Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari



Download 2,31 Mb.
bet23/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

tashkiliy jihat – davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar (institutsional element);
me’yoriy jihat – huquq, siyosiy norma va an’analar, siyosiy hayot doira- sidagi axloq va madaniyat qoidalari (normativ element);
aloqalar tizimiga oid jihat – siyosiy institutlar oʻrtasidagi aloqa boGʻlash vositalari va shakllari: saylovlar, referendumlar, ommaviy muhokamalar, majlislar, davlat va siyosiy partiyalarning aholiga murojaatlari, ommaviy axborot vositalarining faoliyati va boshqalar (kommunikativ elementlar);
mafkuraviy jihat – siyosiy ong, jamiyatda hukmron boʻlgan va uni
yoʻnaltiruvchi siyosiy mafkura (gʻoyaviy, mafkuraviy element).
Siyosiy tizimni tashkil etuvchi yuqorida qayd etilgan toʻrtta kichik tizim siyosiy maqsadlarning amalga oshirilishida muayyan vazifalarni bajaradi. Masalan, tashkiliy kichik tizimga kiruvchi davlat va siyosiy partiyalar siyosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun tuziladi. Qolgan boshqa kichik tizimlar, jumladan, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari esa, siyosiy maqsadlar uchun emas, balki ma’lum guruhlarning madaniy, jismoniy va malakaviy manfaatlarini qondirishga xizmat qiladi.
Madaniy-mafkuraviy tizimning vazifasi siyosiy partiyalarning muayyan gʻoyalar va qarashlarga tayanishi bilan bogʻliq. Siyosiy partiyalar jamiyat taraqqiyotining yoʻnalishlari, hokimiyat uchun kurash uslublari va konsepsiyalaridan kelib chiqib, turli gʻoyalarni ilgari surishlari mumkin. Siyosiy partiyalar mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, huquqiy normalarga toʻla-toʻkis rioya qilsalar, jamiyat siyosiy tizimida oʻzlarining munosib oʻrinlariga ega boʻladilar, aks holda, ularning faoliyati davlat tomonidan toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.


Oʻzbekistonda shakllanayotgan siyosiy tizimning oʻziga
xos xususiyatlari
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda siyosiy tizimni shakllantirish, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida amalga oshirilgan muhim oʻzgarishlar ham davlatning jamiyat siyosiy tizimini mustahkamlashga kuchli ijobiy ta’sir etayotganligini koʻrsatatmoqda. Prezident I.Karimovning: «Biz barpo etayotgan davlat, eng avvalo umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanishi lozim», degan fikrida mamlakatimizning ichki siyosiy hayoti toʻla demokratik asoslarga ega boʻlishi lozimligi qayd etilganligini koʻramiz. Oʻzbekistonda shakllangan siyosiy xilma-xillik, koʻppartiyaviylik uning siyosiy tizimi mohiyatini, mazmunini, asosiy yoʻnalishlarini belgilab bermoqda. Respublikada eng muhim masalalar boʻyicha umumxalq muhokamasini oʻtkazish, demokratiyaning boshqa koʻrinishlari-fuqarolar yigʻilishlari, jamoatchilik fikr-mulohazalarini hisobga olish kabi vositalar orqali ish yuritish, uning siyosiy tizimi tarkibida siyosatning yangi sub’ektlari faoliyat koʻrsatayotganligi mamlakatimizda siyosiy tizimning rivojlanib va takominllashib borayotganligini amalda koʻrsatmoqda.
Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda davlat hokimiyatining 3 ta boʻlinish prinsipi mavjud. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining xalq hokimiyatchiligiga bagʻishlangan 11-moddasida ham davlat hokimiyati 3 ta boʻlinish prinsipiga asoslanishi bayon etilgan. Ular 1) qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), 2) ijro etuvchi (Vazirlar Mahkamasi) va 3) sud hokimiyati.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat jamiyat hayotining xilma-xil sohalaridagi oʻzgarishlarni, oʻzaro munosabatlarni tartibga solish, ularni huquqiy jihatdan kafolatlashga doir qonunlarni ishlab chiqadi. Davlat hokimiyati tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni bajarish va ularga amal qilish majburiy hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Gʻarbda: Parlament, Seym Kongress va h.k. deb yuritilsa Sharqda: Oliy majlis, Kengash, Xalq qurali va h.k. deb ataladi.
Huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati gullab-yashnashi uchun ilk zamin — bu parlametarizmdan boshlanmogʻi shart. Zero, parlamentning qanday boʻlishi, davlat hokimiyati organlari tizimida uning qanday oʻrin egallashi, qanday qonunlar qabul qilinishi, bu qonunlar inson huquqlari va erkinliklarini qay darajada ta’minlay olishi — davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarining xarakterigagina emas, balki bundan keyin davom etadigan davlat va jamiyat qurilishining barcha jihatlariga ta’sir qilishi shubhasiz edi.
Mustaqillik qoʻlga kiritilgan dastlabki paytlardanoq Oʻzbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun hozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish zarur degan fikrda yakdil edi. Ammo bir ijtimoiy tizimdan ikkinchisiga oʻtish sharoitida bu vazifa — murakkabgina boʻlib qolmay, balki hayot-mamotni hal qiladigan darajada qiyin masala ham edi.
“Bosqichma-bosqichlilik” tamoyiliga amal qilgan islohotchi-davlat ushbu jarayonni quyidagi bosqichlarda oʻtkazdi: OʻzSSR Oliy Sovetidan — mustaqil Oʻzbekistonning Oliy Sovetiga, undan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va yarimprofessional bir palatali parlamentdan — ikki palatali professional parlamentga. Birinchi bosqichda suverenitet asoslarini oʻrnatish, davlat va jamiyat qurilishi, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish va ijtimoiy sohalarda muhim qonunlar qabul qilish kerak edi. Parlamentarizm saboqlarini oʻzlashtirish, bunda nafaqat parlament sub’ektlari, balki butun jamiyat bu saboqlarni oʻzlashtirmogʻi kerak edi. Gap shundaki, “parlament” iborasining oʻzi mustaqillik qoʻlga kiritilgunicha Oʻzbekistonda ishlatilmas edi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish