31
3-bob. YO‘L SHAROITI KO‘RSATKICHLARINI HARAKAT
XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
3.1. YO‘LNING HARAKATLANISH UCHUN XAVFLI BO‘LAGINI
XAVFSIZLIK KOEFFITSIYENTI USULI BILAN ANIQLASH
Tayanch so‘zlar va iboralar: xavfsizlik koeffitsiyenti; yo‘l bo‘laklari; ta’sir
mintaqasi, statistika usuli
;
ziddiyatli vaziyat.
Avtomobil yo‘lining harakatlanish uchun xavflilik
darajasini aniqlash
yo‘ldan
foydalanishda, harakatni to‘g‘ri
tashkil qilishda,
shuningdek,
harakat
xavfsizligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishda yoki yo‘lni
ta’mirlashda birlamchi asosiy tayanch ma’lumot bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi paytda avtomobilning xavfli bo‘laklarini
aniqlashda quyidagi
usullardan foydalaniladi:
xavfsizlik koeffitsiyenti
;
halokatlilik koeffitsiyenti
;
yth
statistikasi
;
ziddiyatli vaziyat
.
Yo‘lning transportdan foydalanish sifatini
va harakat xavfsizligini
baholashda asosiy vazifalardan biri harakat tartib-qoidalariga sezilarli ta’sir
qiluvchi yo‘l qismlari yoki uning alohida bo‘laklarini aniqlashdan iborat.
bunday
joylarda asosan yo‘l-transport hodisalari tez-tez ro‘y berib turadi.
Harakat xavfsizligi jihatidan yo‘l bo‘laklarini baholash usullaridan biri prof.
V.F.Babkov (3) tomonidan ishlab chiqilgan
Do'stlaringiz bilan baham: