Amaliy mashg’ulot №6
Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlashda quyidagi testlardan foydalanish
mumkin.
1-test. Ushbu test 6–7 yoshli bolalarning obrazli tafakkurini aniqlashga qaratilgan.
«To‘rtinchisi ortiqcha».
Bolaga ketma-ket ravishda har birida 4 tadan tanish predmetlar tasvirlangan 10 ta kartochka
ko‘rsatiladi. 4 tadan 3 tasi bir guruhga taalluqli. Bola ortiqcha bo‘lgan bir predmetni aniqlashi va nima
uchun ortiqchaligini tushuntirib berishi lozim.
1. Piyoz, pomidor, olma, sholg‘om.
2. Tol, terak, qayrag‘och, atirgul.
3. Echki, tulki, it, mushuk.
4. Divan, krovat, stul, narvon.
5. Qo‘g‘irchoq, qalam, daftar, ruchka.
6. Tovuq, quyon, kurka, xo‘roz va hokazo.
Natijalarni tahlil qilish: