Egalik qо‘shimchasining kо‘proq qaratqichli sо‘z bilan birgalikda qо‘llanishi egalik
bilan qaratqich kelishigining о‘zaro bog‘liqligini kо‘rsatadi. Qaratqich va egalik
qо‘shimchalarini olgan sо‘zlar: mening о‘rtoqlarim, mening о‘rtoqlarim tipida
qaratqich birlikda, qaralmish birlikda va kо‘plikda; uning о‘rtoqlari, ularning о‘rtog‘i
tipida qaratqich birlikda, qaralmish kо‘plikda yoki aksincha, qaratqich kо‘plikda,
qaralmish birlikda shakllarida kelishi mumkin.
Egalik qо‘shimchalarini olgan sо‘z son, ot yoki olmosh bо‘lib, chiqish kelishigi
qо‘shimchasini olgan sо‘z bilan birikadi: talabalardan biri, undan ikkovi.
Shuningdek, egalik qо‘shimchasini olgan sо‘z bosh kelishikdagi sо‘z bilan birikadi.
Bu xildagi birikishlarda qarashlilik ma’nosi ifodalanadi. Masalan: kampir qiziga
javob tololmadi, allanimalar deb gungillab savatdagi zog‘oralarni yoyib qо‘ydi-da,
oshxona yig‘ishtirgani ketdi (O.). Qarashlilik ma’nosi ifodalanmaydi: —Tuhmat
balosidan meni faqat Humoyun hazratlari |qutqargaylar, — dedi-yu Agradan qochib
chiqdi.(P.Q.)
Egalik qо‘shimchalari shaxs ma’nosini ham, son ma’nosini ham ifodalaydi.
Egalik qо‘shimchalarini shaxs ma’nolari birlik va kо‘plikda bir xil, - m, -ng, - i,
(-si), qо‘shimchalari shaxs kо‘rsatkichlaridir. Masalan: akam
,
akang, akasi
sо‘zlarida har uchala shaxs ifodalangan. Bu qо‘shimchalar
uchta shaxsda ham birlikni,
ham kо‘plikni ifodalashga uchun asos bо‘ladi.Biroq shaxs qо‘shimchalarining о‘zi
kо‘plikni ifodalay olmaydi. Kо‘plikni ifodalashda shaxs qо‘shimchalariga - iz
kо‘plikni ifodalovchi son qо‘shimchasi qо‘shiladi. Masalan: aka+m+iz, aka+ng+iz
kabi.
Egalnk qо‘shimchalarning 1,11 shaxslari kо‘p jihatdan bir-biriga mos, III
shaxsi esa farqlanadi. Masalan: son qо‘shimchalari 1,11 shaxsda bir xil shaklda
bо‘lsa III shaxsda boshqachadir.
Shuningdek, egalik qо‘shimchalari 1,11 shaxsda predmet, narsa-hodisaning kimga,
nimaga tegishli ekanligini
aniq kо‘rsatib turadi: kitobim, kitobing kabi. Bu
xildagi ifodalarda qaratuvchi shaxslar
— men, sen
aniq. Shuning uchun bu
olmoshlar ifodalanmasa ham qaratuvchi shaxs aniq ekanligi seziladi. 111 shaxsda
esa qaratuvchi shaxs u olmoshi bilan ham, boshqa kishi otlari bilan ham ifodalanadi:
uning kitobi — Lolaning kitobi kabi.
1,11 shaxs egalik qо‘shimchalari predmetning, narsaning shaxsga tegishli
ekanligini ifodalaydi: akam, akang (mening, sening). Predmetning shaxsga
tegishli ekanligi III shaxs egalik qо‘shimchasi orqali ham ifodalanadi: akasi. Shu
bilan birgalikda III shaxs egalik qо‘shimchasi kо‘proq shaxsga tegishli
bо‘lmagan narsa, predmetlarni ham ifodalaydi. Masalan: kitobning varag‘i,
maktabning bog‘i.
Egalik qо‘shimchalari kо‘plik ma’nosini ifodalovchi - lar qо‘shimchasidan keyin
qо‘shiladi. Ishxona rahbarlari tо‘yxonaga ancha barvaqt borishdi (о‘.U.). Kunduz
kunlari havo qoramtir- kulrang, Osmon xuddi tomlarga tegib turganday (A.Qod.).
O‘zbek tilida egalik ma’nosi ot va olmoshlarga -niki qо‘shimchasini qо‘shish
bilan ham ifodalanadi. Kitob meniki, kitob seniki, kitob uniki, bu
qо‘shimcha u
olmoshiga qо‘shilganda mavhum egalikni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: