Toshkent davlat texnika universiteti mustaqil ish



Download 24,85 Kb.
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi24,85 Kb.
#82528
  1   2
Bog'liq
Vadarod atamalari uchun Bor nazariyasi


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA

UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH

11-MAVZU: Vadarod atamalari uchun Bor nazariyasi



Bajardi: S 5 – 18 KIU guruh talabasi

Azizkulov Elmurod

Qabul qildi: __________________________

2020 yil

Atom fizikasi – fizikaning atom xossalari, elektron qobiqlari tuzilishi, elektronlar va ionlar xos-salari, ularning elektromagnit maydo-nidagi harakatini o‘rganadigan bo‘limi. Moddalarning atom (A.)lardan tashkil topganligini qadimgi yunon faylasuf-mate-rialistlari Epikur, Levkipp va Demo-kritlar aytgan. Demokritning fikricha, bizga uzluksiz bo‘lib ko‘ringan jismlar haqiqatda bo‘linmas mayda zarralardan, ya’ni A.lar va ular orasidagi bo‘shliqdan tashkil topgan; bu A.lar hamma vaqt harakatda bo‘ladi. 15 – 18-asrlarda tabi-atni tajriba asosida o‘rganish usullari taraqqiy eta boshlaydi. Hamma fanlar qatori kimyo fani ham rivojlandi. Tajribada olingan natijalar jismlar atomlardan tashkil topgan degan nazari-yani tasdiqlay bordi. Tajribalar kimyo-viy birikma hosil qilishda bir moddaning zarralari ikkinchi modda zarralari orasiga kirib, ular o‘zaro birlashadi va yangi birikma zarralarini hosil qiladi, degan xulosaga keltirdi. Atom fizikasi nazariya-sining rivojlanishida Dalton, fran-suz kimyogari J. L. Prust, Lomonosov va Avogadroning ilmiy gipotezalari katta rol o‘ynadi. Avogadro bir xil temperatura va bosimdagi teng hajmli har xil gazlarda molekulalar soni o‘zaro teng degan fikrni aytdi. Avogadroning bu qonuni har xil elementlarning A. ogirliklarini o‘zaro taqqoslash imkonini berdi. Har bir moddaning gramm-molekulasida molekulalar soni bir xil, ya’ni JV0 = 61023 ga teng ekanligi ma’lum (qarang Avo-gadro qonuni). Avogadro soni ma’lum bo‘lsa, har bir A.ning og‘irligi gramm-molekula og‘irligini Avogadro soniga bo‘lib topiladi. Hatto 19-asr oxirlariga-cha A.ni bo‘linmas zarra deb qaraganlar. 1897 – 98 yillardan Tomson (Lord Kel-vin) A. tarkibida elektronlar bor de-gan farazni aytdi. 1911 yi.aa Rezerford A.ning planetar modelini yaratdi. A. – proton va neytronlardan iborat yadro va uning atrofida aylanuvchi manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan. Elektron (ye) zaryadi 4,810~10 CGSE ga teng, massasi esa proton massasigi dan 1840 marta kichik bo‘lgan zarradir. Pro-766ton vodorod A.ning yadrosidir. Proton zaryadi musbat bo‘lib, qiymati elektron zaryadiga teng. Neytron massasi tp taxminan proton massasiga teng, lekin zaryadsiz zarradir. Yadrodagi protonlar soni yadro atrofida aylanuvchi elektronlar so-niga, bu son esa elementlarning davriy tizimidagi o‘rnining raqami, ya’ni A. raqamiga teng. Elementlarning A. ogir-ligidan A. rakamini ayirganda yadrodagi neytronlar soni kelib chiqadi. Daniya fizigi Nils Bor 1913 yilda Rezerford modeliga asoslanib, vodorod A.ning ichki tuzilish nazariyasini yaratdi. N. Bor atom zarralari murakkab tizim bo‘lgani holda muvozanatda bo‘lishini birinchi bor tushuntirib berdi. N. Bor A. nazariyasini yaratishda faraz sifatida uchta postulat qabul qiladi.I postulat. Elektron yadro atrofida aylanma harakat qilayotganda o‘z energi-yasini yo‘qotmaydi.II postulat. Elektron yadro atrofida faqat barqaror orbitalardagina aylani-shi mumkin.Shpostulat. Elektron energiyasi kat-ta bo‘lgan barqaror orbitadan energiyasi kichik bo‘lgan orbitaga o‘tganda ortiqcha energiyasini yorug‘lik nuri, kvant (fo-ton), ya’ni h v sifatida chiqaradi. Bor nazariyasi faqat vodorod va vo-dorodga o‘xshagan atomlar uchungina yaroqlidir. Biroq zaryadlari soni ko‘p bo‘lgan elementlarning kvant nazariyasi – kvant mexanikani yaratishda Borning atom nazariyasi boshlang‘ich qadam bo‘lib xizmat qildi. Kvant mexanika N. Bor, V. Geyzenberg, L. de-Broyl, M. Born, A. P. Dirak va boshqa tomonidan yaratildi.Atom fizikasi fizikaning yangi bo‘limi bo‘lib, yangi kashfiyotlar bilan boyib bormoqda. Atom fizikasining asosiy bo‘limlari – atom nazariyasi, atom (optik) spektro-skopiya, rentgen spektroskopiyasi, radio-spektroskopiya, lazer spektroskopiyasi, atom va ion to‘qnashishlari fizikasidan iborat. Atomning barcha holat harakte-ristikalarini mukammal aniqlash Atom fizikasining eng muhim vazifasidir. Bunda atom energiyasi qiymatlari – energiya satqi, harakat miqdori momentlarining qiymatlari va atom holatini ifodalovchi boshqa miqdorlar aniqlanadi. Atom tuzilishini batafsil tekshirishda qo‘lga kiritilgan nati-jalardan fizikaning ko‘pgina bo‘limlaridagina emas, balki kimyo, astrofizika va boshqa fan sohalarida ham juda ko‘p foydalaniladi. Spektral chiziqlarning kengayishi va siljishini o‘rganish muhit (suyuklik, kristall)ning ma’lum qismidagi maydonlar va uning holati haqida fikr yuritishga im-kon beradi. Elektron zaryad zichligining taqsimlanishini va tashqi kuchlar ta’si-rida uning qay tariqa o‘zgarishini bi-lish atom hosil qilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy bog‘larni, kristall panjarasidagi ion harakatini aniqlash uchun juda muhimdir. Atom va ionlarning tuzili-shi va energiya sathi harakteristikalari haqidagi ma’lumotlar kvant elektro-nika qurilmalari uchun katta ahamiyatga egadir. Atom va ionlar to‘qnashganda ularning ionlashishi, uyg‘onishi, qayta zaryadlanishi haqidagi bilimlar plazma fizikasida muhim o‘rin tutadi. Atomlar energiya sathlarining tuzilishini bilish astrofizika uchun juda zarur. Shunday qilib, Atom fizikasi tabiat fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Atom haqida Atom fizikasi yaratgan tasavvur dunyoni bilish uchun ham ahamiyatga ega. Turli moddalarning turg‘unligi, Yerdagi oddiy temperatura va bo-simda kimyoviy elementlarning boshqa elementlarga aylanmasligi atomning "turg‘unligi"ga bog‘liq. Tashqi sharoit o‘zgarganda atom xossalari va holatining o‘zgara olishi, atomning "plastik" bo‘lishi elementar zarralardan birining ikkinchisiga aylanishi yo‘llarini ko‘rsatib berib, murakkab tizimlarning paydo bo‘lishi sabablarini ochadi. Shu kunlarda Atom fizikasi modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarni kengaytiruvchi alohida fanga aylanib qoldi. Modda tuzilishi nazariyasi ancha murakkab bo‘lib, fizi-kaning deyarli barcha yutuqlari va hozirgi zamon matematik apparatning qudratiga 767tayangan. So‘nggi yillarda atom spektro-skopiyasining plazma diagnostikasiga, astrofizik tadqiqotlarga, gazli la-zerlar spektroskopiyasi va boshqa sohalarga tatbiqi ancha rivoj topdi. Ammo bu masalalarni yoritish atom spektrlari nazariyasiga, atomda yuz berayotgan radi-atsion jarayonlarning ehtimolligi va ko‘ndalang kesimi kabi muhim harakte-ristikalarga tegishli tayin hisoblarni o‘tkazishni talab qiladi.Ad:. Bekjonov R. B., Ahmadxo‘jayev B., Atom fizikasi, T., 1979; Bekjonov R. B., Atom yadrosi va zarralar fizikasi, T., 1995; Modda tuzilishi, T., 1997.


Download 24,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish