Nazorat savollari:
1. Tarixiy bilimlarni shakllantirishda ilmiy bilimlarga nisbatan qisqartilgan va soddalashtirilgan yо‘llar mavjud. Siz shular haqida batafsil gapira olasizmi?
2. Tarixiy bilimlarni shakllantirishda tarixiy faktlarni mohiyati qanday holatlarda namoyon bо‘ladi?
3. Tarixiy bilimlarni о‘rganishga bо‘lgan ehtiyojlarning ortib borishi nimalarga bog'liq?
4. Bugungi kunda о‘quv-tarbiyaviy ishlari samaradorligini oshirib borishning vazifalari va muvaffaqiyatlari sabablari nimalarda deb bilasiz?
5. Dars samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir kо‘rsatayotgan kamchiliklar bormi? Siz ularni kо‘rsatib bera olasizmi?
6. Muammoli ta’lim-tarbiya nima? Ularni tushuntirib berishga harakat qiling.
7.Tarix darslari samaradorligini oshirishda va tarixchi pedagoglarni tarbiyalab yetishtirishda pedagogik amaliyotlarning ahamiyati qanday hamda ushbu jarayon bugungi kunda о‘zini oqlayaptimi?
8. Milliy qadriyat tushunchasini batafsil izohlay olasizmi?
9. Milliy qadriyatlar va vatanparvarlik his-tuyg'ularini shakllantirishning asosi nimalarda ifodalanadi?
10. Milliy qadriyat, ma’naviyat, madaniyat tushunchalarining mohiyatini tushuntirib berishga harakat qiling.
11. Eslab kо‘ringchi, sо‘nggi yillarda qaysi tarixchi olimlarimiz, yozuvchilarimizning tarixiy mavzularda yaratgan asarlarida milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik о‘z aksini topgan?
Mavzu: Tarix darslarida tarixiy manbalardan, badiiy va boshqa
adabiyotlardan foydalanish.
Reja:
Dars jarayonida tarixiy manbalardan foydalanish. Tarix darslarida badiiy adabiyotlardan foydalanish. Tarixiy-badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni o'zlashtirishda muhim omil. Tarixiy-badiiy adabiyotlardan tarix darslarida foydalanishda o'quvchilarning psixologik, yosh xususiyatlarini hisobga olish. Adabiyotlar tasnifi. Badiiy adabiyotlar va ularning turlari. Adabiy manbalar ulardan tarix darslarida foydalanish metodlari: mavzuga oid adabiy manbalarni tavsiya etish, manbalardagi mavzuga oid shaxs va tarixiy voqealar xususida suhbatlashish, manbalardan foydalanish metodlari.
Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuvning vujudga kelishi. Kompetensiya ta’limga kompetensiyaviy yondashuvni egallagan bilim, ko'nikma va malakalarni o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish layoqatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta’lim yo'nalishi ekanligi. Kompetensiya tushunchasi va turlari. Kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o'z-o'zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish va foydalanish kompetensiyalari. Kasbiy va pedagogik kompetentlik. Tarix o'qituvchisiga qo'yiladigan zamonaviy talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |