MA’RUZA № 5
MAVZU: Lui de-Broyl` g`oyalari. Guruppalar tezligi. Zarrachalarning difraksiyasi. To’lqin paket. To’lqin funksiyasi va uning fizik ma’nosi. DE-BROYL TO’LQINining extimollik xarakteri
Reja:
To’lqin-zarra ziddiyati. Yorug`lik dualizmi. De-Broyl gipotezasi.
Mikrozarralar dualizmi. De-Broyl g`oyasi.
De-Broyl formulalari. De-Broyl to’lqini.
De-Broyl nazariyasining eksperimental tasdig`i. Devisson- Jermer tajribasi. Boshqa tajribalar ro’yxati.
De-Broylning atom uchun to’lqin modeli va Bor nazariyasi.
Borning to’ldirish prinstipi.
ADABIYOTLAR
A.A.Sokolov, Yu.M.Loskutov, I.M.Ternov. Kvantovaya mexanika. M., 1962.
Enriko Fermi. Kvantovaya mexanika.
D.I.Bloxinstev. Osnovыy kvantovoy mexaniki M.: «Vыsshaya shkola», 1961.
A.B. Migdal. Kvantovaya fizika dlya bolshix i malenkix. M., 1989.
A.N. Matveev. Atomnaya fizika. M.: «Vыsshaya shkola», 19...
L.De-Broyl. Volnы i kvantы – UFN. 1967, t178.
L.De-Broyl. Po tropam nauki. M.: «IL», 1962.
L.De-Broyl. Revolyustiya v fiziki. M.: «Atomizdat», 1965.
De-Brogile L.V. Ondes et quente – C.R., 1923, v177, p507 (original).
De-Brogile L.V., A.Tentative Theory of light quanta – Phil. Mag., 1924, v47, p446 (original).
C.J.Davisson, L.H.Germer. Diffraction of electrons by a crystal of nuclei – Phys. Rev., 1927, v30, p705 (original).
G.P.Thomson. Experiments of the diffraction of cathode rays – Proc. Roy. Soc., London, 1928, v117A (original).
I.Estermann, O.Stern. Beugung von Molekularstrahlen – Zs. f. Phys., 1930, v61, p95 (original).
1. To’lqin-zarra ziddiyati. Yorug`lik dualizmi. De-Broyl gipotezasi.
Optika bo’limidan bilamizki, ko’pgina optikaviy hodisalarni to’lqin nuqtai nazarida turib tushuntirish oson. Masalan, interferenstiya yoki difrakstiya kabi hodisalar bu nazariyadan juda yaxshi tushuntiriladi. Biroq, issiklik nurlanish, fotoeffekt va Kompton effekt hodisalarni tahlilidan ko’rdikki, yorug`lik korpuskulyar xususiyatiga ega. Shunday qilib yorug`likni ikki xil xususiyatga ega bo’lishi eksperimental dalildir. To’lqin va zarralik xususiyati esa bir-biriga zid va bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan tushunchadir. Yorug`likni bu ikki xususiyatini bir vaqtda kuzatish mumkin emas. Yorug`likni ana shu ikki yoqlama xususiyatini to’lqin-zarra dualizmi deyiladi. Bundan kelib chiqadiki yorug`likni to’la tavsiflaydigan nazariya, yorug`likning to’lqin va zarralik xususiyatini inobatga olishi zarur, qisqacha aytganda yorug`lik nazariyasi korpuskulyar-to’lqin shaklda bo’lishi kerak.
Plank yorug`lik zarralari (fotonlar) ning energiyasini yorug`likni to’lqin xususiyatini xarakterlovchi kattalik-chastota bilan bog`ladi:
(9.1)
bunda - chastota, h-Plank doyimiysi.
Do'stlaringiz bilan baham: |