Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

Yasama  negiz  sо‘zlarga  sо‘z  yasovchi  qо‘shimchalar  qо‘shish,  shuningdek, 
sо‘zlarni  qо‘shish  orqali  hosil  bо‘ladi.  Masalan:  kurash  (chan),  ep(chil),  kо‘z(gi), 
ishbilarmon va boshqalar. 
Yasama  negiz  ham  о‘z  navbatida  sodda,qо‘shma  va
 
juft  negizlardan  iborat 
bо‘ladi. 
Tub sо‘zga yasovchi qо‘shimchalar qо‘shish bilan hosil bо‘ladigan negiz sodda 
negiz deyiladi:  о‘q-uv-chi,  meh-nat-kash.  Ikki  yoki  undan  ortiq  sо‘zlarning  qо‘shili-
shidan  hosil  bо‘ladigan  negiz  qо‘shma  negiz  deyiladi.  Mirzaterak,  belbog‘, 
gultojixо‘roz. Ikki  sо‘zning  о‘zaro teng bog‘lanishi hamda takrorlanishi natijasida 
hosil  bо‘ladigan  negiz  juft  negiz  deyiladi:  ota-ona,  oziq-ovkat,  baxt-saodat,  zavq-
shavq,  tez-tez,  oq-qora  va  boshqalar.  Qо‘shimchalar  sо‘zlarga  qо‘shilib,  turli 
ma’nolarni  ifodalaydi  va  shu  ma’noga  xos  vazifalarni  bajaradi.  Ma’no  va 
vazifalariga ka qо‘shimchalar uch xildir: Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar, shakl yasovchi 
qо‘shimchalar, sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar. О‘zak yoki negizga qо‘shilib, uning 
ma’nosi bilan bog‘liq bо‘lgan yangi ma’noli sо‘z yasaydigan qо‘shimchalar  sо‘z 
yasovchi  qо‘shimchalar  deyiladi.  Ish-chi,  ish-la,  gul-li,  gul-la,  qish-ki,  yoz-gi, 
mard-ona, qahramonlarcha, majbur-an kabi. Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar yordami 
bilan  bir  sо‘z  turkumidan  boshqa  turkumlarga  xos  sо‘zlar  yasaladi.  Masalan: 
suv,  chiroy,  odam,  harakat  -ot;  gulli,  chiroyli,  odamsimon,  harakatchan  -sifat; 
och,  bо‘z,  kes,  uch-fe’l;  ochiq,  buzuq;,  keskir,  uchqur  -  sifat;  kul,  ela,  tara  -fe’l; 
kulgu,  elak,  taroq  -ot  turkumidagi  sо‘zlardir.  Shuningdek,  sо‘z  yasovchi 
qо‘shimchalar bilan bir sо‘z turkumidan shu turkumga xos sо‘zlar ham yasaladi. Bu 
holat kо‘proq ot turkumiga xosdir. Masalan: ish, suhbat, vatan, yо‘l, kitob -ot, ishchi, 
suhbatdosh,  vatandosh,  yо‘ldosh,  kitobxon  -ot.  Sо‘z  yasovchilar  yordamida 
qо‘shma  sо‘zlardan  (sirdaryolik),  murakkab  sо‘zlardan  (chо‘qqi  soqolli,  kech 
kuzgi),  juft  sо‘zlardan  (ota-onali,  baxt-saodatli)  ham  sо‘zlar  yasaladi.  Shu  bilan 
birgalikda bir sо‘zga birdan ortiq yasovchi qо‘shimcha qо‘shilgan holda ham sо‘zlar 
yasaladi:  terimchi  sо‘zidagi  ter  -о‘zak,  fe’l;  terim  -ot:  terim-chi  -otdir. Bir  sо‘zga 
birdan  ortiq  qо‘shimchalar  qо‘shilib,  sо‘z  yasalsa,  bunday  qо‘shimchalar  sо‘z 
tarkibini  murakkablashtiradi. Bunday  holatlarda ham о‘zakdan, ham  negizdan  sо‘z 
yasaladi. Shu bilan birgalikda ayrim sо‘z yasovchi qо‘shimchalar tarkibi ikki yoki 
undan  ortiq  sо‘z  yasovchi  qо‘shimchaga  mos  keladi,  biroq,  bir  qо‘shimcha 
vazifasini  bajaradi.  Masalan:  chorvachilik, loygarchilik sо‘zlari tarkibidagi  -chilik 


qо‘shimchasi  (-chi,  -lik),  -garchilik  qо‘shimchasi  (-gar  +  chi  +  lik)  qismlaridan 
tashkil 
topgan 
bitta 
qо‘shimchadir. 
Bu  xildagi  qо‘shimchalar  murakkab 
qо‘shimchalar deyiladi. 
Sо‘z  yasovchi  qо‘shimchalar  sо‘z  yasashdagi  darajasi  jihatidan  uch  xil:  unumli 
qо‘shimchalar, 
kam 
unum 
qо‘shimchalar, 
unumsiz 
qо‘shimchalar. 
Qо‘shimchalardagi  bu  holat  ularning  sо‘z  yasashda  kaysi  darajada  ishtirok 
etishiga  qarab  belgilanadi.  Zero,  ayrim  qо‘shimchalar  yordamida  kо‘plab  sо‘z 
yasash  imkoni  mavjud  bо‘lgani  holda  ba’zi  qо‘shimchalar  juda  kam  miqdorda 
sо‘zlar yasaydi. 
Kо‘plab  sо‘zlarning  yasalishi  uchun  ishtirok  etadigan  qо‘shimchalar  unumli 
qо‘shimchalar  deyiladi.  Bu  qо‘shimchalarga  ot  yasovchi  -chi  (terimchi, 
chopiqchi,  ishchi,  xizmatchi),  mavhum  ot  yasovchi  -lik  (dо‘stlik,  tinchlik, 
barqarorlik,  obodlik),  sifat  yasovchi  -li  (kuchli,  bilimli,  g‘ayratli),  -ma  (osma 
kо‘prik, yasama kulgi, aylanma yо‘l), nisbiy sifat yasovchi -ga, -ki (kuzgi, kishki), fe’l 
yasovchi  -la  (oshla,  suvla,  savala,  oqla)  kabilar  misol  bо‘ladi.  Kam  miqdordagi 
sо‘zlarning 
yasalishida 
ishtirok 
etadigan 
qо‘shimchalar 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish