nosiga muayyan aniqlik
mavjudligini sezish mumkin. Masalan: kurash, shodlik, sevgi, ishonch kabi mavhum
otlar aniq ma’nolarda ham ishlatiladi, Bular kо‘plik va sonda qо‘llanilishi mumkin.
Yasalish
asosida
vujudga
keladigan
mavhum
otlar
kо‘plikda
deyarli
qо‘llanilmaydi: birodarlik, buyuklik.
Turdosh otlar birlik shaklida predmetlarning tо‘dasini yoki yakka predmetlarni
anglatadi. Shunga kо‘ra turdosh otlar yakka va jamlovchi otlarga bо‘linadi.Bir
turdagi predmetlardan birini ajratib ifodalaydigan otlar yakka otlar deyiladi. Masalan:
daftar, kо‘ylak, qalam, soat va boshqalar.
Shaklan birlikda bо‘lib, mazmunan kо‘plikni bildiradigan otlar jamlovchi otlar
deyiladi. Masalan: el, olomon, poda, armiya, tо‘da, xalq kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |