Oldingi tahrirga qarang.
Alkogol, narkotik yoxud toksinlik moddalar iste’mol qilish oqibatida yuzaga keluvchi
sarxushlik holati tibbiy xulosaga ko‘ra, shuningdek sud tomonidan huquqiy baholanishi lozim
bo‘lgan boshqa isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-
noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
39. O‘rindoshlik asosida ishlaydiganlar bilan mehnat shartnomasi umumiy asoslardan
tashqari MK 100-moddasi 2-qismining 5-bandiga binoan ham bekor qilinishi mumkin.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-
noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
O‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodim bilan mehnat shartnomasi MK 100-moddasi 2-
qismining 5-bandiga ko‘ra boshqa o‘rindosh bo‘lmagan xodimning ishga qabul qilinishi
munosabati bilan bekor qilinishiga faqat o‘rindosh o‘rnida ishlash uchun qabul qilinayotgan
xodim uchun bu ish asosiy ish bo‘lgan holdagina yo‘l qo‘yilishini sudlar nazarda tutishlari kerak.
O‘rindosh bilan mehnat shartnomasi yuqorida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra bekor qilingach,
uning o‘rniga boshqa o‘rindosh ishga qabul qilingan holda yoxud bu xodimning egallab kelgan
lavozimi (bajarayotgan ishi) bo‘sh qolib ketsa (vakant), MK 100-moddasi 2-qismining 5-bandiga
binoan mehnat munosabatlarining bekor qilinishi g‘ayriqonuniy deb topilishi lozim.
Ish shartlari bo‘yicha o‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli o‘rindoshlik bo‘yicha ishlovchi
xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishining qonuniyligini tekshirishda sudlar
quyidagilarni aniqlashlari lozim:
mazkur korxonada o‘rindoshlik asosida ishlashning cheklanishi nazarda tutilganmi;
bunday cheklanishlar kiritishning qonunlarda o‘rnatilgan tartibiga rioya etilganmi;
korxonaga kiritilayotgan cheklashlar, qo‘shimcha ishlar xodimlar sog‘lig‘iga va ishlab
chiqarish xavfsizligiga ta’sir etuvchi oqibatlarga olib keladigan mehnatning alohida shartlari va
rejimi bilan bog‘liqmi;
o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodim korxonaga o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashni cheklash
kiritilgunga qadar ishga qabul qilinganmi. Agar o‘rindoshlik asosida ishlovchi, korxonaga bunday
cheklash kiritilgandan so‘ng ishga qabul qilingan bo‘lsa, u bilan mehnat shartnomasi MK 106-
moddasining 4-bandiga ko‘ra belgilangan tegishli tartiblarga rioya qilingan holda mazkur asoslar
bo‘yicha bekor qilinishi mumkin.
Qayd etilgan shartlarga rioya etilmaslik o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxs bilan mehnat
shartnomasini MK 100-moddasi 2-qismining 5-bandiga asosan bekor qilinishini g‘ayriqonuniy deb
topishga asos bo‘lishi mumkin.
40. Korxona mulkdorining almashuvi sababli MK 100-moddasi 2-qismining 6-bandiga ko‘ra
mehnat shartnomasini bekor qilish faqat korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter,
korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga
oshiruvchi xodimga nisbatan amalga oshirilishi mumkin. Boshqa barcha xodimlar bilan mulkdor
oshiruvchi xodimga nisbatan amalga oshirilishi mumkin. Boshqa barcha xodimlar bilan mulkdor
almashgan taqdirda ham ularning roziligiga ko‘ra mehnat munosabatlari davom ettirilaveradi
(MK 98-moddasi 1-qismi). Shunga ko‘ra, korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter,
korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmaganda, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi
xodimdan tashqari har qanday xodim bilan Mehnat kodeksi 100-moddasi ikkinchi qismining 6-
bandiga ko‘ra mehnat shartnomasining bekor qilinishi noqonuniy deb topiladi.
Korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter, korxonada bosh buxgalter lavozimi
bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan mehnat
shartnomasi MK 100-moddasi 2-qismining 6-bandiga ko‘ra bekor qilinishi bilan bog‘liq nizolarni
hal qilishda haqiqatda korxona egasi almashgan-almashmaganini aniqlashi zarur. Jumladan,
davlat korxonasining bo‘ysunish tizimi o‘zgarishini mulkdor almashuvi deb qarab bo‘lmaydi.
Ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra, korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter,
korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga
oshiruvchi xodim bilan, shuningdek MK 100-moddasi 2-qismining 6-bandiga binoan mehnat
shartnomasining bekor qilinishi oldindan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki boshqa vakillik
organining roziligisiz amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |