SО‘ZNING GRAMMATIK SHAKLI VA
G R A MM AT IK K AT E G OR IY AL A RI
Lug‘aviy ma’noga qо‘shiladigan grammatik ma’no hamda grammatik ma’noni
ifodalovchi vositalar grammatik shaklni tashkil etadi. Sо‘zning grammatik shakli
lug‘aviy va grammatik ma’nolar bilan bog‘liq. Sо‘zning grammatik shakli
deyilganda ma’lum sо‘zning о‘z lug‘aviy ma’nosini yо‘qotgan, о‘zgartirmagan holda
turli shakllarda qо‘llanilishi tushuniladi. Masalan: kishining, kishiga, kishida kabi.
Grammatik shakl grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiluvchi muhim
qismdir. Masalan: о‘qidi, yozdi sо‘zlariga -m, -k qо‘shimchalari qо‘shilganda
birinchi shaxsning birlik va kо‘plik ma’nolari anglashilsa, shu sо‘zlarga -ng, -ngiz
qо‘shimchalari qо‘shilganda ik-kinchi shaxsning birlik va kо‘plik ma’nolari
ifodalanadi. Kо‘rinadiki, turli grammatik ma’nolarni ifodalashda grammatik shakl
asos hisoblanadi. Grammatik shakl nutqdagi sо‘zlarning bir-biriga turlicha
munosabatini ham ifodalaydi. Masalan: kitobning varag‘i birikmasida tobelik
ma’nosi mavjud bо‘lsa, ota va bola birikmasida tenglik ma’nosi mavjud.
Grammatik shakl lug‘aviy ma’noli qism bilan birgalikda unga qо‘shiladigan
grammatik ma’no orqali hosil bо‘ladi. Demak, sо‘zlar nutqda lug‘aviy ma’no
ifodalash shaklida yoki grammatik ma’no ifodalash shaklida qo‘llaniladi.
Sо‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan birgalikda borliqqa yoki nutqdagi boshqa
sо‘zlarga munosabatini ifodalaydigan qо‘shimcha ma’noga mos holati sо‘zning
grammatik shakli deyiladi. Sо‘zning grammatik shakli ikki xil: sо‘zning modal
shakli va sо‘z о‘zgartirish shakli. Sо‘zning modal shakli lug‘aviy ma’noga mos
keladigan, turli munosabatlarni ifodalovchi shaklidir. Masalan: bola-bolalar (birlik
va kо‘plik), qush-qushcha, (kichraytirish), о‘qi (aniq, nisbat), о‘qit (orttirma
nisbat), shakllaridir. Modal shakl gapda sо‘zlarning о‘zaro bog‘lanishini
ta’minlaydi.
Sо‘z о‘zgartirish shakli nutqda sо‘zlarning о‘zaro munosabatlarini ifodalaydigan
shaklidir. Masalan: Kumushning bu holi bechora onaning yuragini uzar! (A Qod.)
gapidagi -ning, -ni, sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar sо‘zlarni birikishi uchun muhim
vazifa bajaradi.
Sо‘zlarning grammatik shakllari tuzilishiga ka uch xil: sintetik shakl, analitik
shakl, analitik -sintetik (aralash) shakl. Grammatik ma’noning qо‘shimchalar
orqali ifodalanishi sintetik shaklni vujudga keltiradi. Sintetik shakl sо‘z
о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar orqali kitobni (о‘qidim), kitobdan (о‘qidim)
hamda shakl yasovchi qо‘shimchalar orqali: kо‘kish, kо‘kroq, kо‘kimtir hosil
bо‘ladi.
Mustaqil sо‘zlarning yordamchi sо‘zlar bilan birgalikda ishlatilishi analitik
shaklni vujudga keltiradi. Masalan: qalam bilan, bog‘ tomon, uy sari va boshqalar.
Sо‘zlarni takrorlash bilan hosil bо‘ladigan shakl ham analitik shakldir: uyum-
uyum, baland-baland. Sintetik va analitik shakllarning о‘zaro farqi shundaki,
sintetik shaklda ma’no sо‘zning о‘zi bilan hosil bо‘ladi: о‘qidim, oldim kabi.
Analitik shaklda sо‘z shakli о‘zgarmagan holda unga boshqa sо‘z (yordamchi
sо‘zlar) qо‘shilishi natijasida ma’no hosil bо‘ladi. Masalan: uy tomon, sen kabi.
Grammatik shaklning vujudga kelishida qо‘shimchalar ham, yordamchi sо‘zlar
ham katnashsa analitik-sintetik shakl vujudga keladi: uyga tomon, kо‘pdan-kо‘p,
yо‘lga qadar, toqqa tomon va boshqalar.
Nutqda sо‘zlarning biror maxsus shaklni olmagan kо‘rinishlari ham qо‘llaniladi,
О‘zaro zich bog‘lanib, bir xil grammatik ma’noni ifodalaydigan shakllar yig‘indisi
grammatik kategoriya deyiladi. Masalan: egalik, kelishik, son kategoriyalari ot
turkumiga, shaxs-son, nisbat, mayl kategoriyalari fe’l turkumiga xos grammatik
kategoriyalardir. Grammatik kategoriya atamasining ikki ma’nosi mavjud.
Sо‘zlarning
lug‘aviy-grammatik jihatdan turkumlarga ajratilishi, sо‘zlarni
kategoriyalarga bо‘lish grammatik kategoriyadir. Shu bilan birgalikda muayyan
turkumning
о‘ziga xos shakllari, jumladan, otlarda egalik, grammatik
kategoriyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |