Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

 
 


 
 
SО‘ZNING LUG‘AVIY V A GRAMMATIK M A ’ N O L A R I  
 
Sо‘z obyektiv borliqda mavjud bо‘lgan narsa - hodisalar haqidagi tushunchalarni 
ifodalaydi. 
Bunday 
tushunchalarning 
ifodalanishi 
sо‘zning 
lug‘aviy 
ma’nosidir.  Masalan:  paxta  sо‘zi  asosida  oppoq,  yumshoq  predmetning 
tushunilishi shu sо‘zda mavjud bо‘lgan lug‘aviy ma’nodir. 
Lug‘aviy  ma’no  ifodalash  xususiyatiga  ko‘ra  sо‘zlar  tilda  о‘ziga  xos 
mustaqillikka  ega  bо‘lgan,  lug‘aviy  jihatdan  shakllangan  birliklardir.  Lug‘aviy 
ma’no  sо‘zlarning  birlamchi,  asosiy  ma’nosi  hisoblanadi.  Sо‘zning  lug‘aviy 
ma’nosi uning nutqdan tashqaridagi ma’nosi bо‘lib, shu ma’nosiga qarab sо‘zlar 
obyektiv  borliqdan  olinadigan  narsa-hodisalar 
haqidagi  tushunchalarni 
ifodalaydi,  Tushuncha  esa  narsa-hodisalarning  kishi  ongida  aks  etishi  asosida 
vujudga  keladi.  Lug‘aviy  ma’nosiga  ko‘ra  sо‘zlar  leksikologiyaning  tekshirish 
obyektdir. 
Nutqda  sо‘zlar  faqat  lug‘aviy  birlik  bо‘lib  qolmaydi,  balki  nutq  vositasiga 
aylanadi. Sо‘zlar nutqda о‘zaro  birikishi, bog‘lanishi natijasida turli  qо‘shimcha 
ma’nolarni  ifodalaydi.  Bu  ma’nolar  lug‘aviy  ma’noga  qо‘shimcha  narsa-
hodisalar,  belgi-harakatlarga  bо‘lgan  munosabatlarni  ham  ifodalaydi.  Turli 
munosabatlarni  bildiruvchi  bunday  ma’nolar  lug‘aviy  ma’nodan  tashqaridagi 
qо‘shimcha  ma’nolardir.  Grammatik  ma’no  sо‘zning  shakliy  ma’nosidir. 
Masalan:  kitoblar  sо‘zida  grammatik  kо‘plik  ma’nosi  mavjud  bо‘lsa,  kitobning 
sо‘zida  kelishik  ma’nosi  mavjuddir.  Grammatik  ma’no  о‘zaro  munosabatlarni 
ifodalash bilan birgalikda sо‘zlar uchun umumiy bо‘lgan ma’nolarni ham о‘zida 
birlashtiradi.  Masalan:  biz  a’lo  о‘qish  uchun  harakat  qilyapmiz,  gapidagi 
egalik, maqsad, shaxs-son va zamon ma’nolari munosabatni anglatsa, kitobning, 
uyga, darsdan sо‘zlaridagi qо‘shimchalar ushbu sо‘zlar uchun umumiy ma’no  — 
kelishik  ma’nosidir.  Lug‘aviy  ma’noga  qо‘shimcha  ravishda  bu  xildagi  turli 
ma’nolarning ifodalanishi grammatik ma’no deyiladi. 
 Grammatik  ma’nolar  umumiydir.  Jumladan,  otlardagi egalik, kelishik, kо‘plik 
ma’nolari,  fe’llardaga  shaxs-son,  nisbat  ma’nolari  grammatik  ma’nolardir. 
Grammatik  ma’nolarni  _hosil  qiluvchi  turli  usullar  mavjud.  О‘zbek  tilida 
quyidagilar grammatik ma’no hosil qiluvchi vositalardir. 
1.Qо‘shimchalar.  Sо‘zlarning  о‘zak  yoki  negiziga  turli  qо‘shimchalar  qо‘shish 
orqali  grammatik ma’no  hosil  bо‘ladi.  Masalan:  kitoblar,  bolalar,  uydan,  ishga, 
yozgin kabi. 
Sо‘z о‘zgartiruvchi va shakl yasovchi qо‘shimchalar  grammatik ma’no hosil 
qiluvchilardir. Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar yangi sо‘z yasaydi. Shuning uchun ular 
grammatik  ma’no  hosil  qilmaydi.  Masalan:  paxtakor,  bilimdon,  sо‘zlaridagi 
qо‘shimchalar orqali yangi sо‘z yasalgan. 
2.Yordamchi  sо‘zlar.yordamchi sо‘zlar,  asosan,  kо‘makchilar,  mustaqil  sо‘zlar 
bilan  birikib,  grammatik  ma’no  ifodalaydi.  Masalan:  Otabek  Rahmatning  bu 
sо‘zini samimiyat bilan qarshiladi. (A.Q.). 
3.Sо‘z  tartibi.  Sо‘zlarning  gapda  о‘rin  almashishi  ham  grammatik  ma’no 
ifodalashga  xizmat  qiladi.  Masalan:  Uzoqdan  katta uy  kо‘rindi,  uzoqdan  uy  katta 
kо‘rindi. 
4.Sо‘zlarni takrorlash. Nutqda sо‘zlarni takror  holda ishlatish orqali grammatik 
ma’no hosil bо‘ladi. Olcha va shaftolilar g‘ij-
 
g‘ij, shoxlarining boshlari yerda (O.) 
5.Ohang. Gap yoki sо‘zlarni turli ohanglar bilan aytilishi ham grammatik ma’no 
ifodalashga  xizmat  qiladi.  Masalan:  Aziza  keldi.  (darak  gap),  Aziza  keldi?  (sо‘roq 
gap), Aziza keldi! (his-hayajon gap). 
6.Supletivizm (tо‘ldirish). Bir tizimdagi grammatik ma’nolarni ifodalash uchun 
alohida-alohida  sо‘zlarni  yо‘llash  supletivizm  hisoblanadi.  Bir  grammatik 
tizimni  tashkil  etuvchi  birinchi  shaxsning  birligi  men,  kо‘pligi  biz  olmoshlari 
bilan  ifodalanishi supletivizmdir. Shuningdek, sо‘zlarni juftlash va sо‘z urg‘usini 
о‘zgartirish  ham  grammatik  ma’no  hosil  qiladi.  Masalan:  katta-kichik,  yaxshi-


yomon  sо‘zlarning  juftlanishi  natijasida  kattalar  ham,  kichiklar  ham,  yaxshilaru 
yomonlar, xullas, hammaning ifodalanishi ham grammatik ma’nodir. Yoki bog‘lar 
(mevali  bog‘lar),  bog‘lar  (bog‘lanmoq),  fizik  (olim),  fizik  (jism)  kabilar  ham 
grammatik ma’nolar natijasidir. 
 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish