Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari



Download 2,31 Mb.
bet25/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Ikkinchi davr1995-2004 yillar
Oliy Kengash oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi ning bir palatali parlamenti — Oliy Majlis shakllantirildi, Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) Oliy Majlis tarkibida Oʻzbekiston Xalq-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan 69 nafar, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan 47, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 14 va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan koʻrsatilgan 7 nafar deputat boʻlib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan koʻrsatilgan shaxslar tashkil etdi.
Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) Oliy Majlisga saylov hokimiyat vakillik organlari bilan bir qatorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor guruhlari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisda 11 nafar deputatni birlashtirgan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi, 10 nafar deputatdan iborat «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi, 20 nafar deputatga ega boʻlgan «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasi, 34 nafar deputat tashkil etgan Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi fraksiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq-demokratik partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki roʻyxatga olindi. Keyinchalik «Vatan taraqqiyoti» va Fidokorlar partiyalari bitta Fidokorlar partiyasiga birlashganligi munosabati bilan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida ularning parlamentdagi fraksiyalari a’zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan bitta fraksiyani tashkil etdilar.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis tarkibida siyosiy partiyalarning fraksiyalari va deputatlar bloklaridan tashqari quyida roʻyxati keltirilgan 13 ta qoʻmita ham faoliyat koʻrsatdi.
Qonun ijodkorligi deputatlar ishining bosh yoʻnalishiga aylandi. 1995—2004 yillarda Oliy Majlis 240 ta qonun, 778 ta qaror qabul qildi, amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritdi, 130 dan ziyod xalqaro shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi. Mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organi mazkur bosqichda davlat suverenitetini, fuqarolar tinchligi va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga, jamiyatda demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga koʻmaklashadigan qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishga intildi. Natijada parlament mamlakatning demokratik va taraqqiyot yoʻlidan mustaqil rivojlanib borishining huquqiy negizini anchagina kengaytirdi va mustahkamladi. Misol uchun, birinchi chaqiriq Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida»gi, «Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻgʻrisida»gi, «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi qonunlarda va boshqa qonun hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asos solingan normalar yanada rivojlantirildi. Parlament nazorati bir palatali Oliy Majlis faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻldi. Oliy Majlis qoʻmitalari va komissiyalari qonunlar, konvensiyalar, milliy dasturlar ijrosini nazorat qilish tartibida har yili 60 ga yaqin masalani koʻrib chiqdilar. Bunday nazorat Qoraqalpogʻiston Respublikasi , mamlakatning barcha viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrini qamrab oldi. Bir palatali Oliy Majlisning nazorat faoliyatini tahlil etish bir qator qonuniyatlarni namoyon etdi. Birinchidan, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini va huquqni tatbiq etish amaliyotini hisobga olgan holda muqaddam qabul qilingan qonunlarni takomillashtirish tamoyili yil sayin kuchaya bordi. Ikkinchidan, qonun ijodkorligi ishi borgan sari tarmoq tusini kasb etib, ayrim sohalardagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga intildi. Uchinchidan, bir necha qoʻmita va komissiyalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan tayyorlangan hamda muhokamaga kiritilgan huquqiy hujjatlarning soni ortib bordi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish