SO‘ZLARNING TUZILISHIGA KО‘RA T U R L A R I
Sо‘zlar tuzilishiga ko‘ra quyidagicha: a) sodda sо‘zlar; b) qо‘shma sо‘zlar; v) murakkab
sо‘zlar; g) juft sо‘zlar.
1. Birgina о‘zakdan tashkil topgan sо‘zlar sodda sо‘zlar deyiladi. Masalan:
yozdim, bordim, katta, unumli, kitob, majburan.
Sodda sо‘zlar tub va yasama bо‘ladi. Tarkibida sо‘z yasovchi qо‘shimchalar
bо‘lmagan sо‘zlar tub sо‘zlardir, Yaxshidan, kо‘pdan, ishning, dalalardan, bog‘im
kabi.
Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar yordamida yasalgan sо‘zlar yasama sо‘zlar
deyiladi: kо‘plik, paxtazor, kutubxona kabi.
1. Tobelik munosabatlari asosida birikkan ikki yoki undan ortiq sо‘zlarning
о‘zaro qо‘shiluvidan tashkil topgan bir bosh urg‘u bilan aytiladigan sо‘zlar
qо‘shma sо‘zlar deyiladi. Masalan: rahmdil, dovyurak, tomorqa, oshqozon,
toshbaqa, allakim, allaqanday, bir oz, bir talay, iskab topar, Tо‘ytepa, Poyariq,
qizilishton, qо‘ng‘irbosh kabi.
2. Lug‘aviy va grammatik ma’nolari alohida holda ham, murakkab sо‘z tarkibida
ham ifodalanib turadigan, mustaqil tushunchalarga osonlik bilan ajralib ketadigan,
gapda
bir
gap
bо‘lagi
vazifasini
bajaruvchi alohida - alohida urg‘u bilan aytiladigan sо‘zlar murakkab sо‘zlar
deyiladi.
Murakkab sо‘z tarkibidagi sо‘zlar osonlik bilan alohida sо‘zlarga ajralib ketadi
va har biri о‘ziga xos lug‘aviy va grammatik ma’nolarni ifodalay be-radi.
Masalan: jigar rang, shirin sо‘z, tog‘ oldi, qо‘l qо‘ymoq, terib olmoq, har qachon,
hech vaqt,hech kim, hech qachon kabilar. Murakkab sо‘zlar tarkibidagi sо‘zlar
lug‘aviy jihatdan mustaqil bо‘ladi.
3. O‘zaro grammatik tenglanish munosabatlari asosida birikuvchi yoki
takrorlanish asosida birikuvchi sо‘zlar juft sо‘zlar deyiladi.
Juft sо‘zlar: a) о‘zaro ma’nodosh bо‘lgan sо‘zlardan tashkil topadi: baxt-
saodat, shod-xurram, zavq-shavq
b) zid ma’noli sо‘zlardan tashkil topadi: katta-kichik, yaxshi-yomon, uzun-
qisqa, oq-qora
SО‘Z YASALISHI
Sо‘z yasash — yangi ma’noli sо‘z hosil qilish demakdir. Sо‘z yasalishi, lug‘aviy
ma’noning о‘zgarishi asosida vujudga kelib, yasama sо‘z kо‘pincha, bir turkumdan
boshqa turkumga kо‘chadi. Shu ma’noda sо‘z yasash hodisasi sо‘zning
grammatik jihatdan о‘zgartiradigan hodisadir.
Masalan: gul sо‘zi ot turkumiga xosligi uchun otga xos kо‘plik qо‘shimchasini oladi,
turlanadi. Bu sо‘zga fe’l yasovchi - la qо‘shimchasi qо‘shilganda, yangi hosil bо‘lgan sо‘z
kо‘plik qо‘shimchasini olmaydi. Turlanmaydi, balki tuslanadi. Chunki bu holatda sо‘z
bir kategoriyadan boshqa kategoriyaga о‘tadi. Bir turkumdan boshqa turkumga
о‘tganda sо‘zlarda hosil bо‘ladigan о‘zgarishlar kategorial о‘zgarishlar deyiladi.
Masalan: tasodifan sо‘zining о‘zagi ot, о‘nta ravish yasovchi -an qо‘shimchasi
qо‘shilishi natijasida sо‘z boshqa kategoriyaga kо‘chdi, uzum-zor sо‘zidagi yasovchi
- zor qо‘shimchasi, ot turkumidan otga xos sо‘z yasagan, bunda kategoriya
о‘zgarmagan.
