Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov



Download 2,31 Mb.
bet26/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov va ikki palatali parlamentga oʻtish (2004 yil dekabr — 2005 yil yanvar). Ikki palatali parlamentga oʻtish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ning Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish asosida amalga oshirilgan konstitutsion islohotlar, shuningdek, asosiy konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilinishi natijasida Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazilib, u ikki bosqichdan iborat boʻldi. Saylov oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ning Markaziy saylov komissiyasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, saylov uchastkalariga boʻlingan 120 ta saylov okrugini tashkil etdi. Saylovning birinchi bosqichi 2004 yil 26 dekabr kuni oʻtkazilib, 62 nafar xalq noibi, 2005 yil 9 yanvarda boʻlib oʻtgan ikkinchi bosqichda Qonunchilik palatasiga 58 nafar deputat saylandi. Saylovlar ham Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar, ham saylovchilarning tashabbuskor guruhlari koʻrsatgan deputatlikka nomzodlar ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Saylovda quyidagi siyosiy partiyalar ishtirok etdi: “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi”, “Xalq-demokratik partiyasi”, “Fidokorlar” Milliy-demokratik partiyasi (2000 yilning iyunida Fidokorlar partiyasi “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bilan birlashgan), “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, shuningdek, “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi.
Uchinchi davr. Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qoʻshma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda oʻz ishlariga kirishdilar. Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining ana shu tarixiy anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov dasturiy ma’ruza qilib, unda jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilashning aniq va teran asoslantirilgan konsepsiyasini, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda modernizatsiya qilishning asosiy vazifalarini ilgari surdi.
Oʻzbekiston Reepublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilishning davlatimiz boshligʻi tomonidan olgʻa surilgan ustuvor yoʻnalishlari hamda aniq maqsadli vazifalari asosida ishlab chiqilgan — 2005-2009 yillarga moʻljallangan qonunchilik faoliyati dasturini qabul qildi.
Ikki palatali parlament tashkil etilgach, Oʻzbekiston Respublikasi da qonun chiqaruvchi hokimiyat oʻz taraqqiyotida yangi poGʻonaga koʻtarildi. Eng asosiysi, garchi qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan boʻlsa-da, qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli darajada oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini partiyalarning fraksiyalarida oldindan koʻrib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini albatta eshitish amaliyoti shakllandi.
Ikki palatali parlament sharoitlarida qonunlar uch oʻqishda qabul qilinadi. Birinchi oʻqishda odatda qonun loyihasining umumiy konsepsiyasi va asosiy qoidalari tasdiqlanadi, ikkinchisida — har bir modda batafsil koʻrib chiqiladi hamda shu modda yuzasidan alohida ovoz berish oʻtkaziladi, uchinchi oʻqishda esa qonun loyihasi muhokama qilinmasdan toʻlaligicha ovozga qoʻyiladi. Shundan soʻng qonun qabul qilinib, ma’qullash uchun Senatga yuboriladi.



Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish