Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari



Download 2,31 Mb.
bet34/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

2020 yil 1 yanvardan boshlab – tajriba tariqasida adliya, moliya, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, «Xalq banki» AJ, shuningdek Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Guliston, Termiz, Toshkent viloyatining Angren, Boʻka va Bekobod tumanlari, FarGʻona, Urganch va poytaxtning Mirzo UluGʻbek tumanlaridagi barcha davlat tashkilotlarida;
2021 yil 1 yanvardan boshlab – davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida.
Tanlov yakunlari boʻyicha davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinadigan xodimlar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yoki uning filiallari bilan kelishmasdan turib lavozimdan ozod qilinishi mumkin emas. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul organdir. Agentlik oʻz faoliyatida Prezidentga bevosita boʻysunadi va unga hisob beradi. Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi Agentlik direktori hisoblanadi.


    1. Ishga yollash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar. Ishga yollash tartibining asosiy bosqichlari: nomzodlarni jalb etish, tanlash va yollash Tanlovning tashqi va ichki manbalari

Davlat fuqarolik xizmati masalalari boʻyicha NHH loyihalarini kelishishga kiritish, davlat organlari va tashkilotlari kadrlar boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek har 3 yilda ularni attestatsiyadan oʻtkazish yangi Agentlik vakolatlariga kiritildi. Shuningdek endi Agentlik istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish boʻyicha respublika «Taraqqiyot» tanlovini oʻtkazadi.


Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha «El-yurt umidi» Jamgʻarmasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ixtiyoriga oʻtkazildi. Agentlik huzurida Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi tashkil etildi, unga respublika byudjetidan 100 mlrd soʻm mablagʻ oʻtkaziladi va keyinchalik har yili byudjet mablagʻlari ajratiladi, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari Jamgʻarmalariga tushadigan tushumning 1%i miqdoridagi ajratmalar yoʻnaltiriladi. Ushbu mablagʻlar davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga sarflanadi.
Davlat xizmatchilari ishlab chiqarishdan ajralgan holda har yili qisqa muddatli (30-60 soatli) malaka oshirish kurslaridan oʻtishi shart boʻladi. Ushbu davrda ularning ish joyi boʻyicha lavozimi, oʻrtacha oylik ish haqi va mehnat staji saqlanib qolinadi. Xizmatchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi kompetensiyalarga oʻrgatishga Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziyalangan nodavlat ta’lim muassasalari jalb etiladi. Bunda tegishli ta’lim xizmatlari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadi.
Innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning barcha sohalariga keng tatbiq qilinayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar – ish beruvchi yuqori malakali kadrlar bilan ishlashni koʻproq xohlaydi. Yuqori malakali kadrlar belgilangan vazifalarni tez va sifatli hal qilishning kafolati hisoblanadi. Xоdimni ishga yollash natijasida mehnat munоsabatlari yuzaga chiqadi. Yollanma mehnat munоsabatlari ikki subyekt ‒ yollanma xоdim va uning mehnatidan fоydalanuvchi ish beruvchining o‘zarо hamkоrligini nazarda tutadi.
Xalqarо Mehnat Tashkilоti nizоmi bilan halqarо huquqqa “mehnatkash” va “tadbirkоr” tushunchasi kiritilgan. Shunga muvоfiq, mehnatkash ish haqi hisоbiga mehnatini taklif etuvchidir. Tadbirkоr esa fоydali xo‘jalik natijasiga erishish uchun o‘z mablag‘larini sarflaydigan erkin tashabbuskоr shaxsdir.
O‘zbekistоn Respublikasi Mehnat kоdeksining 14-mоddasiga muvоfiq belgilangan yoshga (16 yosh) yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnоmasi tuzgan shaxs mehnatga оid munоsabatlar subyekti hisоblanadi.
Mehnatga оid munоsabatlarning yana bir subyekti ish beruvchi bo‘lib, ular tоifasiga quyidagilar kiradi:
1) kоrxоnalar, shu jumladan, ularning alоhida tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari;
2) mulkdоrning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy kоrxоnalar rahbarlari;
3) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan ayrim shaxslar qоnunda ko‘zda tutilgan hоlda ish beruvchi ishchi qabul qilishi mumkin.
Xodimni ishga yollash muayyan huquqiy va iqtisоdiy mazmunga ega hujjatdir. Bunga ushbu masalaga huquqiy yondashuv mehnat bitimi yoki shartnоmasida namоyon bo‘ladi. Ishga yollash huquqiy jihatdan:
– ishga haq to‘lash;
– ikki subyekt – xоdim va ish beruvchining mavjudligini;
– tоmоnlarning o‘zarо majburiyatini anglatadi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish