Subtropik iqlimli Sharqiy Osiyo. O’lka tarkibiga Buyuk Xitoy tekisligi, Sinlin va Tayxanshan tizma tog’lari, Lyossli plato, Sichuan botig’idan tarkib topgan markaziy qismi kiradi. O’lkaning sharqiy qismida tekislik relyef tipi, g’arbiy qismida tog’ relyef tipi hukmron.
. Buyuk Xitoy tekisligi Sharqiy Osiyoning o’rta qismini egallagan yirik allyuvial tekislik. Uning yer yuzasi ancha tekis b o iib , Xuanxe va Yanszi daryolari hamda ulaming tarmoqlari keltirgan allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Allyuvial yotqiziqlaming qalinligi 800-1000 m gacha boradi. Tekislik yuzasining asosiy qismi dengiz sathidan 50 m baland, tog’ oldi hududlarida 100 m gacha ko’tarilgan, maydoni 300000 km2. Relefida yassi tekislik hukmronlik qiladi. Markaziy qismida uncha baland boimagan Shandun tog’lari joylashgan va bu tog’lar arxeyning kristalli slaneslari va granitlaridan tuzilgan bo’lib , ikki qismga bo’linadi.
Janubi-g’arbiy qismi o’rtacha balandlikdagi tog’ bo’lib , uning eng baland nuqtasi Tayshan tog’ida 1591m, Shandun yarim orolida joylashgan shimoli-sharqiy qismi 437 past tog’ massivlaridan iborat daryo vodiylari bilan chuqur kesilgan, aksariyat qismining balandligi 500 m ga yaqin, eng baland joyi 1170 m. G’arbda kenglik bo’ylab cho’zilgan asimmetrik shakldagi Sinlin tog’ tizmasi joylashgan. Uzunligi 1000 km dan ziyod, shimoliy yon bag’ri tik, janubi qiya, vodiylar bilan kuchli parchalangan, tog’ tepalari tekis. Maksimal balandligi Taybayshan cho’qqisida 4107m. Sharq tomonda shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy tarmoqlarga bo’lingan. Undan shimolisharq tomonda Tayxanshan tizmasi submeridional ravishda 400 km ga cho’zilgan, balandligi 1840 m. Sinlin va Tayxanshan tog’ tizmalari arxeyning granit, gneyslaridan, quyi paleozoyning slanes, ohaktoshlaridan tuzilgan. Tayxanshan tog’idan g’arbda Lyossli plato joylashgan va uning balandligi sharqdan g’arbga tomon 1000 m dan 2500 m gacha ko’tarilib boradi. Lyosslaming qalinligi 100 m gacha yetadi. Plato daryo vodiylari bilan chuqur kesilgan, jarliklar keng tarqalgan. Sino-Tibet va Dabashan (2708 m) tog’lari oralig’ida Sichuan botig’i joylashgan. Yuzasining balandligi o ’rta qismida 400-500 m, chekkalarida 900-1000m ni tashkil etadi. Mezozoy kontinental yotqiziqlarning qalinligi qariyb 4000m, yotqiziqlar orasida qizil rangli qumtoshlar keng tarqalgan va Sichuan botig’ini Qizil Havza deb ham atashadi. Qazilma boyliklarning xilma-xil bo’lishi o’lka hududining geologik tuzilshi bilan chambarchas bog’liq. Mezozoy intruziv jinslarida temir, magnetit, mis rudalari, polimetallar ko’p uchraydi.
Tog’li hududlardagi molibden, marganes, qo’rg’oshin, rux,qalay konlari katta ahamiyatga ega. Botiq va tekisliklarda neft, tabiiy gaz, toshko’mir konlari bor.
O’lkaning katta maydoni subtropik iqlim mintaqasida joylashgan, faqat shimoliy qismi mo’tadil mintaqaga qaraydi. O’lka uchun xarakterli bo’lgan musson iqlimning xususiyati havo massalarining fasliy almashinib turishi muhim, ya’ni yozda okean, qishda kontinental havo massalari o’zining yorqin ifodasini topgan. Yanvaming o’rtacha harorati Buyuk Xitoy tekisligining shimolida -6°,-2°C o’rta qismida 0°C,+2°C, janubida+3°,+4°C, Sichuan botig’ida +10°C dan yuqori. Yozda okeandan iliq va nam havo massasi kirib keladi. Iyulning o ’rtacha harorati dengiz
sohillarida +26°C dan ichki hududlarda +29°C gacha ko’tariladi. Yog’in miqdori tekislikda shimoldan janubga tomon 400-500 mm dan 750-1000 mm gacha o ’zgarib boradi. Nam iqlimli Sichuan botig’ining o’rta qismida yillik yog’in miqdori 800-1200 mm, chekka qismlarida 1250-1750 mmni tashkil etadi. Yog’inning qariyb 80% yoz oylariga to’g’ri keladi. Musson yomg’irlari vaqtida tekislik daryolari juda to’lib oqadi, suv toshqinlari teztez takrorlanib turadi.
Daryo to’ri yaxshi rivojlangan va to’lin suvli. Bu yerdan Xitoyning eng yirik daryolari Xuanxe, Yanszi, Veyxey, Xayxe va boshqa daryolar oqib o’tadi. Barcha daryo tizimlari uzunligi 1782 km bo’lgan Buyuk kanal orqali tutashtirilgan. Buyuk kanal shimolda Pekindan boshlanib, janubda Xanchjougacha davom etadi. Daryolar tog’ muzliklaridan va musson yomg’irlaridan to’yinib yozda toshib oqadi. Ularning suvidan ekin maydonlarini sug’orishda va daryo transportida keng foydalaniladi.
Tekisliklarda ko’llar va suv omborlari ko’p. Eng yirik ko’llari Tayxu, Xunszeku, Gaoyuxu, Veyshanxu va boshqalar. Daryo vodiylarida qayir ko’llar va botqoqliklar keng tarqalgan. Tuproq qoplamida kuchli o’zlashtirilgan qo’ng’ir, jigarang va allyuvial tuprolar asosiy o’rin egallaydi. Pastqam joylarda botqoq va o’tloq tuproqlar hosil bo’lgan. Sichuan botig’ida qizil va sariq tuproqlar, dengiz sohillarida sho’r tuproqlar uchraydi.
Sharqiy Osiyoning markaziy qismida tabiiy o ’simliklardan subtropik o’rmonlar yaxshi rivojlangan. Ular doimiy yashil eman, magnoliya, dafna, tunga, kamfar daraxtlaridan hamda igna bargli janub qarag’ayi, sarv daraxtidan tarkib topgan. O’rmonlaming quyi yarusida yelpig’ichsimon palma, kameliya, rododendronlar o’sadi. Ayrim joylarda bambukzorlar uchraydi. Subtropik o’rmonlar 700-1000 m dan balandda bargini to’kadigan mo’tadil tipdagi o’rmonlar mintaqasi bilan almashinadi. Bu mintaqada buk, eman, grab va igna bargli daraxtlar o’sadi. O’rmonlardan yuqorida tog’ o’tloqlari va butazorlar hosil b o ’lgan. Tayxanshan tizmasiniig’ yon bag’ri keng bargli o’rmonlar bilan qoplangan. Sharqiy Osiyo Xitoyning aholi zich joylashgan hududi hisoblanadi. Shu sababli Buyuk Xitoy tekisligi qadimdan maksimal darajada o’zlashtirilgan. Qishloq xo’jaligida sholi, paxta, makkajo’xori, yeryong’oq, dukkaklilar, gaolyan, shakarqamish, tamaki ekiladi. Tog’laming terrasalashtirilgan yonbag’irlarida sitruslar, choy, tut va tunga daraxtlari o ’stiriladi. Natijada o’rmonlarning maydoni keskin kamayib ketgan. Maydon jihatidan tabiiy landshaftlarga nisbatan antropogen landshaftlar ustunlik qiladi.
Antropogen landshaftlar maydonining kengavishi munosabati bilan yovvoyi hayvonlarning soni keskin kaniaygan va ularning arellari qisqargan. Tog’li hududlarda saqlanib qolgan o ’rmonlarda Himolay qora ayig’i, qoplon, panda, yenotsimon itlar yashaydi. Janubiy o ’rmonlarda boshqa hayvonlar bilan bir qatorda gibbonlar, makakalar, lemurlar uchraydi. Qushlardan tustovuqlar, to’tilar, qurlar ko’pchilikni tashkil etadi. Daryo va ko’llari baliqlarga boy.
Do'stlaringiz bilan baham: |