Kо‘rinadiki, sо‘z yasalishi bilan bog‘liq ravishda sо‘zning lug‘aviy hamda
grammatik ma’nolari ham о‘zgarishi mumkin. Sо‘z yasalishi til uchun ijobiy
hodisadir. U tilni lug‘aviy jihatdan boyituvchi asosiy manbalardan hisoblanadi.
Sо‘z yasash tilning boshqa sohalari bilan, xususan, lug‘at va grammatika bilan
uzviy bog‘liqdir. Chunki yasama sо‘z avvalo tilda mavjud bо‘lgan lug‘aviy
vositalardan hosil bо‘ladi. Masalan: tilda kitob, chiroy mavjudligi uchun, shu sо‘zlar
asosida kitob-xon, chiroy-li kabi sо‘zlar yasalgan. Shuningdek, yasalish asosida
sо‘z ma’nosining о‘zgarishi, yangi ma’noli sо‘zning tilning lug‘at tarkibiga о‘tishi
sо‘z yasalishi bilan leksikologiya orasida uzviy bog‘liqlik mavjudligini
kо‘rsatadi. Ma’lumki, sо‘z yasalishida kо‘pincha qо‘shimchalar ishtirok etadi,
yangi yasama bir turkumdan boshqa turkumga kо‘chadi. Shu hodisalarni vujudga
kelish jarayonlarini grammatika tekshiradi. Bu holat sо‘z yasalishining grammatika
bilan ham bog‘liqligini kо‘rsatadi.
Sо‘z yasalishi natijasida sо‘zning shakli о‘zgaradi. Yangi ma’no bilan birgalikda
yangi shakl vujudga keladi. Sо‘z yasalishi jarayonida hosil bо‘ladigan shakl bilan
sо‘z о‘zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qо‘shimchalar orqali paydo bо‘ladigan
shakl orasida о‘xshashlik bor. Shuning uchun sо‘z yasalishi ham boshqa shu xildagi
hodisalar singari morfologiyaning tekshirish obyektidir.
Tilda sо‘z yasash vositalari va usullari xilma-xil. О‘zbek tilida sо‘z yasashning
asosan ikki usuli yetakchidir.
1 , Morfologik usul bilan sо‘z yasalishi (affiksatsiya usuli).
2. Sintaktik usul bilan sо‘z yasalishi (kompozitsiya usuli).
Bu usullar sо‘z yasalishdagi asosiy usullar bо‘lsa-da, sо‘z yasalishida morfologik
usulning yetakchi о‘rin egallashi aniq, sezilib turadi.
Sо‘z о‘zak negiziga yasovchi qо‘shimchalar qо‘shish bilan yangi sо‘z yasash
morfologik usul bilan sо‘z yasash deyiladi. Sо‘z yasalishida qо‘shimchalar
ishtirok etganligi uchun bu usul affiksatsiya usuli deyiladi. Sо‘z yasalishining bu
turida qо‘shimchalar о‘zakka: gulla, gulli, ishla, paxtakor, paxtalik, shuningdek,
negizga: bilimli, hosildorlik, chidamlilik, kitobxonlik ham qо‘shiladi. Sо‘z yasovchi
qо‘shimchalar asosan о‘zak va negizdan keyin qо‘shiladi. о‘zakdan oldin
qо‘shiluvchi old yasamalar о‘zbek tili uchun xos emas. Biroq, sifat turkumiga
mansub bir qator sо‘zlarning yasalishida old qо‘shimcha ishtirok etganini
kuzatish mumkindir. Masalan: badavlat, serhosil, nohaq kabi. Bu qо‘shimchalar
tojik tilidan о‘zbek tiliga о‘tgan. Morfologik usulda sо‘z yasalishidagi muhim
shartlardan biri yasalishi uchun asos bо‘ladigan sо‘z bilan yangi yasama orasida
bog‘liqliq bо‘lishidir. Masalan: oshpaz, gulzor sо‘zlaridagi о‘zak va yasovchi
qо‘shimcha orqali hosil bо‘lgan qismlar: osh-oshpaz, gul-gulzor ma’no jihatdan
bir-biriga bog‘liqdir. Bu holat qо‘shimchalar orqali yasalgan sо‘zlarda, yasama
sо‘z bilan u asos bо‘lgan sо‘z orasida ifodaviy birlik mavjudligini kо‘rsatadi.
Morfologik usul bilan sо‘z yasalishining shakllari ham rang-barang. Masalan:
paxta-kor sо‘zida о‘zak + qо‘shimcha, bil+im+li sо‘zida о‘zak + negiz +
_qо‘shimcha, serdaromad sо‘zida qо‘shimcha + о‘zak, no + xaq + lik sо‘zida
qо‘shimcha + о‘zak + qо‘shimcha shakllari mavjud.
Sо‘z yasalishi barcha turkumlar uchun xos emas. Bu usul bilan ot, sifat, fe’l va
ravishlar yasaladi, xolos.
Sintaktik usul bilan sо‘z yasash ham unumdor usullardandir.
Ikki yoki undan ortiq sо‘zlarning о‘zaro qо‘shilishi natijasida sо‘z yasalishi
sintaktik usul bilan sо‘z yasalishi deyiladi. Bu usul bilan qо‘shma, murakkab va
juft sо‘zlar yasaladi.
Qо‘shma sо‘zlar о‘zaro mustaqil ma’noli ikki yoki undan ortiq sо‘zlarning
о‘zaro ma’no va grammatik jihatdan birikishi asosida vujudga keladi. Qо‘shma
sо‘zlar sо‘z birikmalariga о‘xshab ketsa-da, ular orasida keskin farq mavjud
bо‘ladi. Binobarin, qо‘shma sо‘zlar tarkibidagi sо‘zlar ma’no jihatidan yaxlit
holda bо‘lib, ularda hokim, tobelik munosabatlari mavjud bо‘lmaydi. Shu boisdan
ular
orasida
aniqlovchilik,tо‘ldiruvchilik,xollik
munosabatlari
bо‘lmaydi.
Masalan, toshbosar tarkibi mustaqil ma’noli tosh va bosar sо‘zlarining
birlashuvidan hosil bо‘lgan yangi ma’noli sо‘z bо‘lsa, tosh devor bi-rikmasida tosh
sо‘zi devorning aniqlovchisi sifatida kelib, murakkab tushuncha ifodalagan.
Kо‘rinadiki, sо‘z birikmalarida bir sо‘z ikkinchi sо‘zni aniqlaydi, ular
yordamida murakkab tushuncha ifodalanadi. Qо‘shma sо‘zlarda esa sо‘zlar bir-
birini aniqlamaydi, qо‘shma sо‘z tarkibidagi sо‘zlar birgalikda lug‘aviy ma’no
ifodalaydi. Shunga ka, qо‘shma sо‘zlar qismlari orasida grammatik aloqa
mavjud bо‘lmaydi va gapda bir gap bо‘lagi vazifasida keladi.
Sо‘z birikmasi tarkibidagi sо‘zlar esa turli bо‘laklar vazifasida keladi.
Masalan: men Saodatning yо‘lboshchiligi bilan ichkariga kirdim. (A.Qod.) gapidagi
yо‘lboshchiligi qо‘shma sо‘zi gapda tо‘ldiruvchi vazifasida kelgan. U yо‘l boshida
turibdi gapida esa yо‘l aniqlovchi, boshida - о‘rin holidir.
Qо‘shma sо‘zlar asosan ikki qismdan tashkil topadi: muzqaymoq, shо‘rpeshona,
о‘rinbosar, sofdil kabilar.
Qо‘shma sо‘zlar asosan ot, sifat, olmosh va ravishlarda mavjuddir.
Murakkab sо‘zlar yasash ham sо‘z yasalishining о‘ziga xos usulidir. Ular xam
kо‘pgina hollarda qо‘shma sо‘zlar tarkibiga kiritiladi. Biroq, murakkab
sо‘zlar tarkibidagi sо‘zlarning alohida-alohida ohang bilan aytilishi, ularni
alohida sо‘zlar guruhi ekanligini kо‘rsatadi. Masalan: tо‘q qizil, ipak yо‘li, bir yuz
besh, har narsa, hech kim kabi.
Sо‘z yasalishidagi muhim usullardan biri sо‘zlarni juftlash yoki ikki sо‘zni turli
shakllarda takrorlash asosida sо‘z hosil qilishdir. Bunday yo‘l bilan juft sо‘zlar
hosil bо‘ladi.
Juft sо‘zlar hosil bо‘lishi va ma’no xususiyatlariga ko‘ra qо‘shma sо‘zlarga
о‘xshaydi. Biroq, ular orasida keskin farq mavjud. Qо‘shma va juft sо‘zlarning о‘zaro
farqlanishi quyidagi holatlarda kо‘rinadi:
1 . Qо‘shma
sо‘zlardan
farqli
ravishda
juft
sо‘zlar
tarkibi
о‘zaro
teng
bog‘lanish
asosida
tuziladi:
ona-
ota, qozon-tovoq, oldi-qо‘ydi kabilar.
2. Juft sо‘zlar tarkibi doimo bir xil sо‘z turkumlari dan tashkil topgan
bо‘ladi, aka-uka (ot + ot), yaxshi-yomon (sifat+sifat), u-bu
(olmosh+olmosh), kecha-kunduz (ravish+ravish).
Juft sо‘zlar asosan ikki holatda:- sо‘zlarni о‘zaro teng bog‘lanishi va sо‘zlarni
takrorlash asosida hosil bо‘ladi.
Sо‘zlarni takrorlash asosida hosil bо‘ladigan juft sо‘zlar quyidagi shakllarda
namoyon bо‘ladi:
1 . о‘rin-payt
va
jо‘nalish
kelishiklari
shaklida:
qо‘ldan-qо‘lga, yildan-yilga,
2. Birinchi
sо‘zning
tarkibida
-
ma
qо‘shimchasi
ke-
lib, ikkinchi sо‘z bosh shaklda bо‘ladi: sо‘zma - sо‘z, izma-
iz, zо‘rma-zо‘raki.
3. Takrorlangan
sо‘zlar
tarkibida
ayrim
tovush
о‘zgarishlari
yuz
berishi
mumkin:
non
-
pon,
kiyim
-
piyim kabi.
Ayrim juft sо‘zlar tarkibidagi sо‘zlarni о‘rni almashtirib qо‘llash mumkin
bо‘lgan holda: ota-ona (ona-ota), sekin-asta, yigit-qiz, baland-past, kо‘pgina
sо‘zlarda bunday о‘rin almashtirish imkoni bо‘lmaydi: bosh-qosh, opa-singil,
sabzi-piyoz, kо‘z-quloq, og‘iz-burun, kiyim-kechak kabilar.
о‘zbek tilida bulardan tashqari sо‘z yasalishining yana bir qator usullari mavjud.
Chunonchi bir tur-kumdagi sо‘z boshqa turkumga kо‘chadi va о‘z ma’nosini
о‘zgartiradi. Masalan: barno (sifat) Barno (ot), tо‘xta (fe’l), Tо‘xta (ot),
shuningdek, bir turkumning о‘zida sо‘z ma’nosini о‘zgartiradi: suzdi (ovqatni),
suzdi (suvda). Sо‘z yasalishidagi bu usul lug‘aviy-se-mantik usul deyiladi.
Sо‘z yasashdagi usullardan yana biri abbreviatura usulidir. Bu usulga ka bir necha
tarkibli sо‘zlar qisqartirilgan holda yangi sо‘z hosil bо‘ladi: Masalan: BMT, MHD,
DAN kabi. Sо‘zlarni bu tipda qisqartirish orqali sо‘z yasash ot turkumiga xos
hodisa-dir. Sо‘z yasash usullaridan yana biri konversiya usulidir. Bu usulga kо‘ra
bir kategoriyaga mansub sо‘z boshqa kategoriyadagi sо‘z о‘rnida qо‘llniladi. Masalan:
kattaga hurmatda bо‘l, kichikka izzatda gapidagi katta va kichik sо‘zlarni otga
kо‘chgan «odam» ma’nosida ' qо‘llangan. Aslida katta, kichik sо‘zlari predmetning
belgisini bildiruvchi sifat sо‘zlardir. Bu holat si-fatdoshlarda ham uchraydi: о‘qigan
— о‘zar kabi.
Shuningdek, sо‘z yasalishining kalkalash—sо‘zlarni aynan tarjima qilib olish:
Besh yillik (pyati-letniy), kolxoz (kollektivnoye xozyaystvo) usuli ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |