MTT da folklyor san'atining o'rni va ahamiyati.(Xorazm viloyati kesimida “tayyorlov guruh” uchun ijro dasturi)
Mavzusidagi malakaviy ishi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish insitituti
Xorazm viloyati Shovot tumani 2-MMT
Masofaviy taʼlim tinglovchisi Bekjonov Asqarning
REJA:
Kirish
- MTT da folklyor san'atining o'rni va ahamiyati.
- Tayyorlov guruhi haqida ma‘lumot.
- Folklor san‘atining O‘zbekistondagi o‘rni.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xalq og’zaki ijodi vositalaridan foydalanish orqali, biz yosh avlodni o’zinikidan boshqacharoq fikr, talab, orzu-havas, kеngroq olib qaralganda, madaniyat, din, irq, xalq borligini tan olish, tushunish va anglash, o’z fikrlari qat'iyligini inkor etmagan holda o’zgalar fikrlariga ham e'tiborli bo’lish, o’zgalar dini va madaniyatini hurmat qilish, jamiyat tarkibida bolalarni har tomonlama barkamol bo’lishini ta'minlashning zarur mе'yori sifatida o’rganib chiqish lozimligini ta'minlash muhim pеdagogik ahamiyat kasb etadi.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarini shakllantirishda ertaklardan foydalanish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish, har bir bosqichni alohida-alohida loyihalash, kutiladigan natijalarni aniq belgilash mazkur jarayonning samarali amalga oshirishga imkon beradi.
1. MTT da folklyor san'atining o'rni va ahamiyati.
O'zbek xalqining folklore san'ati - milliy musiqa merosining ajralmas qismi, shu bilan birgalikda eng dastlabki namunalaridir. O'zbek musiqa folklori mehnatkash xalqimizning orzu- umidlari, turmush-tarzi, madaniy hayoti, ijtimoiy va milliy ozodlik uchun kurashining ifodasi sifatida gavdalanadi. O'zbek xalq musiqasining mavzu
jihatidan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o'rni ham ana shu bilan bog'liqdir.
Folklor qo'shiqlar har bir kasbning o'ziga xos faoliyati natijasidan kelib chiqadi. Xalqning turmush tarzi bilan bog'lanadi. Mehnat qo'shiqlari: qo'sh qo'shiqlar, o'rim qo'shiqlar, yorg'inchoq qo'shiqlar bo'lsa, chovachilik bilan bog'liq mehnat qo'shiqlari: «Xo'sh- xo'sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi nomlar bilan yuritiladi. Hunarmandchilik bilan bog'liq mehnat qo'shiqlari charx qo'shiqlari va hokazo. Marosim qo'shiqlari folklorshunoslikning eng muhim omillaridan hisoblanadi. O'zbek xalqi barcha xalqlar kabi juda qadimiy boy va xilma-xil an'analarga ega.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash ularda sabr qanoatlilik, sahiylik, shijoat, muloyimlik, sirini saqlay bilishlik, kamtarlik, ilm – ma'rifatli bo’lish, adolatlilik, do’stlik, vafodorlik, mehribonlik, rostgo'ylik, mehnatsevarlik kabi ijobiy sifatlari shakllanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiotida o’zimizning milliy multfilmlarimizni qo’yib berish orqali ularning ma’naviy –axloqiy sifatlarini tarkib toptirishimiz,milliy ruhda tarbiyalashimizga turtki bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |