Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o


Mavzu: Milliy qadriyatni anglamoq -Vatanni anglamoqdir



Download 3,94 Mb.
bet61/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

Mavzu: Milliy qadriyatni anglamoq -Vatanni anglamoqdir
Reja:

  1. Tarix ta’limida milliy qadriyat tushunchasi.

  2. Yoshlarni milliy qadriyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazifalari.

Adabiyotlar:А1;А2;А3;А4;А5;А6;А7;Q1;Q2;Q3; Q4;Q12;Q18;Q26;Q27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022 yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” majmuasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar uchun harbiy tarix va ajdodlarimiz qahramonligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markazga aylantirish taklifi bildirildi.
Yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni yaxshi o‘rgatish, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga O‘zbekistonda tarix fanini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Tabiiyki, milliy qadriyat tushunchasi fuqarolarimiz ongida, ayniqsa, о‘quvchi yoshlar tushunchalarida yо‘l-yо‘lakay shakllanib, ka­mol topib, insonni bu sohada harakatga keltiruvchi kuch darajasiga kо‘tarmaydi.
Bu borada har bir insonni tugalib о‘sgan maskani - Vatani, Uning tabiati va tarixiga qiziqishlarini uyg'ota bilish, kamol toptirish asosiy omil hisoblanadi. Ana shunday omil о‘z navbatida maktabda о‘rganiladigan fan asoslarining maqsad, mazmun va vazifalari jamlanishidan kelib chiqmog’i lozim.
Maktabda о‘rganiladigan barcha fanlarda, ularning dasturlari va dars rejalarini tuzish, ta’limiy-tarbiyaviy va ayniqsa, rivojlantirib boruvchi ta’lim maqsadlarini ilmiy-uslubiy va di­daktik jihatdan aniqlab olishda о‘quvchi yoshlarning о‘z xalqi mil­liy qadriyatlari va vatanparvarlik his-tuyg'ularini shakllantirishga katta e’tibor beriladi. Lekin, shunga qaramasdan о‘rta maktablarda о‘rganiladigan О‘zbekiston xalqlari tarixining о‘rni, ilmiy-uslubiy imkoniyatlari kо‘lami birmuncha katta. Demak, unga e’tibor ham shunga yarasha bо‘lmoqda. Masalan, sobiq Ittifoq davrida «О‘zbekiston SSR tarixi» deb atalmish maxsus maktab kursi yо‘q edi. U bor-yо‘g’i 22 soat davomida SSSR tarixi kursi tarkibida о‘lkashunoslik ashyolari sifatidagina о‘rganilar edi. Butungi kunga kelib istiqlol sharofati bilan О‘zbekiston xalqlari tarixi V- XI sinflarda о‘quv yili davomida maxsus kurs sifatida о‘rganila­digan bо‘ldi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 1996 yilda О‘zbekiston xalqlari yangi tarixini tarixiy va ilmiy haqiqat ostida yaratish to’g’risida maxsus qaror qabul qilindi, maxsus ilmiy-tadqiqot instituta ta’sis etildi. О‘zbekiston tarixi endilikda xo’qumatimiz diqqat-e’tibori markazida ekan, bu fanning yoshlarmizni milliy qadriyatlarimiz va о‘z ona Vatanimizning fidoyi vatanparvarlari etib tarbiyalashdagi vazifasi qanday amalga oshirilmoqda?
To’g’ri, tajribali о‘qituvchilar о‘zlarining pedagogik faoliyatlarida Dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlar davomida о‘quvchi yoshlarimizga milliy qadriyatlarimiz va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bobida birmuncha yutuqlarga erishib kelmoqdalar. Biroq, yutuqlar bilan birga hal etilishini kutib yotgan kо‘pgina ilmiy-uslubiy, pedagogik va didaktik muammolar ham mavjuddir. Ular quyidagilardan iborat:
a) о‘quvchi yoshlarni О‘zbekiston xalqlari tarixini о‘rganishi da­vomida tarbiyaning barcha jihatlarini qamrab olgan, amaliyotda sinab kо‘rilgan О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan о‘quv dasturlari, darsliklar va metodik qо‘llanmalar, dars samaradorligini oshirishni ta’min etishga yо‘naltirilgan didak­tik materiallar ishlab chiqishni ta’min etuvchi tarix о‘qitish bo­bida yuqori malakali о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatadigan tajriba maktabining yо‘qligi;
b) davr talabi darajasida yaratilgan darslik va uslubiy qо‘llanmalarning yо‘qligi;
v) pedagogik oliy о‘quv yurtlari va universitetlarimizda tarixchi pedagoglarni yetishtirishda mazkur muammoga yetarli e’tibor berilmayotganligi; Toshkent shahar va Respublikamizning har bir viloyatlarida mavjud bо‘lgan о‘qituvchilar malakalarini oshirish, ayniqsa, О‘zbekiston xalqlari tarixi bо‘yicha qayta tayyorlash kurslarida mazkur muammo bо‘yicha ma’ruzachilarimizda professional mahoratining yetishmasligi;
g) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarimizda milliy va ma’naviy qadriyat, vatanparvarlik his-tuygularini tarbiyalashning ilmiy-nazariy yо‘riqnomalari bilan yо‘grilgan asarlari va nutqlaridan maqsadga muvofiq foydalanish о‘quvchi yoshlarimizni tarbiyalashga har tomonlama yondashishni samarali amalga oshirishga yо‘naltirilgan ilmiy-uslubiy dasturlar va qо‘llanmalarni yaratish va amaliyotda foydalanishning birmuncha sustlik bilan amalga oshirilayotganligidadir.
Bu borada yana bir e’tiborsizlik natijasi bо‘lib qolayotgan masalani hal etmoq lozim. U ham bо‘lsa milliy istiqlolga erishgan О‘zbekiston xalqlari tarixining nomidir. Shu narsa sir emaski, akademik I. Mо‘minov tahriri ostida nashr etilgan tо‘rt tomlik tariximiz ibtidoiy jamoa davridan boshlanib, eng yangi tarix davrini qamrab olgan bо‘lsa-da, ularning har tо‘rttala tomi «O’zbekiston SSR tarixi» deb atalib kelindi. Akademik nashrda tariximiz nomi shunday atalgan ekan, akademik F. g'ulomov va O’zbekiston FA muxbir a’zosi R. Nabiyevlarning respublikamiz о‘rta umumtalim maktablarining 7-8-sinflari uchun, M. Musaev va R. О‘rmonovalarning 10-sinflar uchun chiqargan qо‘llanmalari ham «О‘zbekiston SSR tarixi» deb nomlanib kelindi. Bugungi kunga kelib esa «О‘zbekis­ton tarixi» bо‘ldi, qoldi.
Taajjublanarli tomoni shundaki, na biror tarixchi olim va na malakasini oshirish uchun kelgan biror tarixchi о‘qituvchi о‘z-о‘ziga yoki ma’ruzachiga «qanday qilib ibtidoiy jamoa davrida «О‘zbekis­ton SSR» bо‘lgan, Kushon davlati yoki Turk hoqonligini, arablar istilosi yoki Temur davlati orasida «О‘zbekiston SSR» tushunchasi bilan qanday mantiqiy aloqadorlik bor, deb savol bermaganidek, endilikda «О‘zbekiston tarixi» deb nom berganda «nima, biz О‘zbekiston tarixida faqatgina shu hududda yashayotgan о‘zbeklar tarixinigina о‘rganib, asrrlar davomida о‘zbeklar bilan yonma-yon, bir qishloq, bir mahalla, bir shahar, bir hududda yashab kelayotgan, tili, dini, urf-odati bir birodarlarimiz - qozoqlar, qirg’izlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, tillari forsiy bо‘lsa-da butun hayot tarzi о‘zbeklardek bо‘lgan birodarlarimiz - tojik xalqlari boy tarixini chetlab о‘tamizmi, degan savol bvrilganmikin? Xullas, fikrimizcha, tariximiz nomini 1924 yilga qadar «Turkiston xalqlari tarixi» yoki «Turon tarixi» deb, 1924 yildan buyog’iga esa ayrim tarixchi birodarlari­miz targab etayotganlaridek «О‘zbekiston tarixi» emas, balki «О‘zbekiston xalqlari tarixi» deb atash talabga muvofiq emasmikin ?
Biz mazkur muammo ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borar ekanmiz, birinchi Prezident Islom Karimov asarlari va nutqlaridan ushbu masala xususida bayon etilgan ilmiy-nazariy va metodologik yо‘riqnomalariga asoslandik. Shu maqsadda О‘zbekistonni umumiy rivojlantirishning asosiy rejalarini о‘zida mujassamlashtirgan asari - «О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li» kitobini atroflicha о‘rganishdan boshladik. Asarda yosh avlod tarbiyasini umumiy amalga oshirishning haqiqiy konsepsiyasi quyidagicha bayon etib berilgan:
«Yangi demokratiya ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bо‘ladi. Bunda O’zbek xalqining va respublika hududida yashovchi barcha xalqlarining milliy tarixiy va madaniy an’analari, ma’naviy tajribasi ta’lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda xiritilishi zarur», - deb qayd etilgan.
Mazkur satrlarda о‘quvchi yoshlarimiz tarbiyasiga kompleks yondashish yо‘lining naqadar aniq bayon etilganligi yaqqol kо‘rinib turibdi. Birinchi Prezident I. A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XV sessiyasida sо‘zlagan nutqida xalqimiz tarixini chuqur tahlil etish asosida «faqat о‘tmishni eslash va о‘tmish bilan faxrlanishning о‘zi natija bermaydi. Maqsadni tо‘la anglamay, istiqbolini kо‘rmay, yashab ham, ishlab ham bо‘lmaydi. Ayrim shaxslar о‘tmish va kelajak haqidagi chiroyli sо‘zlarga mahliyo bо‘lib, bugungi kunni, butun yashayotgan kishilarning, farzandlarimizning, yoshlarimizning ma’naviy va axloqiy jihatlarini unutib qо‘ymayaptimi? Kelajak о‘z-о‘zidan kelmaydi. U bugungi mashaqqatli mehnat bilan yaratiladi. Agar bugun iyushilib nimanidir unutsak, kelajak avlodlar о‘sha narsalardan mahrum bо‘ladi. Jamiyat madaniyatsiz, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand qilmagan jamiyat pirovard natijada tanazzulga yuz tutadi», - deb alohida ta’kidladi.
О‘quvchi yoshlarni milliy qadriyatimiz va milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yо‘lida olib boradigan ilmiy pedagogik faoliyatimizni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va nutqlaridan kelib chiqadigan yо‘riqnomalar asosida tashkil etishimizda bu boradagi ishlarimizni samarali borishini ta’minlashda hal qiluvchi natijalarga erishdik. Buning uchun biz har bir asar ustida ishlar ekanmiz, unda qamrab olingan tarbiyaga doyr har bir muammoning tasniflanishini belgilab chiqdik. Natijada O’zbekiston xalqlari tarixi dasturidagi qaysi bir mavzuni о‘rganishga, qaysi masalani ilmiy-nazariy jihatdan meyoriga yetkazib tahlil etish, tarixiy ashyoni Respublikamizning bugungi real hayoti bilan qanday bog'lab о‘rganish, о‘z istiqloliga erishgan О‘zbekiston Respublikasining oldida qanday muammolar turibdi va ularni bartaraf etishda har bir fuqaroning faol ishtirok etmogi, jumladan bizni bevosita qiziqtiradigan muammo - о‘quvchi yoshlarni milliy va ma’naviy qadriyat­larimizni, shuningdek, vatanparvarlik his-tuyg'ularini kamol toptirishga katta e’tibor berildi. Alohida muammolar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining fikrlari kо‘chirma sifatida kompyuterda kо‘chirtirilib, о‘quvchilarga tarqatiladigan didaktik material holatida foydalaniladi.
О‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshida faoliyat kо‘rsatayotgan chet tillarni chuqur о‘rganishga ixtisoslashgan litsey-internatda О‘zbekiston xalqdari tarixini о‘rganish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov asarlarini atroflicha о‘rganishda ancha ijobiy tajribalar shakllanib bormoqsa. Birinchi galda bugungi kun talabi darajasida maxsus О‘zbekiston xalqlari tarixi qayta jihozlandi. Dastur asosida har bir mavzuni о‘rganishga baholi qudrat kо‘rgazmalilik, Islom Karimov asarlarida о‘rganiladigan mavzuga doir, uning nazariy va amaliy mohiyatlarini atroflicha chuqur о‘rganishni ta’-min etadigan о‘quvchilarga taalluqli didaktik materiallar ishlabchiqilgan. Ayniqsa, Prezidentning aholini ijtimoiy himoya etish orqali xalqimizning tarixan shakllangan milliy an’analariga asoslangan holda olib borayotgan faoliyati alohida seminar mashgulotlari davomida atroflicha kо‘rib chiqilmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentning «O’zbekiston XXI asr bо‘sag'asida...» asaridan «Ekologik muammolar», «Ma’naviy qadriyatlar va milliy о‘zlikni anglashning tiklanishi», «Kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi» mavzularidan, shuningdek, «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyat darajasini yo’qsaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini о‘rganish ishini yaxshilash haqida»gi Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «О‘qituvchilar va о‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid kо‘shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil avgust oyida bо‘lib о‘tgan sessiyasi materiallaridan maqsadga muvofiq foydalanildi. О‘rta maktablarda, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda oliy о‘quv yurtlarida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning asarlarini о‘rganish xususida Xalq ta’limi yoki Respublika Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan maxsus buyruq asosida necha soat ma’ruza-yu, necha soat seminar mashg’ulot davomida о‘rganish xususida maxsus farmon e’lon qilindi. Biz о‘quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, g'oyaviy fuqarolik tarbiyalarida davr nafasi bilan hamohang bо‘lish maqsadida о‘zimizning faoliyatimizga ijodiy yondashib, uni ijodiy rivojlantirib borib, yuqorida qayd etilgan Prezident asarlari, far­mon va davlat hujjatlarini mustaqil о‘rganishga kirishdik va о‘quvchilarga chuqur bilim berish bilan bir vaqtda ularning diqqat-e’tiborlarini istiqlol mafkurasiga jalb etish, uning asosiy prinsiplarini anglab olishlariga samarali yо‘llash bilan birga istiqlol tufayli milliy qadriyatlarimizni anglashga muvaffaq bо‘layotganligimizni aniq misollar, ho’qumat tadbirlari asosida tushuntirib berishda birmuncha muvaffaqiyatlarga erishdik.
Shuni alohida qayd etib о‘tish lozimki, birinchi Prezident I. A. Kari­mov asarlarida davlatimizning kelajak istiqboli kо‘rsatib berilishi bilan chegaralanmasdan, balki unga erishish yо‘llari ham asosli qilib kо‘rsatib berilgan. Masalan, I. A. Karimov о‘zining «О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li» asarida mus­taqil О‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari xususida fikr yuritar ekan, bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish (65-bet) ekanligini alohida kо‘rsatib о‘tadi.
Birinchi Prezident I. A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XV sessiyasida sо‘zlagan nutqida yoshlarimizni vatanpar­varlik ruhida tarbiyalashga alohida tо‘xtalib о‘tib, «Bizning asosiy boyligimiz rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yо‘ldagi aso­siy tayanchimiz - insondir. yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir. Kelajagi Buyuk davlat eng birinchi navbatda, bо‘lajak fuqarolarining madaniyati va ma’naviyati haqida gamxо‘rlik qilmot zarur. Ilm о‘rganish va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar о‘rnini «Sni­kers» va sigaret savdosi egallashiga aslo chidab bо‘lmaydi. Bugun hayo't qanchalik og’ir bо‘lmasin, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni unutmaylik», deb ta’kidladi.
Milliy qadriyat, ma’naviyat, madaniyat umumbashariy qadriyat, ma’naviyat va madaniyatning sarchashmasidir. Ana shu sarchashma ma’lum makonda, ya'ni Vatanda vujudga keladi. Shunday ekan, milliy qadriyat va madaniyat bevosita vatanparvarlik bilan uzviy aloqadorlikdadir.
Turkiston xalqlari tarixi insoniyatning eng oliyjanob orzu-umidlari, ezgu niyatlarini о‘zida mujassamlashtirgan ana shunday vatanparvarlik his-tuyg’ulari bilan tо‘lib-toshgan desak mubolag'a bо‘lmas. Tо‘maris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Bobur, Muhammad Ali (Dukchi Eshon), Qо‘chqor Turdiyev, Sobir Rahimov,... eh-he yana qancha-qancha dovyurak qalblar.
Biz о‘zimizning pedagogik faoliyatimizda yoshlarimizni vatan­parvarlik ruhida tarbiyalashda» ana shunday katta imkoniyatlarimizdan har doim ham maqsadga muvofiq foydalanmayotirmiz. Masalan, biz jafokash xalqimizning azaliy orzusi - milliy mustaqillikka erishganimiz tufayli Sohibqiron Amir Temur asos solgan imperiya tarixini о‘rganishga bagishlangan mavzuni о‘tishimizda о‘quvchilarni vatanparvarlik tarbiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy, asosli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlariga egamiz. Afsuski, tarix о‘qitish uslubiyatidan chop etilgan maxsus adabiyotlarda turli sabablarga kо‘ra Amir Temur shaxsiga tavsif berishda tarixiy haqiqatni buzib kо‘rsatish holatlari bо‘lgan.
Ming afsuski, milliy qadriyat va Vatanni anglamoq O’zbekiston xalqlari tarixidan chiqayotgan boshqa kitoblarda ham о‘zining haqiqiy ifodasini topmayotir. Masalan, V. Kostetskiyning 8-9 sinf о‘quvchilari uchun «O’zbekiston xalqlari tarixi»dan о‘quv materiallari. (Toshkent, «О‘qituvchi», 1992) kitobida О‘rta Osiyo, xalqlarining mо‘g'ullarga qarshi olib borgan kurashida xalq qahramonlari Xо‘jand himoyasida misli kо‘rilmagan qahramonliklar kо‘rsatgan Temur Malikva 1220 yilda Xorazm shahzodasi Jaloliddin Manguberdining milliy qahramonlar sifatida kо‘rsatgan jasorat-lari umuman о‘quvchi yoshlarni milliy qadriyatlarimiz va Vatanni anglashga yо‘naltirish yо‘lida arzigulik fikrlar bayon etilmagan.
Biz yuqorida о‘quvchi yoshlarimizni milliy qadriyat va vatanpar­varlik ruhida tarbiyalashda ta’lim-tarbiya O’zbek tilida olib bori-ladigan maktablarda о‘qitiladigan O’zbekiston xalqlari tarixidan olingan aniq misollar asosida kо‘rsatib о‘tishga harakat qildik. Xolbuki, O’zbekiston maktablarida ta’lim-tarbiya ishlari yetti tilda olib boriladi. Jumladan, respublikamizda qozoq tilida о‘qitiladigan maktab va sinflarda 144970 о‘quvchi, tojik tilida - 129971, turkman tilida - 19221, qoraqalpoq tilida 125060 о‘quvchi о‘z ona tillarida ta’lim olib о‘z xalqlari tarixini о‘rganadilar. Shunday ekan, bu maktablarda ham Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qoraqalpog’iston, Qirg’iziston va h.k. xalqlar tarixlari darsliklarida ham о‘quvchi yoshlarimizni milliy qadriyat va ota-shin vatanparvarlar etib tarbiyalash muammolari ijobiy hal etilib, davrimiz talabi darajasiga kо‘tarilgan bo’lmog’i kerak.
Kezi kelganda shuni, alohida qayd etib о‘tish lozimki, sо‘nggi yillarda Bо‘riboy Ahmedov kabi teran tarixchi olimlarimiz qatori Mirmuhsin, Muhammad Ali, Yavdat Ilyosovlar kabi yozuvchilari-miz tarixiy mavzularda etuk asarlar yaratib, milliy qadriyatlarimizni anglab olishimiz va о‘quvchi yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda о‘zlarining munosib hissalarini qо‘shib kelmoqdalar.
Maktablarimizda О‘rta Osiyo xalqlarining odob-axloq meyorlarini о‘zida mujassamlashtirgan «Din tarixi», «Odobnoma» darslarining joriy etilishi ham mamlakatimizda о‘zligimizni anglash mavridimizda katta siljishlar boshlanganligidan darak bermoqda.
Maktablarda о‘qitilayotgan tarix kurslari, davlat va huquq, asoslari, O’zbek adabiyoti va chet mamlakatlar adabiyotlarini о‘rganish jarayoniga, ayniqsa, I. A. Kari­mov asarlarini о‘rganish va yoshlarimizda milliy qadriyatlarimiz-ni chuqur ehtiros bilan о‘rganish va kelajagi Buyuk bо‘lgan davlatimizning bunyodkorlari, jangovar vatanparvarlarini tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim rol о‘ynashi kerak.
Sohibqiron Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan qudratli davlat qurish xususida fikr yuritar ekan, «davlat lashkarlaru fuqarolarning sadoqati va fidoiyligila qudratlidir» - deb alohi­da qayd etganlari bejiz emas edi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish