Qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti geografiya o



Download 3,25 Mb.
bet1/15
Sana13.07.2022
Hajmi3,25 Mb.
#791525
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MOHIRA Normurodova Sharqiy Osiyo (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA AGRONOMIYA FAKULTETI
GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASI
YO‘NALISHI
’’MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI”

KURS ISHI




Mavzu: SHARQIY OSIYO


Guruh: 019-99
Bajardi: Normurodova M
Rahbar: Eshboyev B

Reja

1.Sharqiy Osiyoning geografik joylashuvi


2.Geologik tuzilishi va relyefi
3.Iqlimi va ichki suvlari
4.Tuproqlari ,o'simliklari va hayvonot dunyosi
5.Tabiiy geografik rayonlari
a) Shimoli-Sharqiy Xitoy va Koreya yarim oroli
b ) Sharqiy Xitoy
d ) Yapon orollari
6.Tabiiy resurslari, ulardan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Sharqiy Osiyo Yevrosiyo materigining sharqiy chekka qismida, Tinch okean sohillarida joylashgan musson iqlimli tog’-tekislikli tabiiy geografik o’lka. U shimolda Janubiy Uzoq Sharq o’lkasidan boshlanib, janubda Janubiy Xitoy past burmali tog’lari bilan tugallanadi. Sharqda Tinch okeanning Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan chegaralangan. G’arbda Katta Xinganning g’arbiy tog’ etaklari, Gobi cho’li, Inshan tizmasi, Sino-Tibetning sharqiy tog’ etaklari va Yunnan- Guychjou tog’ligining g ’arbiy qismi bilan chegaradosh.
O’lka tarkibiga Koreya yarim oroli, Yapon, Tayvan va Xaynan orollari ham kiradi Sharqiy Osiyoning zaminida eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy Koreya va Janubiy Xitoy platformalari yotadi. Platformaning yuzasi Xuanxe va Yanszi daryolari keltirgan allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Bu hudud Buyuk Xitoy pasttekisligiga mos keladi. Pasttekislikning markaziy qismida uncha baland bo‘lmagan Shandun tog‘i ko‘tarilib turadi.
Buyuk Xitoy pasttekisligining shimoliy qismi iqlimi mo‘'tadil, mussonli, janubi subtropik mussonli iqlimdir. Shimolda qish quruq, sovuq (-6°C), janubda iliq (+3°C) bo‘ladi. Yozi issiq, dengiz sohillarida iyulning o‘rtacha harorati +26°C. Yillik yog‘in miqdori shimolda 500 mm, janubda 1000 mm. Yog‘inning qariyb 80% i yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Musson yomg‘irlari vaqtida tekislik daryolari juda to‘lib oqadi. Suv toshqinlarining oldini olish maqsadida daryo bo‘ylariga damba - to‘siqlar qurilgan. Bu pasttekislikdan Xuanxe, Yanszi va boshqa daryolar oqib o‘tadi. Pasttekisliklarda ko‘llar va suv omborlari ham ko‘p. Eng yirik ko‘llardan biri Tayxu ko‘lidir.
Buyuk Xitoy pasttekisligida unumdor qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan.Ular insonning ko‘p asrlik xo‘jalik faoliyati natijasida to‘liq o‘zlashilrilgan. Shuning uchun o‘lkaning sharqiy qismidagi fasliy (musson) nam o‘rmonlar zonasi, g‘arbidagi dasht zonalarida antropogen landshaftlar tarkib topgan. Oz bo‘lsa-da, mangra, qarag‘ay, eman, paporotnik, magnoliya o‘simliklari uchraydi. Dehqonlar pasttekislikning shimolida yiliga ikki marta, janubida hatto uch marta hosil yetishtiradilar.
Sharqiy Osiyo o‘lkasining janubiy qismlarini Janubiy Xitoy past burmali tog‘lari egallagan. Bu kichik o‘lka balandligi 2000 m gacha ko‘tarilgan Nanlin va Uishan tog‘laridan tarkib topgan. Bu hududlar iqlim sharoitiga ko‘ra subtropik va qisman subekvatorial mintaqada joylashgan. Musson shamollari past tog‘larga ko‘p yog‘in keltiradi.
Sharqiy Osiyoda aholi eng zich joylashganligi tufayli tabiiy landshaftlar Osiyoning boshqa regionlariga nisbatan kuchli o ’zlashtirilgan va ulaming O‘rnini antropogen landshaftlar egallagan. Sharqiy Osiyo shimoldan janubga tomon 4200 km dan ziyod masofaga cho’zilgan shu yo’nalishda mo’tadil, subtropik, tropik iqlim mintaqalarini kesib o’tgan. Uning zaminida eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari yotadi. Bu platformalarga Markaziy Manjuriya, Buyuk Xitoy tekisligi, Manjuriya-Koreya tog’lari, Janubiy Xitoy burmali tog’lari va boshqa o’rtacha balandlikdagi hamda past tog’ tizmalari to’g’ri keladi.
O’lkaning materik qismi qadimdan kontinental sharoitda rivojlanib kelgan quruqlik bo’lib, bu yerda o’rtacha balandlikdagi burmali palaxsali tog’lar akkumlyativ tekisliklar bilan tutashib ketgan. Sharqiy Osiyo orollari va ularni yuvib turuvchi dengizlar Tinch okean geosinklinal mintaqasiga qaraydi.

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish