Qarori sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida



Download 194,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi194,66 Kb.
#268587
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-сон 17.04.1998. Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING

QARORI


SUDLAR TOMONIDAN MEHNAT SHARTNOMASI (KONTRAKTI)NI BEKOR QILISHNI TARTIBGA

SOLUVCHI QONUNLARNING QO‘LLANILISHI HAQIDA

 LexUZ sharhi

(O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2002-yil  14-iyundagi  11-sonli,  2002-yil  25-

oktabrdagi  28-sonli,  2003-yil  19-dekabrdagi  20-sonli,  2004-yil  24-sentabrdagi  15-sonli  va  2018-yil  30-

noyabrdagi 34-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimc halar bilan)

1995-yil  21-dekabrda  O‘zbekiston  Respublikasining  Mehnat  kodeksi  qabul  qilinishi

munosabati bilan mehnat qonunlarining to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash va mehnat

nizolarini ko‘rishda sudlarda vujudga keladigan masalalarni tushuntirish maqsadida O‘zbekiston

Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:

1.  Mulkchilikning  barcha  shaklidagi  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlarda,  shuningdek

ayrim  fuqarolar  ixtiyorida  mehnat  shartnomasi  (kontrakt)*  bo‘yicha  ishlayotgan  jismoniy

shaxslarning  mehnatga  oid  munosabatlari  mehnat  to‘g‘risidagi  qonunlar  va  boshqa  me’yoriy

hujjatlar bilan tartibga solinishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.

* “Kontrakt” — bundan keyin “mehnat shartnomasi”.

2. Ishga tiklash haqidagi nizo bo‘yicha ariza xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor

qilinganligi  haqidagi  buyruq  nusxasi  berilgan  kundan  boshlab  bir  oy  muddat  ichida  bevosita

sudga beriladi.

MKning  270-moddasida  belgilangan  muddatlar  prokuror,  kasaba  uyushmasi  qo‘mitasi

yoxud  xodimlarning  boshqa  vakillik  organlari  tomonidan  beriladigan  da’volarga  nisbatan  ham

tatbiq qilinadi.

3.  Sudya  da’vo  qilish  muddati  o‘tkazib  yuborilgan  degan  asos  bilan  da’vo  arizani  qabul

qilmaslikka haqli emas. Sud da’vo muddati uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan deb topsa,

bu muddatni tiklaydi. Agar sud ishdagi hujjatlarni har tomonlama tekshirib, sudga murojaat qilish

muddati uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilganligini aniqlasa, da’voni rad etadi.



Oldingi tahrirga qarang.

FPK 10-moddasi hamda FKning 153-moddasining 2-qismi mazmuniga ko‘ra, fuqarolik sud

ishlarini  yuritish  taraflarning  tortishuvi  va  teng  huquqliligi  asosida  amalga  oshirilishi  tufayli

da’vogarning sudga murojaat etish muddatini o‘tkazib yuborganligi masalasi sud tomonidan faqat

nizodagi tarafning bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi.

(3-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2018-yil  30-

noyabrdagi 34-sonli  qarori tahririda)

Oldingi tahrirga qarang.

Da’vogarlar ishga tiklash haqidagi talab bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinganligi,

mehnat  shartnomasini  bekor  qilishni  asosliligini  isbotlovchi  dalillarni  taqdim  etish  esa,  qonun

bilan  javobgarga  yuklatilganligi  sababli  (MK  111-moddasining  ikkinchi  qismi),  ishga  tiklash

haqidagi  da’vo  arizalarini  FPK  189-moddasi  birinchi  qismining  6-bandi va  195-moddasi  birinchi

qismining 7-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.



(3-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2018-yil  30-noyabrdagi  34-sonli  qaroriga

asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)

4.  Mehnat  shartnomasining  muddati  tugaganligi  (MK  105-modda)  sababli  bekor

qilinishining  qonuniyligi  to‘g‘risidagi  nizolarni  ko‘rishda  sudlar  quyidagi  holatlarga  e’tiborini

qaratmog‘i lozim:

muddatli  mehnat  shartnomasi  xodim  bilan  asosli  holda  tuzilganmi,  ya’ni  mehnat

shartnomasi tuzishda MKning 76-moddasi talablari hisobga olinganmi;

ishning shartnomada kelishilgan muddati haqiqatda tugaganmi;



ishning shartnomada kelishilgan muddati haqiqatda tugaganmi;

mehnat  shartnomasining  bekor  qilinishiga  yo‘l  qo‘yadigan  MK  105-moddasining  ikkinchi

va uchinchi qismlaridagi muddatlarga rioya etilganmi;

homilador  va  uch  yoshgacha  bolasi  bor  ayollarga  muddati  tugaganligi  munosabati  bilan

mehnat  shartnomasi  bekor  qilinishida  ularga  qo‘shimcha  kafolatlar  berilganmi  (MKning  237-

moddasi).

5. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, muddatli mehnat shartnomalari faqat MKning

76-moddasida  belgilangan  holatlar  bo‘lganligi  sababli  nomuayyan  muddatga  mo‘ljallangan

mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo‘lmagan hollarda tuzilishi mumkin.

Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishga quyidagi holatlar mavjudligida yo‘l

qo‘yilishi mumkin:

bajariladigan  ishning  tafsilotiga  ko‘ra  bajarish  uchun  xodim  olingan  ishni  ma’lum  bir

muddat  o‘tgandan  keyin  obyektiv  sabablarga  ko‘ra  davom  ettirishning  imkoni  bo‘lmasligi

oldindan ma’lum bo‘lganda, ya’ni u muddatli xaraktyerga ega bo‘ladi;

bajarish  uchun  xodim  olingan  ishni  bajarish  shartlari.  Bunda  ishning  o‘zi  doimiy

xaraktyerga  ega  bo‘lsada,  uni  bajarishning  shartlari  xodim  bilan  nomuayyan  muddatga  mehnat

shartnomasi  tuzishga  to‘sqinlik  qiladi  (qonunlarga  muvofiq  xodimning  ish  joyi  va  boshqalar

saqlanadigan mehnat va ijtimoiy ta’tillarda bo‘lgan vaqtiga boshqa xodimni ishga qabul qilish);

xodimning  manfaatlari,  ya’ni  u  yoki  bu  holatlarga  ko‘ra  muddatli  mehnat  shartnomasi

tuzilishi xodimning manfaatlariga asoslangan bo‘lganda.

Nazarda  tutish  kerakki,  MKning  76-moddasida  keltirilgan  xodim  bilan  muddatli  mehnat

shartnomasini  tuzish  to‘g‘risidagi  ro‘yxat  qat’iy  chegaralangan.  Agar  xodim  bilan  tuzilgan

muddatli  mehnat  shartnomasi  MKning  76-moddasi  talablarini  hisobga  olmagan  holda  tuzilgan

bo‘lsa, bunday holda shartnomaning muddati haqidagi shartlari haqiqiy emas deb topiladi, xodim

esa ishga nomuayyan muddatga birinchi ish kunidan boshlab qabul qilingan hisoblanadi.

6. MKning 105-moddasi birinchi qismiga binoan mehnat shartnomasining bekor qilinishiga

uning muddati tugashi kunida, shuningdek shartnomadagi muddatning oxirgi haftasi mobaynida

yo‘l qo‘yiladi.

Mehnat qonunchiligi shartnomadagi muddat tugashi bilan uni bekor qilishga qaror qilgan

taraf boshqa tarafga oldindan xabar berishni majburiyat sifatida ko‘zda tutmaydi.

Agar  muddat  tugagandan  keyin  ham  mehnatga  oid  munosabatlar  davom  etaversa  va

taraflardan birortasi bir hafta davomida uning bekor qilinishini talab qilmagan bo‘lsa, shartnoma

nomuayyan muddatga davom ettirilgan deb hisoblanadi.

Ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo‘lgan xodimning ishda bo‘lmagan vaqtiga mo‘ljallab

tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan e’tiboran tugatiladi.

7.  Muddatli  mehnat  shartnomasi  taraflarning  kelishuviga  binoan  muddati  tugamasdan

(MK  97-moddasi  1-qismi),  xodimning  tashabbusi  bilan  (MK  99-modda),  ish  beruvchining

tashabbusiga  ko‘ra  (MK  100-moddasi  2-qismi),  taraflar  ixtiyoriga  bog‘liq  bo‘lmagan  holatlar

bo‘yicha (MK 106-moddasi) bekor qilinishi mumkin.

Muddatli  mehnat  shartnomasida  uni  muddatidan  oldin  bekor  qilingan  hollarda

taraflarning  neustoyka  to‘lashi  haqidagi  o‘zaro  majburiyatlari  nazarda  tutilishi  mumkin.

Taraflardan biri neustoyka to‘lashdan bosh tortsa, uni undirish sud tartibida amalga oshiriladi.

8. Neustoyka to‘lash haqidagi nizolarni ko‘rishda sud quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

neustoyka  to‘lash  shartlari  taraflarning  kelishuviga  binoan  faqat  muddatli  mehnat

shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin;

neustoyka  miqdori  taraflarning  kelishuviga  muvofiq  belgilanadi  va  u  ish  beruvchi

tomonidan xodimning manfaatlarini ko‘zlab qilingan xarajatlarga, xodim ishlagan davr va boshqa

holatlarga bog‘liq tarzda tafovut qilinishi mumkin;

agar  mehnat  shartnomasida  neustoykaning  miqdori  belgilab  qo‘yilmagan  bo‘lsa,  taraflar



agar  mehnat  shartnomasida  neustoykaning  miqdori  belgilab  qo‘yilmagan  bo‘lsa,  taraflar

uni to‘lashdan ozod etiladilar;

xodim to‘laydigan neustoyka miqdori ish beruvchi to‘laydigan neustoyka miqdoridan oshib

ketishi mumkin emas. Shu bilan birga mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan neustoykani

yuqori qiymatda to‘lashini nazarda tutishi mumkin;

muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin xodimning (MK 99-moddasi), shuningdek

xodimning aybli xatti-harakatlariga bog‘liq asoslarga ko‘ra, ish beruvchining tashabbusi bilan (MK

100-moddasi  3  va  4-bandlari)  bekor  qilingan  bo‘lsa,  xodim  ish  beruvchiga  neustoyka  to‘laydi.

Muddatli  mehnat  shartnomasida  xodimning  neustoyka  to‘lash  majburiyatining  ko‘rsatilishi,

muddatli  mehnat  shartnomasining  muddatidan  oldin  boshqa  asoslarga  ko‘ra  bekor  qilinishi

g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi;

muddatli  mehnat  shartnomasi  muddatidan  oldin  xodimning  aybli  xatti-harakatlari  bilan

bog‘liq bo‘lmagan asoslar bo‘yicha ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, ish

beruvchi xodimga neustoyka to‘laydi (MK 100-moddasi 2-qismi 1, 2, 5 va 6-bandlari).

9. Agar mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinishi haqidagi ariza u

o‘z  ishini  davom  ettirishining  imkoni  yo‘qligi  (o‘quv  yurtiga  qabul  qilinganligi,  pensiyaga

chiqqanligi,  saylab  qo‘yiladigan  lavozimga  saylanganligi  va  boshqa  hollar  bilan  bog‘liq  bo‘lsa)

sababli berilgan bo‘lsa, xodim neustoyka to‘lashdan ozod qilinishiga sudlarning e’tibori qaratilishi

lozim.  Mehnat  kodeksi  (99-moddasi  5-qismi)da  xodimning  ushbu  korxonada  o‘z  ishini  davom

ettirishining imkoni yo‘qligini aks ettirgan taxminiy ro‘yxati ko‘rsatilganligi sababli sudlar ishdagi

aniq  hujjatlarni  hisobga  olgan  holda  boshqa  holatlarni  (xodim  sog‘lig‘ining  holati,  nogiron  oila

a’zosiga  qarashi  zaruriyati,  turmush  o‘rtog‘ining  harbiy  xizmatni  o‘tash  uchun  boshqa  joyga

yuborilishi  va  b.)  e’tiborga  olib,  ushbu  holatlar  mavjud  bo‘lganda  xodim  neustoyka  to‘lashdan

ozod qilinadi.

10. Sudlarning e’tibori dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflar bir-birini yozma

ravishda uch kun oldin ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqliligiga qaratilsin

(MK  87-moddasi  1-qismi).  Uch  kunlik  ogohlantirish  muddatini  qisqartirishlikka  faqat  taraflar

kelishuviga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

11. Mehnat shartnomasini dastlabki sinov muddati davomida xodimning tashabbusi bilan

bekor qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

mehnat  shartnomasini  bekor  qilishga  faqat  xodimning  yozma  arizasi  asos  bo‘lib,  u

haqiqatdan  uning  mehnat  munosabatlarini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  xohish-istagini  namoyon

etishi  lozim.  Bunda  xodimning  mehnat  shartnomasini  bekor  qilishga  olib  kelgan  sabablar

ahamiyatga ega emas.

qonunda yoki taraflar kelishuviga asosan belgilangan ogohlantirish muddatida xodim o‘z

arizasini qaytarib olishga haqli;

mehnat  shartnomasini  ish  beruvchi  tomonidan  qonunda  yoki  taraflar  kelishgan

ogohlantirish muddati tugamasdan xodimning roziligisiz bekor qilishi, xodimning talabi bo‘yicha

mehnat shartnomasining bekor qilinishini g‘ayriqonuniy deb topishga asos bo‘ladi;

agar qonunda yoki taraflar kelishuvi bo‘yicha belgilangan ogohlantirish muddati tugagan

bo‘lsada, mehnat munosabatlari davom etayotgan bo‘lsa, xodimning mehnat munosabatlarini o‘z

tashabbusiga ko‘ra bekor qilish haqidagi arizasi o‘z kuchini yo‘qotadi, shu ariza asosida mehnat

shartnomasining bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

mehnat  shartnomasi  sinov  muddati  davomida  xodim  tashabbusiga  ko‘ra  bekor

qilinayotganda  qonunda  ko‘rsatilgan  yoki  taraflar  kelishuviga  ko‘ra  belgilangan  ogohlantirish

muddati tugagach, xodim ishga chiqmaslik huquqiga ega. Bunda ish beruvchi tomonidan mehnat

shartnomasini bekor qilishni kechiktirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

sinov shartlari ishga qabul qilishda muddatli mehnat shartnomasiga kiritilgan taqdirda (6

oydan ortiq muddatga) va bu shartnoma muddatidan ilgari bekor qilinganda taraflarning o‘zaro

neustoyka to‘lash majburiyatini ko‘zda tutgan bo‘lsa, xodimning tashabbusi bilan sinov muddati




neustoyka to‘lash majburiyatini ko‘zda tutgan bo‘lsa, xodimning tashabbusi bilan sinov muddati

davomida mehnat shartnomasi bekor qilinganida ish beruvchining xodim tomonidan neustoyka

to‘lanishi  haqidagi  talablari  qanoatlantirilmaydi,  chunki  MKning  104-moddasida  neustoykani

to‘lashga yo‘l qo‘yiladigan asoslar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilgan.

12.  Sinovdan  o‘ta  olmaganligi  sababli  xodim  bilan  mehnat  shartnomasini  ish  beruvchi

tashabbusiga  ko‘ra  bekor  qilinishining  qonuniyligiga  oid  da’volarni  ko‘rishda  sudlar  quyidagi

holatlarni e’tiborga olishi kerak:

ish beruvchi bunday asoslar bilan faqat sinovning natijalari qoniqarsiz bo‘lganda, mehnat

shartnomasini  bekor  qilishga  haqli,  xodimning  mehnat  shartnomasida  belgilangan  ishni  bajara

olmasligi aniq faktlar asosida tasdiqlangan bo‘lishi lozim;

agar sinov muddati davomida xodimning topshirilgan ishni bajara olmasligini tasdiqlovchi

faktlar  bo‘lmasa,  lekin  ish  beruvchi  tomonidan  mehnat  shartnomasini  bekor  qilishga  boshqa

asoslar  (xodimlar  soni  (shtati)  yoki  ish  xususiyati  o‘zgarishi,  korxonaning  tugatilishi,  xodim

tomonidan uzluksiz yoki bir marta mehnat vazifalarining qo‘pol ravishda buzilishi va b.) mavjud

bo‘lsa, mehnat munosabatlarini bekor qilish bo‘yicha belgilangan tartib va shartlarga rioya etilgan

holda tegishli asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Bunday holda xodim

bilan mehnat shartnomasi sinovdan o‘tmaganlik asosida bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

xodim bilan mehnat shartnomasini, uni oldindan yozma ogohlantirmasdan yoki qonunda

yoxud  taraflar  kelishuviga  ko‘ra  belgilangan  ogohlantirish  muddati  o‘tmasdan  oldin  xodimning

ruxsatisiz  bekor  qilinishida  sud  ish  beruvchi  tomonidan  ushbu  asos  bo‘yicha  mehnat

munosabatlarini  bekor  qilishning  qonuniyligiga  oid  barcha  qolgan  shartlarga  rioya  qilinganini

aniqlasa, mehnat shartnomasini bekor qilishni tegishli muddatga ko‘chirish va ushbu vaqt uchun

xodimga  haq  to‘lash  masalasini  hal  qiladi.  Bunday  asoslar  bilan  mehnat  shartnomasi  tugatilgan

sanani  ko‘chirishga  faqat  mehnat  shartnomasida  belgilangan  sinov  muddati  chegarasida  yo‘l

qo‘yiladi;

agar mehnat shartnomasida nazarda tutilgan dastlabki sinov muddati tugagan bo‘lsa yoki

uning  tugaganiga  uch  kundan  kam  kun  qolgan  bo‘lsa  va  xodim  uch  kunlik  ogohlantirish

muddatini  qisqartirishga  o‘z  roziligini  bermayotgan  bo‘lsa,  ish  beruvchining  tashabbusiga  ko‘ra,

mehnat  shartnomasini  tugatishga  MK  100-moddasi  2-qismida ko‘rsatilgan  asoslar  bo‘lgandagina

yo‘l qo‘yiladi.




Download 194,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish