Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o



Download 3,94 Mb.
bet70/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

Nazorat savollari:

  1. DTSda talabalarning mustaqil ta’lim olishlariga doir talablarni ayting.

  2. Mustaqil ta’lim tushunchasini izohlang.

  3. Mustaqil ta’lim, uning didaktik maqsadini izohlang.

  4. Mustaqil ta’lim, uning turlarini ayting.

Mavzu. Tarix o'qitishda sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar
Reja:

  1. Sinfdn va maktabdan tashqari olib boriladigan ish va tadbirlar.

  2. Maktab tarix xonasida ishlash.

  3. Tarix to’garaklari, uchrashuvlar, konferensiyalar, tarixiy kechalar tashkil qilish.

  4. O’lkashunoslik muzeylariga va tarixiy yodgorlik obidalariga ekskursiyalar qilish.

  5. Tarix olimpiadalariga tayyorgarlik qilish va uni o’tkazish usullari.

Tayanch suz va iboralar: Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar. Maktabdan tashqari olib borildigan ishlar. To’garak, uchrashuv, konferensiya, tarixiy kecha, muzeylar, tarixiy joylarga sayoxat. Olimpiadalar o’tkazish va x.k.
Maktabda o’qitiladigan boshqa predmetlar qatori, tarix o’qitishda o’quv-tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy formasi dars ekanligini yuqorida ko’rib o’tgan edik. O’quvchilar o’quv materiallarini asosiy mazmunini sinfda dars davomida o’zlshtirib oladi. Biroq tarix programmasidan o’rganishga zarur bo’lgan bo’lim va malakalarning hammasini ham dars mashg’ulotlri doirasiga singdirib bo’lmaydi. Buning ustiga tarixiy bilim, ilmiy va siyosiy informatsiyalar hajmi tez kengayib, muttasil oshib borayotgan sharoitda o’quvchilar o’z bilimlarini tinmay to’ldira borishlari uchun sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish g’oyat zarurdir.
Tarix sevib o’tiladigan fandir. Uni o’rganish jarayonida o’quvchilarda o’tmishni puxta bilib olish tilagi orta boradi, ulardagi bu tilakni sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish bilangina bajarish mumkin.
Tarix predmeti yuzasidan sinfdan tashqari ishlarni mazmuni, forma va modellari metodik adabiyotda turlicha klassifikatsiya qilinadi. Ma’lumki o’quvchilar faqat darslikni o’tish bilangina cheklanib qolsa, ularning bilim doirasi va o’tmish xaqidagi tasavvuri tor bo’lib qoladi. Shuni e’tiborga olib, V.N.Bernadskiy sinfdan tashqari ishlarning asosiy formasi sifatida qo’shimcha o’qishni tavsiya qiladi.
Qo’shimcha kitob o’qish. U tarixdan o’qiladigan kitoblarni uch gruppaga bo’ladi: a) Ilmiy ommabop kitoblar. b) Tarixiy belliristika  (франц. belles lettres — badiiy adabiyot) — 1) badiiy nazm; 2) 20-a. Yevropa adabiyotidagi yengil-elpi maishiy, ko’ngil ochar mavzulardagi ermak va ovunchoqlik uchun yozilgan asarlar. Bular tavsifiga ko’ra yuksak san’at namunalariga zid bo‘lgan.
v) Tarixga oid badiiy adabiyot.

  1. Qo’shimcha suratlar ko’rish.

  2. Jamoa bo’lib teatr va kinolarga borish hamda ularni birgalikda muxokama qilish.

  3. Tarixiy kechalar uyushtirish.

  4. Tarixiy insseriovka yoki pe’salar qo’yish.

  5. Maktab tarixiy ko’rgazmalarni tashkil etish.

  6. Olisdagi tarixiy joylarga ekskursiya uyushtirish.

V.N.Bernadskiy fikricha, o’quvchilar sinfdan tashqari qo’shimcha kitob o’qib, filmlar ko’rib, radio, ma’ruzalar eshitib, olgan bilimlari va tasavvurlari amaliy faoliyat bilan qo’shib olib borib hosil qilingan taqdirdagina ko’zlangan maqsadga erishiladi, mustaqillik, tashabbus va ijodiy ishlash qobiliyatini o’stira oladi.
Keyingi yillarda O’zbekiston maktablarida sinfdan tashqari ishlar ko’lami kengaydi, mazmunan boyidi. Sinfdan tashqari ishlar tashkiliy jihatdan ommaviy va to’garak ishlariga bo’linadi. O’zining ilmiy tadqiqiy asarlarida sinfdan tashqari ishlarning nazariy masalalarini sinfdan tashqari ishlarning asosiy boshlang’ich formasi - ommaviy ishlar ekanligini isbot qila borgan A.F.Rodin sinfdan tashqari ishlarning ommaviy formasiga: ovoz chiqarib o’qish, xikoya qilish, ma’ruza o’qish tarixiy voqealarning ishtirokchilari va ilg’or kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazish, kinofilmlar, pe’salar ko’rish, ekskursiya uyushtirish o’quv konferensiyalari, kechalar, konkurslar tashkil qilish, olimpiadalarda ishtirok etish, o’lka burchagi va maktab ko’rgazmalarini tashkil etish O’zbekistondagi boshqa maktablar va chet ellik do’stlar bilan xat yozishib turish va boshqalarni kiritadi. F.Rodinning tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlar soxasidagi tadqiqotlarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, ularda sinfdan tashqari ishlarni, o’quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyati bilan maxalliy yodgorliklarning muxofaza qilish, 2-jaxon urushi va do’stlik qabristonlarining parvarishiga qarashib turish, aholi orasida turli xil mavzularda ma’ruza va suxbatlar uyushtirish, gazeta, jurnallar o’qib berish va xokazo.... bilan bog’lik olib borish zarurligi takidlangan.
Metodist A.A.Vagin tarix ta’limida sinfdan tashqari qilinadigan ish metodlari soxasida keyingi yillarda orttirilgan ilg’or tajribalarni umumlashtirib, ularni uch gruppaga buladi.
1. Og’zaki metod.
Sinfdan tashqari bu gruppasiga ukituvchining ximoya qilib berish, ovoz chikarib o’qish, yuqori sinflarda esa o’qituvchining darsdan keyin bo’ladigan ma’ruzasi kiradi. Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarning faolligini va mustaqilligini oshirish maqsadida o’quvchilar ham og’zaki so’zlab berish metodidan foydalanadi. O’quvchilar to’garagi tarixiy va axoli orasida qisqacha axborotlar, ma’ruza va referatlar bilan qatnashadilar, munozaralarda, nazariy konferensiyalarda, tarixiy materiallar (kitoblar, kinofilmlar) muxokamasida ishtirok etadilar.
2. Yozma va bosma manbalar bilan ishlash metodi.
Sinfdan tashqari ishlarning bu turiga qo’shimcha kitob o’qish, qo’shimcha adabiyot-to’plamlar, xrestomatiyalar, arxivlardagi xujjatlar va boshqalarni o’rganish, vaqtli matbuotning o’rganuvchilar to’garagi, "yosh arxivchilar to’garakini" barpo qilish, "Kitob va uning tarixi" degan mavzuda kecha tashkil etish, xalq og’zaki ijodiga doir materiallarni to’plash, tarixiy voqealarning shoxidlari va ishtirokchilarining xikoyalarini yozib olish, ular bilan xat yozishib turish, tarixiy xujjatlarni o’rganish kabi ishlar kiradi.
3. Ko’rsatmali materiallar bilan ishlash metodi.
Illyustratsiya va diapozitivlarni ko’rsatish, filmlarni ko’rish materiallarini o’rganish kabi darsda boshlangan ishlar sinfdan tashqari davom ettiriladi. Bundan tashqari ekskursiyalar, ekspeditsiyalar davomida to’plangan materiallar nusxasini kopaytirish, rasmga olish, shu materiallar asosida modellar yasash va namoyish qilish ham shu gruppaga doir ishlar qatoriga kiradi. Bu ishlar ham sinfdagi ishlar bilan bog’lab olib boriladi. Gap shundaki, o’quvchilar dars jarayonida egallagan ko’nikma va malakalarni sinfdan tashqari ishlarda yanada rivojlantirib, takomillashtirib boradilar.
Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, forma va metodlari. O’quvchilarning ishi, bilim va malakalari, ularning individual moyilligiga va qiziqishlariga qarab, tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlarning quyidagi asosiy tashkiliy formalari mavjud.

  1. Tarix to’garaki (yoki tarixiy-o’lkashunoslik, tarixiy-siyosiy to’garak.

  2. Tarix (yoki tarixiy-o’lkashunoslik jamiyati)

  3. Sinfdan tashqari tarixiy yoki tarixiy o’lkashunoslik ekskursiyalari, jamoa bo’lib teatr va kinoga borish.

  4. Uzoq joylarga tarixiy-o’lkashunoslik ekskursiyalari.

  5. Arxeologik ekspeditsiyaga qatnashish.

  6. Tarixiy yoki o’lkashunoslik burchaklari, muzeylar.

  7. Tarixiy, tarixiy-o’lkashunoslikka bag’ishlangan mavzult kechalar yoki (tarix-jamiyati, to’garak ishi haqida, uzoq joylarga uyushtirgan arxeologik ishlar haqida kechalar.

  8. Hisobot yoki mavzuli ko’rgazmalar.

  9. Yuqori sinf o’quvchilari uchun maktab targ’ibotchilar uchun seminarlar, suhbatlar.

  10. Tarixiy konferensiyalar, munozara va muhokamalar.

  11. Maktab o’quvchilarining tarixiy voqealarning qatnashuvchilari va shoxidlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan uchrashuvlar.

  12. Tarixiy byulleten, devoriy gazeta va qo’lyozma jurnallari.

  13. Sinfdan tashqari o’qishlar.

Ko’rinib turibdiki sinfdan tashqari ishlarning formalari turli-tuman, mazmunan boy, xatto maktab tarix kursining mavzusidan chetga chiйishi ham mumkin. Shuni aytish kerakki sinfdan tashqari ishlarning mazmuni qanchalik boy va turli-tuman formalarda olib borilmasin, ular bir maqsadga: ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Maktabda tashkil qilingan tarix to’garagi (yoki tarixchilar jamiyati) sinfdan tashqari qilinadigan barcha ommaviy ishlarni uyushtirish markazi va uning eng ixcham formasidir.
Sinfdan tashqari ishlardan kuzatiladigan ma’suliyatli vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi o’qituvchining o’quvchilarni shu markazga jips-jam qila va uning ishlariga to’g’ri boshchilik qila olishlariga bog’likdir.
Qo’shimcha o’qish sinfdan tashqari ishlarning muxim formasidir. Bu ish o’quvchilarga kitob o’qishni targ’ib qilish, uning ahamiyatini tushuntirish, kitobga qiziqtirishdan boshlanadi.
Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, bilimi hamda malakalari e’tiborga olinishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarning yangi chiqqan kitoblar xaqida ularni xabardor qilib turadi. Tarixiy mavzularda o’tkaziladigan kechalar sinfdan tashqari ishlarning muxim tashkiliy formasi bo’lib, ularning asosiy vazifasi har xil san’atning vositalari (badiiy o’qish, musiqa, ashula, insuyenirovka) yordamida o’quvchilarga tarixiy faktlar, voqealar hamda xodisalarning mazmuni va ahamiyatini tushintirishdan iborat. Xozirgi vaqtda tarixiy mavzulardagi kecha va ertaliklar maktab tajribasida keng qo’llanilmoqda.
Tarixiy mavzulardagi kecha va ertaliklar oldiga quyidagi talablar qo’yiladi.

  1. Maktabda o’tkaziladigan kecha va ertaliklar o’quvchilarni axloqiy, vatanparvarlik, xalqlar do’stligi, mexnatsevarlik, ijtimoiy mulkni qattiq qo’riqlash, umuman insoniy fazilatlarni rivojlantirish ruxida tarbiyalashga yordam berish lozim.

  2. O’tkaziladigan har bir kecha va ertalik o’quvchilarning ommaviy bayramiga aylansin; o’sha ishtirok etgan har bir o’quvchi o’zining qobiliyat va talantini namoyish qilsin.

  3. Kechaning ko’ngilli o’tishiga erishish lozim. Uning maroqli o’tishi uchun harakterigq qarab, turli mavzularda ma’ruzalar tinglash, she’rxonlik qilish, tarixiy voqealarning qatnashuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish mumkin. har bir kecha albatta badiiy qism (ashula, musiqa, inssenirovka) bilan yakunlanadi.

Savol va topshiriklar:

  1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar deganda nimani tushunasiz?

  2. Muzey nima?

  3. Tarixiy obidalarni qanday o'rganish mumkin?

  4. Olimpiada nima? kabilar.


Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish