Qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti geografiya o



Download 3,25 Mb.
bet7/15
Sana13.07.2022
Hajmi3,25 Mb.
#791525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
MOHIRA Normurodova Sharqiy Osiyo (2)

Yapon orollari. Sharqiy Osiyodan Yapon dengizi orqali ajralib turgan
Yapon orollari to ’rtta yirik orol - Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku, Kyusyulami, ulardan janubda joylashgan Ryukyu arxipelagini va boshqa mayda orollarni o’z ichiga oladi. Yapon orollari shimoldan janubga tomon 2300 km dan ziyod masofaga ch o ’zilgan, maydoni 384 000 km2. Yapon orollari Aleut, Kuril va Filippin orollari bilan birgalikda Tinch okean geosinklinal mintaqasiga kiradi. Orollar o’zining shakllanish
tarixida paleozoydan boshlab so’nggi davrgacha bir necha burmalanish bosqichlarini boshdan kechirgan. Tog’ hosil bo’lish jarayoni ayniqsa mezozoyda kuchli b o ’lib, vulkanlar faol harakat qilgan. Kaynozoyga kelib mezozoy qurilmalari qaytadan burmalangan. Neogen va antropogenning boshida yuz bergan vertikal harakatlar Yapon orollarining hozirgi relef shakllarini vujudga keltirgan. Bu davrda vulkanlar faoliyati kuchli bo’lgan.
Yaponiyada mavjud bo’lgan 150 ta vulkandan 40 tasi hozir ham harakatdagi vulkan hisoblanadi. Aksariyat vulkanlaming konuslari orollar relefining tuzilishida yetakchi rol o’ynaydi va ulaming eng baland nuqtalari bo’lib xizmat qiladi. Bu yerda seysmik harakatlaming intensivligi yer yuzasining doimiy ravishda o’zgarib turishiga ham ta ’sir ko’rsatadi.
Yaponiya orollari tog’lik va servulkan orollar bo’lib, pastekisliklar kam uchraydi. Orollardagi barcha tog’lar uchun bo’ylama yo’nalish xarakterli. Xokkaydo (77,7 ming km2) orolida joylashgan o’rtacha balandlikdagi Kitami va Xidaka tog’lari shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon cho’zilgan. Ular granit, kvarsit, ohaktosh va slaneslardan tuzilgan. Orolning eng baland nuqtalari Asaxi (2290 m), Tarumae (1893 m), Meakan (1503 m) va boshqa harakatdagi vulkanlar hisoblanadi. Isikari
pastekisligi orolning asosiy qismidagi tog’lami Osima yarim orolidagi tog’lardan ajratib turadi. Xonsyu Yaponiyaning eng katta oroli bo’lib, uning maydoni 223,4ming km2, qirg’oq chizig’ining uzunligi 8298 km. Yaponiyaning 75% aholisi shu orolda joylashgan. Uning relefida past va o’rtacha balandlikdagi to g ’lar ustunlik qiladi. Tog’lar alp burmalanishi natijasida ko’tarilgan qadimiy tekislangan yuzalardir. Orolning shimoliy qismidagi tog’lar vodiylar va botiqlar bilan ajralgan uchta bo’ylama tizmadan iborat.
Markaziy qismida Oybosh tizmasi joylashgan. Tizmadagi Ivate vulkani dengiz sathidan 2040 m baland. Bosh tizmadan g ’arbda Deva tog’lari, sharqda Kitamaki va Abukuma tog’lari sohil bo’ylab cho’zilgan. Orolning o’rta qismida shimoliy va janubiy tog’ tizmalarini birlashtirb turgan Yaponiyaning eng baland, servulkan, seysmik harakatchan, chuqur tektonik uzilmalar bilan kesilgan yirik tog’ massivi joylashgan. Bu massivni Buyuk graben deb ataluvchi tektonik cho’kma Tinch okean
sohilidan Yapon dengizi sohiligacha kesib o’tgan. Cho’kma vulkanik jinslar bilan to’lgan. Buyuk graben bo’ylab Yaponiyaning eng baland vulkani Fudziyama (3776m) hamda Yarigatake (3190 m), Ontake (3063 m), Xanusan (2702 m) vulkanlari ajoyib tabiati bilan yuksaklikka qad ko’tarilgan. Buyuk grabendan janubi-g’arbda Yaponiya Alpi deb nom olgan va alp relef shakllari xos bo’lgan Akaisi, Kiso va Xida tog’lari joylashgan. Orolning dengiz sohillarida va tog’oralig’i botiqlarida uncha katta bo’lmagan tekisliklar mavjud. Bular Kanto, Nobi, Kinki, Etigo va boshqa tekisliklardir. Sikoku orolida Surugi (1955 m) vulkani va Kyusyu orolida Kudzyu (1788 m), Aso (1592 m) va Kirisima (1700 m) vulkanlari past tog’lar ustidan yuqoriga bo ’y cho’zib turadi. Orollardan janubda 98 ta mayda orollardan tarkib topgan yoysimon shakldagi Ryukyu arxipelagi joylashgan
Yapon orollarining iqlimi mo’tadil va subtropik musson iqlim. Xokkaydo oroli va Xonsyuning shimoliy qismi mo’tadil mintaqada, Xonsyuning janubiy qismi, Sikoku, Kyusyu va Ryukyu orollari subtropik mintaqada joylashgan. Yozda tropik musson ta’sirida havo issiq va dim bo’ladi. Shimolda Oyya-Sivo sovuq oqimi tufayli harorat bir oz pasayadi. Iyulning o ’rtacha harorati shimolda Xokkaydo orolida +17°,+21°C ni, janubda Kyusyu orolida +25°,+27°C ni tashkil etadi. Qishda sovuq havo massalari Yaponiyaning shimoliy qismiga ko’proq ta ’sir etadi va haroratni
pasaytiradi. Yanvaming o ’rtacha harorati Xokkaydoda -3°,-10°C, Kyusyu orolida +8°C ga teng. Yaponiyaning janubiy qismida tayfunlar tez-tez takrorlanib, juda katta talafotlar keltiradi.
Yaponiyada daryolar va ko’llar juda ko’p, ammo ular qisqa va kichik. Xokkaydodagi Tesio (491 km) va Isikari (365 km) daryolari Yapon dengiziga quyiladi. Xonsyu orolida Sinano, Tone, Kiso daryolari bor.
Ular musson yomg’irlari va qor suvlaridan to’yinadi. Yaponiyaning eng katta
ko’li Xonsyudagi Biva (716 km2) tektonik ko’lidir. Xokkaydodagi vulkan kraterlarida Kuttyaro (76 km2), Sikosu (72 km2) va boshqa vulkanik ko’llar hosil bo’lgan. Dengiz sohillarida laguna ko’llari ko’p uchraydi. Aholi nihoyatda zich joylashgan bo’lishiga qaramasdan Yaponiyaning 60% maydoni o ’rmonlar bilan band. Ular shimoldan janubga tomon kenglik zonallik, tog’larda balandlik mintaqalari bo’ylab tarqalgan. Xokkaydoning shimoliy qismi Saxalin pixtasi, Xokkaydo yeli, qisman tilog’ochdan tarkib topgan tayga o ’rmoni bilan qoplangan. Taygada podzol va torfli botqoq tuproqlar rivojlangan. Xokkaydoning janubidagi va Xonsyuning shimolidagi qo’ng’ir o ’rmon tuproqlari keng bargli o ’rmonlar bilan qoplangan. Uning tarkibi buk, eman, zarang, Manjuriya shumtoli, Yaponiya sarv daraxti, quyi yarusi yovvoyi gilos, magnoliya, bambuklardan iborat. Tog’larda 500m dan balandda keng bargli o’rmonlar igna bargli o ’rmonlar bilan, undan yuqorida subalp butazorlari bilan almashinadi.
Xonsyuning Xitati-Nomo yarim oroli kengligidan janubda doimiy yashil subtropik o’rmonlarda doimiy yashil eman, kamfar dafnasi, Yaman qarag’ayi, Yapon sarv daraxti, tuya, tis, kriptometriyalar ko’pchlikni tashkil etadi. Quyi yarusda bambuk, magnoliya, azaliya, aukubalar o’sadi. Yaponiyaning subtropik o’rmonlari aholi zich bo’lganligi sababli ko’proq kesilgan va ularning o’mini turli xil madaniy o’simliklar egallagan. Tog’laming 500-800 m dan yuqori qismida subtropik o’rmonlar igna va keng bargli aralash o ’rmonlar bilan, undan yuqorida tog’ taygasi bilan almashinadi. Kyusyu orolining janubiy qismida tipik tropik o’rmonlar shakllangan. Doimiy yashil subtropik o ’rmonlar tog’ bag’irlab 1000 m
gacha ko’tarilgan. Ryukyu orollarining 300-500 m balandligigacha bo’lgan qismi ham tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Yapon orollarining tekisliklari, daryo vodiylari va dengiz sohillari kuchli o’zlashtirilgan. Subtropik mintaqadagi o’zlashtirilgan yerlarda bug’doy, arpa, sholi, shakarqamish, yeryong’oq, batat, dukkaklilar ekiladi. Terrasalashtirilgan tog’ yonbag’irlarida sitrus plantasiyalari, choy butazorlari, tutzorlar, bambukzorlar barpo etilgan. Barcha orollar fauna
turlariga ancha kambag’al.
Xokkaydoda qo’ng’ir ayiq, olmaxon, sobol uchraydi. Subtropik o’rmonlarda janubga xos turlar-yapon qora ayig’i, makakalar yashaydi, yenotsimon it keng tarqalgan. Suvda va quruqlikda yashaydigan hayvonlardan salamandra saqlanib qolgan. Yaponiyada tabiatni muhofaza qilishga va uni tabiiy saqlashga katta ahamiyat beriladi. Xokkaydoda tashkil etilgan Taysetsudzan, Xonsyudagi Nikko va Kyusyudagi Aso milliy bog’lari buning isbotidir.

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish