“В 5141600-Boshlang‘ich ta’lim va sport -tarbiyaviy ish” ixtisosligi bakalavriat yo‘nalishi
uchun «Ona tili (morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya )» fanidan
MA’RUZA MATNI
MORFOLOGIYA
Morfologiya grammatikaning tarkibiy qismi bо‘lib, uning vazifalari xilma-
xildir. U avvalo sо‘zlarning tuzilishi va gapda о‘zgarishini о‘rganadi.
Morfologiya sо‘zlarning muayyan turkumlarga ajratilishi bilan bog‘liq. Bu hodisa
morfologik kategoriyalarni vujudga keltiradi. Shunga ko‘ra sо‘z turkumlari va
ularning xususiyatlarini tekshirish morfologiyaning muhim vazifalaridan biridir.
Birinchidan, sо‘zlar lug‘aviy ma’no bilan birgalikda turli grammatik ma’nolarni
bildiradi. Grammatik ma’nolarni ifodalashga ko‘ra sо‘zlar har xil shakllarda ham
bо‘ladi. Sо‘zlardagi bunday shakllarni ham morfologiya о‘rganadi. Masalan:
dо‘stlarimiz sо‘zidagi dо‘st sо‘zining lug‘aviy ma’noli shakli, -lar kо‘plik ma’noli, -
imiz egalik ma’noli shakllaridir.
Morfologiya atamasining morfe - «shakl», logos - «sо‘z» ekanligi ham uning
sо‘z shakllari haqidagi ta’limot ekanligini kо‘rsatadi.
Xullas, til sathi sifatida morfologiya nisbatan qamrovdor bо‘lib, sо‘z shakllari,
sо‘zlarning tuzilishi va gapdagi о‘zgarishi, sо‘z turkumlari, ularning
qonuniyatlarini о‘rganuvchi ta’limotdir.
Sо‘z shakllari. Sо‘z shakllari hodisasi tilshunoslikdagi о‘ziga xos hodisalardan
biridir. Unda ma’lum sо‘zning lug‘aviy ma’nosini saqlagan holda turli shakllarda
qо‘llanilishi tushuniladi. Masalan: kitob, kitobni, kitobdan, kitobimiz, kitobingiz.
Sо‘z shakllarining о‘zgarishi dastlab shu sо‘zning lug‘aviy ma’nosiga daxldor bо‘lib,
uning qaysi turkumga mansubligini belgilaydi va shu turkumga xos vositalar asosida
о‘z shaklini о‘zgartiradi. Masalan: daraxt, odam, gul sо‘zlari ot turkumiga xos, bu
sо‘zlar о‘z shaklini otga xos bо‘lgan kelishik, egalik, kо‘plik qо‘shim-chalarini olgan
holda о‘zgartiradi: daraxtning, daraxtim, daraxtlar, Sifat turkumiga xos sо‘zlar esa shu
turkumga xos daraja hosil qiluvchi vositalarni qabul qilgan holda о‘z shaklini
о‘zgartiradi. Masalan: qizil-qizg‘ish, qizilroq, juda qizil. Sо‘z shakllarining о‘zga-rishidagi
bu holat belgilangan, turg‘un holat emas. Sо‘z shakllarini о‘zgarishi uchun asos
bо‘ladigan qо‘shimchalar, sо‘zlarni muayyan turkumga taalluqli ekanligini
belgilashda muhim bо‘lsada, boshqa turkumga xos qо‘shimchalarni, ayniqsa,
otlardagi kelishik, egalik, ba’zan kо‘plik qо‘shimchalarini boshqa turkumdagi
sо‘zlar olgan holda о‘z shaklini о‘zgartiradi. Masalan: kattaning, kattalar, mening,
kо‘pning, kо‘plik va hokazo. Sо‘z shakllarini о‘zgarishi ikki holatni vujudga
keltiradi. Birinchidan, sо‘z shakli о‘zgarganda, sо‘zdagi asosiy ma’noga qо‘shimcha
ravishda grammatik ma’no ifodalaydi. Masalan: bolalar sо‘zidagi-lar qо‘shimchasi
orkali ifodalangan ma’no kо‘plik ma’nosidir.
Ikkinchidan, sо‘z shaklining о‘zgarishi gapda sо‘zlarning о‘zaro birikishini,
bog‘lanishini ta’minlaydi: ishdan kelmoq birikmasidagi -dan qо‘shimchasi sо‘zlarni
biriktirish vazifasini bajargan.
Kо‘rinadiki, sо‘z shakllarining о‘zgarishi natijasida morfologik shakl va
sintaktik shakl vujudga keladi. Morfologik shakl shakl yasovchi qо‘shimchalar
yordamida, sintaktik shakl esa sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar orqali hosil
bо‘ladi. Bundan tashqari tilda sо‘z yasalishi uchun xizmat qiiladigan sо‘z yasovchi
qо‘о‘shimchala ham mavjud bо‘lib, ular bir butun holda sо‘zning morfologik
tuzilishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: