Oldingi tahrirga qarang.
28. MK 100-moddasi 2-qismining 2-bandi bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingan
shaxslarni ishga tiklash haqidagi nizolarni hal qilishda sudlar quyidagilarni nazarda tutishlari
lozim:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-
noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
xodim bajarilayotgan ishi (egallab turgan lavozimi)ga noloyiq bo‘lishi malakasi yetarli
bo‘lmaganligi va xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bo‘lishi mumkin;
agar xodim u bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga ko‘ra, aynan bajarishi shart bo‘lgan
ishni uddalay olmayotgan bo‘lsagina, noloyiqligi bo‘yicha u bilan bo‘lgan mehnat
munosabatlarining bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar xodim uning roziligisiz ishlab chiqarish
zarurati bilan yoki ish to‘xtab qolganda ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra vaqtincha o‘tkazilgan
ishni uddalay olmayotgan bo‘lsa, u bilan bo‘lgan mehnat shartnomasini ishiga noloyiqligi bo‘yicha
bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki xodim o‘tkazilgan ish o‘rni mehnat shartnomasida
ko‘rsatilmagan.
xodimning noloyiqligi xodimning bajarishi shart bo‘lgan, topshirilgan ishni uddalay
olmayotganligini guvohlantiruvchi aniq faktlar (tekshiruv aktlari, bevosita rahbarlik
qiluvchisining bildirish xati, hisobotlar, attestatsiya hujjatlari va ishning past sifatliligini, yaroqsiz
mahsulot chiqarayotganini, ish hajmini hamda ishlab chiqarish normasini bajarmayotganligini va
hokazolarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar) bilan, sog‘lig‘i holatiga ko‘ra noloyiqligi bulardan
tashqari tibbiy xulosa bilan tasdiqlanishi lozim.
agar xodim unga topshirilgan ishni uddalasa, tibbiy xulosaga ko‘ra sog‘lig‘ining
yomonlashuvi, shuningdek nogironlik berilishi, mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-
qismining 2-bandi bo‘yicha bekor qilish uchun yetarli sabab bo‘lib hisoblanmaydi.
Xodim bajarishi lozim bo‘lgan ishni uddalashdan qat’i nazar, agar tibbiy xulosaga ko‘ra
Xodim bajarishi lozim bo‘lgan ishni uddalashdan qat’i nazar, agar tibbiy xulosaga ko‘ra
xodim ushbu ishni bajarishi to‘g‘ri kelmasa yoki mehnat jamoasi a’zolari yoxud ular xizmat
qiladigan fuqarolar uchun xavf tug‘dirsagina, mehnat shartnomasining sog‘lig‘i holatiga ko‘ra
bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Attestatsiya komissiyasining xulosasi xodimning malakasi yetarli emasligini tasdiqlovchi
dalillardan biri bo‘lib, u ish yuzasidan barcha dalillar yig‘indisi asosida sud tomonidan
baholanadi. Bunda sudlar attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibga rioya etilganini
tekshirmoqlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, sud tekshiruvi davomida FPK 8-bobi (71 — 104-
moddalari) ko‘rsatilgan har qanday dalillarni, guvohlar ko‘rsatmalari, shuningdek mutaxassis va
ekspertlar xulosalarini taqdim qilishga yo‘l qo‘yiladi.
(28-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-
noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
29. Mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-qismining 3 va 4-bandlari bo‘yicha bekor
qilish intizomiy jazo chorasi ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Intizomiy jazolar xodimni unga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini nojo‘ya xatti-harakati
tufayli bajarmasligi yoki tegishli tarzda bajarmasligi (ichki tartib qoidalari, mansab
yo‘riqnomalari, nizomlar, ish beruvchining qonuniy buyruqlari, texnik qoidalarni buzish va h.k.)
sababli qo‘llanishi mumkin.
Boshqa ishga g‘ayriqonuniy tarzda o‘tkazilgan xodimning ishni bajarishdan, yangi mehnat
shartlarida ishni davom ettirishdan bosh tortishi, mehnat to‘g‘risidagi qonun va boshqa normativ
hujjatlarga ko‘ra, faqat xodimning roziligiga binoan hal qilinadigan (ish beruvchining xodimni
mehnat ta’tilidan chaqirib olishi yoki ta’tilni boshqa muddatga o‘tkazishi, ish vaqtidan tashqari
ishlarni bajarishi, homilador ayollar yoki o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan farzandlari (o‘n olti yoshgacha
bo‘lgan nogiron farzandlari) bo‘lgan ayollarning tungi, dam olish kunlari ishlashi, xizmat safariga
yuborilishi, nogironning tunda, dam olish kunlari va boshqa vaqtlarda ishlash haqidagi ish
beruvchining talabini bajarishdan bosh tortishi va boshqa holatlar mehnat majburiyatlarini
buzishlik deb hisoblanmaydi va intizomiy jazo qo‘llanishi uchun asos bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |