4. Tuproq, o’simlik hayvonot olami
Sharqiy Osiyoda o’rmon-qo’ng’ir tuproqlari ko’pchilikni tashkil qiladi. O’rmon-qo’ng’ir tuproq tipi nam, keng bargli va qisman aralash o’rmonlar tagida vujudga keladi. Ular kam podzollashgan, donador strukturaga ega. O’rmon tuproqlari orasida eng hosildori chimli va qo’ng’ir tuproqlar hisoblanadi. Podzol tuproqlar bilan qora tuproqlar oralig’ida o’rmon bo’z tuproqlari joylashgan. Bu tuproq tipi o’rmon-dasht zonasining o ’rmonlari tagida lyossimon jinslarda hosil bo’lgan .
O’rmon bo’z tuproqlari och tusli bo’z, tipik bo’z va qoramtir bo’z tuproqlarga bo’linadi. Och tusli o ’rmon bo’z tuproqlari morfologik belgilariga ko’ra chimli-podzol tuproqlami eslatadi. O’rmon bo’z tuproqlaridan janubda qora tuproqlar zonasi joylashgan. Qora tuproqlar g’arbda Karpat etaklaridan sharqda Oltoy tog’ining etaklarigacha keng polosa hosil qilib cho’zilgan. Oltoydan sharqda ular orollar shaklida Minusinsk va Tuva botiqlarida, Selenga va Sharqiy Zaybaykale dashtlarida uchraydi. V.V.Dokuchaev fikricha, qora tuproqlar chirindiga, turli xil moddalarga juda boy, gumus qatlami qalin (150-180 sm gacha yetadi), mustahkam donodor strukturaga ega va boshqa tuproq tiplaridan yuqori hosildorligi bilan farq qiladi. Qora tuproqlar o ’tli dashtlaming tipik zonal tuprog’idir. Qora tuproqlarning zonal, xususiyatlari shimoldan janubga tomon o’zgaradi, qora tuproq zonasining shimoliy qismida podzollashgan va ishqori yuvilgan qora tuproqlar uchraydi.
Zonaning markaziy qismida tipik qalin qora tuproqlar keng tarqalgan. Bu qora tuproqlarning eng unumdor tipchasi bo’lib, unda gumus gorizontining qalinligi, chirindi miqdori (1015%) va ko’l elementlari o ’zining maksimal darajasiga yetgan. Janubroqda oddiy va janubiy qora tuproqlar tarqalgan. Bu tipchada gumus qoplamining qalinligi, miqdori bir oz kamayadi. Quruq dasht va chala cho’llaming zonal tuproq qoplami kashtan tuproqlaridan tashkil topgan. Bu tuproqlar namlik balansi manfiy bo’lgan boshoqli va shuvoq-boshoqli o ’tlar siyrak o ’sadigan sharoitda shakllangan. Qora tuproqlarga nisbatan chirindiga kambag’al, gumus qatlami yupqa va ko’p joylarda sho’rlangan. Kashtan tuproqlar shimoldan janubga tomon qoramtir, tipik va och tusli kashtan tuproq tipchalariga bo’linadi. Shulardan qora tuproqlar bilan chegaradosh bo’lgan qoramtir kashtan tuproqlar ko’proq hosildor hisoblanadi. Janubga borgan sari kashtan tuproqlar tarkibida chirindi miqdori kamayib boradi. Och tusli kashtan tuproqlar chala Cho’llarda yaxshi rivojlangan bo’lib, chirindiga kambag’al. Qo’ng’ir, och qo’n g ’ir va bo’z tuproqlar asosan O’rta va Markaziy Osiyoning tekisliklari hamda tog’oldi lyossli tekisliklarida ko’p tarqalgan. Cho’l zonasida taqir va taqirli tuproq turlari ko’p uchraydi. Ular asosan allyuvial va prolyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan, tarkibida gilli jinslar ko’p bo’lgan yassi pastliklarda, qadimiy deltalarda vujudga keladi.
Cho’lning taqirli tuproq turi tarkibida chirindi 0,4-0,8%, gumusli qatlam 10-12 sm atrofida bo’ladi. Taqirlar yuzasi bahorda yomg’ir suvlari bilan to’lib, yozda bug’lanib, qurib qoladi va qotib qolgan yuzalar jazirama issiq ta ’sirida yorilib-yorilib ketadi.
Nam subtropiklar zonasi uchun qizil va sariq tuproqlar xarakterli. Ular Kavkaz o’lkasining Kolxida va Lenkoran rayonlarida, Sharqiy Osiyoning janubiy qismida, Yanszi va Sitszyan daryolari havzalarida, Himolayning janubiy yonbag’ridagi tog’ etaklarida keng tarqalgan. Qizil tuproqlar nam subtropik o ’rmonlaming tipik zonal tuprog’i hisoblanadi. Ulaming gumus qatlami qalin, tarkibida temir va alyumin oksidlari juda ko’p. Shuning uchun ham bu tuproqlaming rangi qizil bo’ladi. Qizil tuproqlar eng qadimiy tuproqlar bo’lib, ular neogen davridan boshlab to hozirgi kungacha rivojlanib kelmoqda. Bu tuproq tipi turli xil subtropik o’simliklar uchun eng qulay hisoblanadi. Jigar rang tuproqlar Pireney yarim orolining Sharqiy qismida, Apennin va Bolqon yarim orollarida, O’rta dengizdagi Sitsiliya, Sardiniya, Korsika orollarida, Old Osiyo tog’liklarida, Kavkaz va O’rta Osiyo tog’larining quyi qismidagi past bo’yli, keng bargli va siyrak o ’rmonlar hamda butazorlar tagida uchraydi.
Hindistonning sharqiy va Hindixitoy yarim orolining o’rta qismlaridagi savannalarda qizil laterit tuproqlar keng tarqalgan. Qizg’ish-sariq laterit tuproqlar nam tropik o’rmonlar uchun xarakterli bo’lib, ular Hindistonning g’arbiy qismida, Xindixitoy va Malakka yarim orollarida, Malaya va Filippin arxipelaglarida k o ’pchilikni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |