Qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti geografiya o



Download 3,25 Mb.
bet3/15
Sana13.07.2022
Hajmi3,25 Mb.
#791525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MOHIRA Normurodova Sharqiy Osiyo (2)

2. Geologik tuzilishi va relyefi
Mezozoy burmalanish o’lkalari. Mezozoy burmalanish o’lkalari materikning shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy, janubiy qismlarini va Amur havzasini egallaydi. Bular Verxoyana-Chukotka, Amur burmalari va Janubi-Sharqiy Osiyo burmalari tizimlaridan tashkil topgan. Bu o’lkalar uzoq geologik davrlar mobaynida shakllangan. Materikning bu regionlarida kembriydan oldingi va kaledon burmalanishlarining qoldiqlari uchraydi. Gertsin burmalanishi ham o’z ta’sirini kuchliroq ko’rsatgan.
Ammo, asosiy tog’ hosil bo ’lish jarayoni bo’r davridagi yangi kimmeriy
va lamariy tektonik harakatlari natijasida ro’y beradi. Verxoyana- Chukotka burmalari tizimi Sibiming shimoli-sharqida juda katta maydonni ishg’ol etib, uning tektonik rejimi murakkab boigan. Kimmeriy harakatlari bu o’lkaning geosinklinal rejimiga yakun yasab, uning hududini dengiz sathidan yuqori ko’taradi. Oldingi zamin ustida Verxoyana-Kolima-Chukotka burmalari zonasi, Kolima o’rtaliq massivi, Oxota-Chaun vulkan yoylari tashkil topdi. Vulkan yoylari antiklinoriy va sinklinoriylardan iborat bo’lib , ular hozirgi relyef shakllarida o’zining aksini topgan.
Amur burmalari tizimi mezozoy va uchlamchi davming dengiz hamda kontinental yotqiziqlaridan tarkib topgan. Bu yerda kembriydan oldingi davr va paleozoy jinslari yer yuzasiga chiqib yotgan joylar bor. Turli yoshdagi vulkanik jinslar ham keng tarqalgan. Amur burmalari geologic jihatdan murakkab tuzilgan. Uning strukturalari antiklinoriylar, sinklinoriylar va tog’ oralig’i vodiylaridan iborat. Antiklinoriylar asosini Tukuringra, Jag’di, Bureya va boshqa tizmalar tashkil etadi.


1-karta. Sharqiy Osiyo tabiiy geografik o’lkasi geologik kartasi

Yevrosiyoning janubiy va janubi-sharqiy qismlaridagi strukturalar Hindixitoyning katta qismi, Malakka yarim oroli, Tibet togiigining janubiy qismi, Qoraqurum tog’ tizmalari mezozoy burmalanishi natijasida barpo bo’lgan. Ular neogen-antropogen davrlarida faol tektonik harakatlarni boshdan kechirganligi tufayli yer yuzidagi eng baland tog’lar tizimi - Baland Osiyo ana shu zamin asosida vujudga kelgan.


Kaynozoy burmalanish oikalari. Kaynozoy erasida eng so’nggi va yosh burmalanish - Alp orogenizi sodir bo’lgan. Bu davming harakatchan tog’ hosil bo’lish jarayoni yuqori proterozoy va paleozoy geosinklinal mintaqasida ro’y bergan. Alp burmalanishining xarakterli xususiyati shundan iboratki, materik relefida keng tarqalgan asosiy strukturalar - baland tog’ tizimlari, tog’ tugunlari, tog’ massivlari va ulkan tog’liklar juda aniq ifodalangan. Bu strukturalar g’arbda Alp togiaridan boshlanib, sharqda Himolay togiarigacha davom etadi va Alp-Himolay mintaqasini tashkil etadi. Bu mintaqa tashqi va ichki zonalardan iborat. Kimmeriy burmalanishi asosan tashqi zonadagi Karpatoldi, Dashtli Qrim, Kavkazoldi va Kopetdog’oldi burmalarini vujudga keltirdi. Alp bosqichida vujudga kelgan Alpoldi platosi, O ’rta Dunay va Padan tekisliklari, Andaluz, Mesopotamiya hamda Hind-Gang pastekisliklari ham tashqi zona tarkibiga kiradi
Alp burmalanishi ichki zonaning strukturasini tashkil etuvchi Alp- Karpat, Pireney tog’ tizimlari, Tog’li Qrim, Kichik Osiyo, Eron, Tibet tog’liklarini, Kavkaz, Kopetdog’,Oloy, Hindukush, Himolay tog’ tizimlarini hamda ularni bir-biri bilan bog’lab turuvchi yirik tog’ tugunlarini - Armaniston tog’ligi, Pomir, Sharqiy Tibet va boshqalami vujudga keltirdi. Alp burmalanishi materikning sharqiy qismida, Tinch okean sohillarida ham yuz bergan. Sharqiy Osiyoning yosh burmali tog’lari yoy shaklida cho’zilgan bo’lib, ular Koryak tog’ligi va Kamchatkadan boshlanib Filippin, Katta Zond orollarigacha davom etadi. Bu mintaqa uchun vulkanik orollar yoyi va chuqur okean cho’kmalari xarakterli. Sharqiy Osiyoning yosh burmali tog’ yoylari shimoldan janubga tomon uchta tarmoqni hosil qiladi: Koryak-Kamchatka-Kuril, Saxalin-Yapon orollari, Ryukyu-Tayvan-Filippin orollariSharqiy Osiyo shimoldan janubga tomon 4200 km dan ziyod masofaga cho’zilgan va shu yo’nalishda mo’tadil, subtropik, tropik iqlim mintaqalarini kesib o’tgan. Uning zaminida eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari yotadi. Bu platformalarga Markaziy Manjuriya, Buyuk Xitoy tekisligi, Manjuriya- Koreya tog’lari, Janubiy Xitoy burmali tog’lari va boshqa o’rtacha balandlikdagi hamda past tog’ tizmalari to’g’ri keladi.
O’lkaning materik qismi qadimdan kontinental sharoitda rivojlanib kelgan quruqlik bo’lib, bu yerda o’rtacha balandlikdagi burmali palaxsali tog’lar akkumlyativ tekisliklar bilan tutashgan. Sharqiy Osiyo orollari va ularni yuvib turuvchi dengizlar Tinch okean geosinklinal mintaqasiga qaraydi. O’lkaning bu qismi kuchli zilzilalar va hozirgi zamon vulkanizmining o’chog’idir.



Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish