Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

kam 
unum 
qо‘shimchalardir. Bunday qо‘shimchalarga ot yasovchi: -dan, -kash, -bon, -boz, -
dor, -im, -gich, -in, sifat yasovchi: -siz, -chil, -aki, -chok, -chak, fe’l yasovchi: -ik, -
lan,  -lash,  ravish  yasovchi:  -an,  -lab,  -ona  qо‘shimchalarini  ki-ritish  mumkin. 
Hozirgi  kunda  yangi  sо‘z  yasamaydigan  qо‘shimchalar  unumsiz  qо‘shimchalar 
deyiladi.  Masalan:  bol-a,  bil-ag‘on,  qishlo-q,  saylo-v,  uy-g‘oq,  sez-gir,  top-qir,  ep-
chil, ish-chan kabilar. 
Sо‘z  yasovchi qо‘shimchalar asosan  о‘zbek  tilining  о‘z  ichki manbalaridir. Birok, 
о‘zbek  tiliga  boshqa  tillardan,  ayniqsa,  qardosh  bо‘lmagan  tojik  tilidan 
о‘zlashgan  yasovchi  qо‘shimchalar  ham  anchagina.  Bu  qо‘shimchalar asosan 
о‘zakdan  oldin  qо‘shilib  о‘zbek  tilining  sо‘z  yasash  modelini  kengaytirgan. 
Masalan:  -ser,  -be,  -ba,  -no  qо‘shimchalari  о‘zakdan  oldin,  -dor,  -  kor,  -kash,  -
shunos,  -xona  qо‘shimchalari  о‘zakdan  keiin  qо‘shiluvchi  aslida  tojik  tiliga  xos 
bо‘lgan, hozirgi о‘zbekcha qо‘shimchalardir. 
Asosan  ruscha  sо‘zlarda  ishlatiladigan  baynalmi-nal-ist,  -izm,  -aksiya  kabi 
qо‘shimchalar  bugungi  kunda  unumsiz  qо‘shimchalar  tusini  olgan.  Chunki  bu 
qо‘shimchalar birorta о‘zbekcha sо‘zlarga qо‘shilib yangi sо‘zlar yasamaydi. 
о‘zbek tilining о‘ziga xos bо‘lgan sо‘z yasovchi qо‘shimchalari  bilan  shu  tilning 
о‘zidagi  sо‘zlardan  yangi  sо‘zlar  yasalganidek,  о‘zlashma  sо‘zlardan  ham 
yangi  sо‘zlar  yasaladi.  Masalan:  traktor-chi,  gazeta-chi,  bu  xildagi  sо‘zlarning 
о‘zagi  о‘zlashma  sо‘z  bо‘lsa-da,  yasalish  xususiyatiga  ko‘ra  о‘zbekcha  sо‘zdir. 
Sо‘z  yasovchi  qо‘shimchalar  о‘zakka  boshqa  qо‘shimchalarga  nisbatan  oldin 
qо‘shiladi.  Masalan:  kitobxonlarimiz  sо‘zidagi  -xon  sо‘z  yasovchi,  -lar  shakl 
yasovchi,  -imiz,  sо‘z  о‘zgartiruvchi  qо‘shimchalardir.  Qо‘shimchalarning  sо‘zda 
ushbu  tartibda  kelishi  о‘zbek  adabiy  tili  uchun  me’yordir.  Bu  tartib  buzilganda 
meyor ham buziladi. 
Sо‘z  yasovchi  qо‘shimchalar  turli  xususiyatlarga  ega.  Chunonchi,  sо‘z 
yasovchilar yordamida bir turkumdan shu turkumga xos sо‘zlar yasaladi. Masalan: 
kitob  -xon,  dor  -boz,  darvoza  -bon,  til  -shunos  kabi  sо‘zlarda  ot  turkumidan  ot 
yasalgan.  Bunday  sо‘z  yasalishi  ichki  yasalish  deyiladi.  Bir  turkumdan  boshqa 
turkumga  xos  sо‘zlar  yasalsa,  bunday  yasalish  tashqi  yasalish  deyiladi.  Masalan: 
chiroy-li, sez -gir. qish-ki, sо‘z -ma, chuv -illa va boshqalar. 
Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar omonimik, sinonimik va antonimlik xususiyatlarga 
ham  ega.  Shaklan  bir  xil  bо‘lib,  turli  turkumlarga  xos  sо‘zlar  yasaydigan 
qо‘shimchalar 
omonim 
qо‘shimchalar 
deyiladi. 
Quyidagilar 
omonim 
qо‘shimchalardir. 
1)  -oq: о‘roq;, boshoq -ot, qorqoq,tarqoq -sifat; 
2)  -ch: sog‘inch, sevinch -ot, tinch -sifat; 
3) -ma: suzma, tugma -ot, chо‘zma (lag‘mon), osma (kо‘prik) -sifat. 
Sо‘z  yasovchi  qо‘shimchalar  shakl  yasovchi  qо‘shimchalar  bilan  ham  omonim 
bо‘la  oladi.  Masalan:  qushcha,  uycha  sо‘zlaridagi  -cha  shakl  yasovchi,  yangicha, 
eskicha sо‘zlaridagi -cha sо‘z yasovchidir. 


Shaklan  har  xil  bо‘lib,  bir  xil  ma’noli  sо‘zlarni  yasovchi  qо‘shimchalar  sinonim 
qо‘shimchalardir. Sifat yasovchi -li, -dor, -ser: unumli, serunum, unumdor. 
-  siz, -be; beaql, aqlsiz; 
-  li, - ba, -mand: davlatli, badavlat, davlatmand; 
-  no,-siz: noinsof, insofsiz kabi. 
Bir-biriga zid ma’nolarni ifodalovchi sо‘zlar 
yasovchi qо‘shimchalar antonim qо‘shimchalar deyiladi. 
-  li, -siz: aqlli, aqlsiz, unumli, unumsiz; 
-  no, -li: noinsof, insofli; 
-  be, -li: beor, orli kabi. 
Shuningdek, sо‘z yasovchi  qо‘shimchalar  kо‘p ma’nolilik  xususiyatlariga  ham  ega. 
Masalan:  -chi  shaxs  oti,  ishchi,  tarbiyachi,  qush  nomi  baliqchi,  -gi  narsa,  -qurol  oti: 
supurgi,  mavhum  ot:  sevgi,  -ma  narsa  oti:  tugma,  о‘sma,  mavhum  ot:  -eslatma 
kabilarni yasashda ishtirok etgan. 
Sо‘zlarning  lug‘aviy  ma’nosini  о‘zgartirmay,  ularga  turli  ma’no  bо‘yoqlari 
beruvchi,  grammatik  ma’no  ifodalovchi  qо‘shimchalar  shakl  yasovchi 
qо‘shimchalar deyiladi. Shakl yasovchi qо‘shimchalar yangi sо‘z yasamaydi, balki 
turli  subyektiv  baho,  emotsional  bо‘yoq  ifodalanishi  uchun  xizmat  qiladi.  Shakl 
yasovchilar turli sо‘z turkumlarida turlicha vazifalarni bajaradi.  Chunonchi shakl 
yasovchilar otlarda: 
a) kichraytish: qushcha, qо‘zichoq, bolagina; 
b) erkalash: toychoq, bо‘taloq,  (bolaga nisbatan); 
v) kо‘plik:  kitoblar,  uylar  kabi  ma’nolarni  ifodalasa,  sifatlarda  sifat  darajalarini 
hosil  qiladi:  qizilroq,  oqish,  sarg‘imtir,  kо‘kimtir  va  boshqalar.  Son  turkumida 
sanoq sonning turlarini hosil qiladi: beshta, beshov, oltovlon, ikkala, о‘nlab, yuzlab 
va  boshqalar.  Fe’l  turkumida  fe’lning  xoslangan  shakllarini:  a)  sifatdosh:  borar, 
borgan, boruvchi, borajak; b) ravishdosh: borib, boray, borgach,  borguncha;  v) 
harakat  nomi:  bormoq,  boruv,  borish  kabilarni  hosil  qilish  bilan  birgalikda 
fe’lning  nisbat,  mayl  va  zamon  shakllarini  ham  vujudga  kel-tiradi.  Shunga  ka 
otlardagi  kichraytish  -erkalash,  kо‘plik,  sonning  turlarini,  jumladan,  tartib  son 
hosil  qiluvchi,  sifat  darajalarini  yasovchi,  fe’llar-dagi  zamon,  nisbat,  mayl  va 
fe’lning  xoslangan  shakllarini  hosil  qiluvchi  qо‘shimchalar  shakl  yasovchi 
qо‘shimchalardir. 
Nutqda 
sо‘zlarni 
о‘zaro  boshqa  sо‘zlar  bilan  birikishini,  bog‘lanishi 
ta’minlaydigan  qо‘shimchalar  sо‘z  о‘zgartiruvchi  qо‘shimchalar  deyiladi.  Sо‘z 
о‘zgartiruvchi  qо‘shimchalar  ham  grammatik  ma’no  ifodalaydi.  Ular  gapda 
sо‘zlarni  bog‘lashga  xoslangan.  Shuning  uchun  bunday  qо‘shimchalar  sintaktik 
vazifa  bajaradi.  Masalan:  shohning  qoshlari  chimirilib,  mо‘ylovlarining  uchi 
pastga  osilib  qoldi  (P.Q).  О‘shbu  gapdagi  sо‘zlarni  bog‘lashda  -ning,  -lari,  -la-
rining,  -i,  -ga,  Qо‘shimchalarning  muhim  о‘rni  bor.  Agar  gap  tarkibidagi  shu 
qо‘shimchalar  gapdan  chiqarilib  tashlansa,  undagi  sо‘zlar  о‘zaro  bog‘lanmaydi, 
natijada  hech  qanday  fikr  ifodalanmaydi.  Bu  holat  sо‘z  о‘zgartiruvchi 
qо‘shimchalarning  grammatik  ma’nosiga  nisbatan  ham  sintaktik  vazifasi  muhim 
ekanligini kо‘rsatadi. 
Sо‘z  о‘zgartiruvchi  qо‘shimchalar  qaysi  turkumga  xos  bо‘lsa,  sо‘zlarda  shu 
turkumga  xos  grammatik  ma’no  beradi.  Sо‘z  о‘zgartiruvchi  qо‘shimchalarga 
otlardagi kelishik (-ning, -ni, -ga (-ka, -ka) -da, -dan) egalik (-m, -im, -ng, -ing, -i, -si, 
-miz, -imiz, -ngiz, -ingiz,  -lari), fe’llardagi  tuslovchi  (-man,  -san,  -miz,  -siz,  -lar, 
im,  -ing,  -k,-ingiz,  -ay,  -gin,  -sin,  -aylik,  -ingiz,  -sin-lar)  qо‘shimchalari  misol  bо‘la 
oladi. Bu  qо‘shimchalar-ni  xarakteriga  ka  ikki  guruhga  ajratish  mumkin:  turlovchi 
qо‘shimchalar, tuslovchi qо‘shimchalar. 
Ot  va  otlashgan  sо‘zlarga  qо‘shilib  ularni  boshqa  sо‘zlar  bilan  birikishini 
ta’minlaydigan  qо‘shimchalar  turlovchi  qо‘shimchalar  deyiladi.  Ular  otlardagi 
egalik va kelishik qо‘shimchalaridir. 
Fe’llarga  qо‘shilib  shaxs-son  ma’nosini  ifodalovchi  qо‘shimchalar  tuslovchi 
qо‘shimchalar deyiladi. Bular fe’llardagi shaxs-son qо‘shimchalaridir. 


Sо‘z 
о‘zgartiruvchi 
qо‘shimchalarning 
qо‘llanish 
doirasi 
boshqa 
qо‘shimchalarga  nisbatan  kengdir.  Ular  qaysi  turkumga  taalluqli  bо‘lsa,  shu 
turkumdagi  barcha  sо‘zlarga  qо‘shiladi.  Masalan:  uyning,  uyim,  uyga,  bolaning, 
bolam,  boladan,  bordim,  о‘qidim,  yetdim,  ishladim  va  hokazo.  Boshqa  turdagi 
qо‘shimchalarda  bu  xususiyat  nisbatan  chegaralangan.  (Otlardagi  kо‘plik 
qо‘shimchasi bundan mustasno). 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish