Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o



Download 3,94 Mb.
bet69/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

Ijodiy tadqiqot ishlari. Bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning yuzaga kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo'ladi. Talaba o'z faoliyatida tayyor namunalardan ozod bo'lgan holda masalaning hal qilinish yo'llarini qidiradi, tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment qo'yish, jihozlar, maketlar va dastgohlarni loyihalash bilan bog'liq bo'lgan vazifalar kiradi.
2. Mustaqil ishi bo'yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi
Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o'quv-tarbiya jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim o'rin egallaydi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday o'quv faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko'nikmalar shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta’minlanadi. Oliy maktab talabasida mustaqil ta’lim olish malaka ko'nikmalarini shakllantirish ishlarini rejali va asta-sekin murakkablashtirish, yuqorilab boradigan bosqichlar (darajalar) shaklida tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu jarayon ko'p qavatli binoning yuqori qavatlariga zinapoyalar orqali ketma-ket, izchil chiqib borilgani singari sodir bo'ladi. Talabaning mustaqil ta’lim olishi bosqichli (darajali) tashkil etilganda, masalan, quyi kurslarda – birinchi bosqichida mustaqil ishlar reproduktiv darajada, ya'ni professor-o'qituvchining topshirig'i va ko'rsatmasiga binoan bajariladi; ikkinchi bosqichda - yuqoriroq - mahsuldor darajada masalan, tanlangan mavzu bo'yicha dars ishlanmasi loyihasini tayyorlash kabi mustaqil ishlar shaklida; uchinchi bosqichda – yana yuqoriroq – mahsuldor, evristik darajada, qisman ijodiy izlanishni talab etadigan mustaqil ishlar doirasida; va nihoyat to'rtinchi – eng yuqori ijodiy harakterdagi mustaqil ishlar darajasida tashkil etilishi mumkin. Oliy maktabda talabalarning mustaqil ta’limni rejali va bosqichli tashkil etilishi undan ko'zda tutilgan ta’lim maqsadlarini ro'yobga chiqarishga, bo'lajak mutaxassislarning ijtimoiy-gumanitar va kasbiy tayyorgarligi darajasini yuqori ko'tarishga, ta’lim-tarbiyaning sammaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ma’ruza tinglanishi vaqtida undagi ayrim nazariy masalalarni tushunib olish qiyin bo'lishi mumkin. Ma’ruza jarayonida tushunish qiyin bo'lgan, noaniq joylarni belgilab qo'yish, ma’ruzadan keyin mustaqil ishlash, kitob o'qish, alohida suhbatlar, maslahat (konsultatsiya)lar yordamida o'zlashtirishning yuqoriroq doirasida egallash lozim.
Mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
-mustaqil ishlarning ilmiyligi, uning tadqiqiy harakteri;
-mustaqil ravishda o'z bilimlarini yanada oshirib borishga bo'lgan ehtiyojning shakllanishi;
-mustaqil ishlar vazifalarini individuallashtirish;
-mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilish. Oliy maktabdagi o'quv jarayoni mustaqil tahsilni tashkil etilishini ham ko'zda tutadi. Talabalarning mustaqil tahsili ularning o'z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko'nikmalarni takomillashtirish hamda ularning yangilarini o'zlashtirishga bo'lgan intilishi sifatida qaraladi. Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi talabalarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini o'stirishdir. Mustaqil tahsilning vazifalari: shaxsning intellektual imkoniyatlarini yangilash, ularning g'oyaviy-nazariy saviyasini oshirish, kasbiy mahorati va madaniyatini takomillashtirish.
Mustaqil tahsil bo'yicha mashg'ulotlarning izchilligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida uning rejasi tuziladi. Rejaga quyidagi talablar qo'yiladi:
-rejalashtirilayotgan ishlarning hajmi va oldinma-ketinligi; ularning bajarilish muddatlari;
-mustaqil faoliyatning har bir turiga maqsadli ko'rsatmalar berish. Mustaqil tahsil jarayoni uning aniq shakli, metodlari va usullarini qamrab olishi shart. Mustaqil tahsilning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to'g'ri baho berish, ushbu axborotdan o'zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. Qo'lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu metoddan foydalanish amaliy faoliyatida zarur bo'ladigan sifat ko'rsatkichlarini ta’minlaydi. Shuningdek, mustaqil tahsilga amaliy ahamiyatga molik bo'lgan vazifalarni bajarish va audiovizual uskunalar bilan ishlash ham kiradi. Mustaqil tahsilning muhim metodlaridan biri ularning muloqotidir. Mustaqil tahsilning pirovard maqsadi talabalarni ijodiy izlanishga, o'zi ustida ishlash, har tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir. Shunday qilib, mustaqil ishlar o'qitishning eng muhim metodi bo'lib, unda talabalar mashg'ulotlarga tayyorlanish, olingan bilim, malaka va ko'nikmalarni mustahkamlash jarayonida ularning individual faolligi oshadi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish