1. Qisqa muddatli sarmoyalash. Ana shu siyosatni olib boradigan
rahbarlar yuqori malakali ijrochilarni ishga yollab, o’qitadilar hamda
ular mehnatiga yuqori ish haqi to’laydilar. Bu ijrochilar o’z
lavozimlarida kutilgandek samarali faoliyat ko’rsatsalar, lavozimda
yanada ko’tariladilar. Bunda kompaniya yoki firma o’zi xohlagan
xodimlarga ega bo’ladilar. Bu xodimlar topshirilgan ishni sidqidildan
bajaradilar, o’z faoliyatlarini mukammallik darajasigaetkazishga harakat
qiladilar, zarurat tug’ilganda zimmalariga qo’shimcha mas’uliyatni ham
oladilar. Korxonaning o’zida ana shunday yuqori malakali ijrochilar
topilmasa, ular chetdan yollanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |