SО‘Z TURKUMLARI
Sо‘zlar lug‘aviy ma’nolari, morfologik belgilari, gapda bajaradigan sintaktik
xususiyatlariga kо‘ra о‘zaro farqlanuvchi turli guruhlarni tashkil qiladi.
Sо‘zlarning lug‘aviy va grammatik jihatdan farqlanishiga kо‘ra turli guruhlarga
bо‘linishi sо‘z turkumlari deyiladi.
Sо‘zlarning turkumlarga ajratilishida quyidagi uch xususiyat asos bо‘ladi.
Sо‘zlar ifodalaydigan lug‘aviy ma’no turkumlarga ajratishdagi muhim
belgilardir. Masalan: uy,
HOVLI
,
yer, daraxt, bо‘ta, tosh sо‘zlari borliqdagi pred-
metlarni anglatadi. Ularning nomi ekanligi bilan xarakterlanadi. Bir qator sо‘zlar
ana shu predmet-larning belgisini - rangini, shakl kо‘rinishini, hajm-о‘lchovini
ifodalaydi: oq, kо‘k, katta, yumaloq, yassi, uzun, keng va boshqalar. Shuningdek,
bir qator sо‘zlar predmetning ish-harakatini anglatsa: bordi, keldi, yozdi, о‘qidi;
ayrim sо‘zlar ish - harakatning yoki belgining belgisini bildiradi: tez, darrov,
sekin, oz, kо‘p kabilar.
Sо‘z ma’nolarida mavjud bо‘lgan bu xususiyatlar ularni turkumlarga
ajratishdagi asosiy belgidir. Zero turkumlarga ajratishdagi ikkinchi va uchinchi
xususiyat sо‘zning shu ma’no tomoni bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
Sо‘z turkumlarini ajratishda morfologik belgi ham muhimdir. Bu xususiyat sо‘z
turkumlariga maxsus qо‘shimchalar tizimi mavjudligini, ularni asosan shu turkumga
xoslanganligini kо‘rsatadi. Masalan: ot turkumi kо‘plik, kelishik, egalik
qо‘shimchalariga ega bо‘lganidek, boshqa turkumlardan farqli ravishda ularda
kichraytirish - erkalash shakllari ham bor. Shunga kо‘ra otlar kо‘plikda keladi,
predmetning kimga qarashliligini bildiradi, turlanadi. Shuning dek, maxsus ot
yasovchi qо‘shimchalarning mavjudligi ot turkumini morfologik jihatdan tо‘la
shakllanganligini
kо‘rsatadi.
Fe’l
turkumida
morfologik
kо‘rsatkichlar
boshqacha—zamon, mayl, nisbat, shaxs-son kabi shakllar fe’lning о‘ziga xosligini
ta’minlaydi. Fe’llar tuslanadi, uch shaxsni ifodalaydi.
Maxsus fe’l yasovchi qо‘shimchalarning mavjudligi bu turkumdagi sо‘zlarning
ham imkoniyati kengligini kо‘rsatsa, fe’lning xoslangan shakllarini hosil qiluvchi
qо‘shimchalar fe’lning sintaktik vazifasini yana ham kengaytiradi.
Sо‘z turkumlariga ajratishdagi belgilardan biri sо‘zning gapdagi sintaktik
vazifasi bilan bog‘liq. Masalan: ot о‘z ma’nosidan kelib chiqqan holda gapda asosan
ega bо‘lib keladi. Sifat esa belgi ifodalaganligi uchun aniqlovchi bо‘lib keladi.
Sо‘zlarning gapda qanday vazifa bajarishi ma’nosi, grammatik shakli bilan bog‘liq.
Masalan: bosh kelishikdagi ot ega vazifasini bajarsa, qaratqich kelishigidagi ot -
aniqlovchi, boshqa kelishikdagi otlar -tо‘ldiruvchi va hol vazifalarida keladi.
Sintaktik jihatdan biror gap bо‘lagi vazifasida kelish muayyan sо‘z turkumi uchun
qotib qolgan holat emas. Chunonchi, sifat gapda aniqlovchi vazifasida kelar ekan, bu
sifatlarning boshqa sintaktik vazifa bajarmasligini kо‘rsatmaydi. Binobarin, sifatlar
ham gapda tо‘ldiruvchi (kattani katta deydilar), otlashganda esa ega (yaxshi yeydi
oshini) vazifalarida keladi: Kо‘rinadiki, sо‘z turkumlarining sintaktik vazifalari, shu
turkumdagi sо‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga mos holda asosan qaysi bо‘lak bо‘lib
kelishi bilan belgilanadi.
Sо‘z turkumlarini ajratishda shu uch belgiga tayaniladi. Biroq, bu belgilar barcha
sо‘zlarda bir xil emas. Masalan: ot, fe’l turkumlari uchun ham morfologik, ham
sintaktik belgi yetakchi bо‘lsa, olmosh, son uchun bu belgilar о‘ta past darajada
yoki sifat, ravishda sintaktik belgi kuchli bо‘lganidek, morfologik belgi yetakchi
emas.
О‘zbek tilidagi sо‘zlarni yuqorida sanab о‘tilgan uch belgisiga kо‘ra quyidagi
guruhlarga bо‘lish mumkin.
1 . Mustaqil sо‘zlar.
2. Yordamchi sо‘zlar.
3. Oraliq sо‘zlar.
Lug‘aviy va grammatik ma’noga ega bо‘lib, gapda biror gap bо‘lagi
vazifasini bajaradigan sо‘zlar mustaqil sо‘zlar deyiladi.
Mustaqil sо‘zlarda yuqorida sanab о‘tilgan har uchala xususiyat ham u yoki bu
darajada mavjud. Lekin bu xususiyatlar barcha mustavil sо‘zlarda yetarli darajada
emas. Masalan: ot va fe’lda barcha turdagi qо‘shimchalarni olib qо‘llanish holati
mavjud bо‘lganidek, olmosh va sonda bu xususiyat deyarli yо‘q. Yoki mustaqil
sо‘zlardan olmosh lug‘aviy jihatdan atama bо‘lolmasligi bilan ajralib turadi. Ular
gapda ot, sifat, son о‘rnida qо‘llaniladi, narsa-hodisaning nomi, miqdori, belgisi
bо‘lmaydi.
O‘zbek tilida mustaqil sо‘zlar quyidagilar: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish,,
Lug‘aviy ma’noga ega bо‘lmagan sо‘z va gaplarni о‘zaro bog‘lash, ularga
qо‘shimcha ma’no berish uchun ishlatilib, gapda biror gap bо‘lagi vazifasida
qulla-nilmaydigan sо‘zlar yordamchi sо‘zlar deyiladi. yordamchi sо‘zlarga
kо‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar kiradi. yordamchi sо‘zlar lug‘aviy ma’no
anglatmaydi. Masalan: uchun, ammo, sayin deganda hech narsani tu-shunmaymiz.
Biroq, til tizimida bu sо‘zlarning ham о‘ziga xos о‘rni bor. Binobarin, ular sо‘z va
gaplarning о‘zaro munosabatlarini uyushtiradi (kо‘makchi), sо‘z va gaplarni
о‘zaro bog‘laydi (bog‘lovchi), sо‘zlarga., ba’zan gapga qо‘shimcha ma’no bо‘yog‘i
beradi (yuklama).
Shunga kо‘ra yordamchi sо‘zlar ham til tizimida о‘ziga xos xususiyatlari mavjud
bо‘lgan sо‘zlardir.
Uchinchi sо‘zlar guruhi oraliq turkum deb nomlashda bu sо‘zlardata ayrim
mustaqil ayrim yordamchi sо‘zlarga xos xususiyatlar mavjudligi hisobga olindi.
Modal sо‘zlar, undov va taqlid sо‘zlar shu guruhga mansubdir.
Modal sо‘zlar sо‘zlovchining fikrga yoki fikrning borliqda munosabatini
ifodalaydi. Garchand, modal sо‘zlar lug‘aviy ma’no bildirmasa-da, gapga
qо‘shiladigan turli modal (tasdiq, inkor, taxmin, gumon) ma’nolarni ifodalaydi.
Gapda esa kirish sо‘z yoki kirish gap vazifasida keladi.
Modal sо‘zlar ma’no ifodalanish (modal ma’no bо‘lsa ham), gapda vazifa
bajarishi (gap bо‘lagi bо‘lmasa ham) jihatidan mustaqil sо‘zlarga yaqin, lu-g‘aviy
ma’no bildirmasligi, gap bо‘lagi bо‘lmasligi jihatidan yordamchi sо‘zlarga yaqin.
Undov sо‘zlar sо‘zlovchining his-tuyg‘ularini ifoda eta oladi. Ular xitob,
haydash-chaqirishning atamasi bо‘lmasa ham, ularning ifodasi bо‘la oladi.
Masalan: oh, uf, e undovlari zavqlanish, charchaganlik, ajablanish kabilarni, kisht,
pisht esa haydashning ifodasidir. Undovlarning bu xususiyatlari ularning
mustaqil sо‘zlarga yaqinligini, lug‘aviy ma’no ifodalamasligi, gapda gap bо‘lagi
bо‘la olmasligi yordamchi sо‘zlarga yaqinligini kо‘rsatadi.
Taqlid sо‘zlar tovushga, sharpaga bо‘lgan shartli taqlidni anglatadi. Taqlid asosida
kishida tushuncha hosil bо‘ladi. Masalan: tiqir-tiqir, gup-gup, guj-guj sо‘zlari kishi
ongida qandaydir tushunchalarni olib keladi. Ular gapda biror gap bо‘lagi
vazifasida keladi. Umuman, taqlid sо‘zlar ayrim xususiyatlariga ko‘ra mustaqil
sо‘zlarga yaqin. Shuning uchun bu sо‘zlar gapda gap bо‘lagi vazifasida ham о‘zi
mustaqil sо‘z-gap shaklida ham keladi. Biroq bu sо‘zlarda mustaqil sо‘zlardagidek
xususiyatlar tо‘la shakllanmagan holda yordamchilarga xos belgilar ham mavjud.
Ana shu xususiyatlar hisobga olingan holda modal, undov va taqlid sо‘zlar oraliq,
turkum deb ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |