11 – BOB. PERSONAL KAR’ERASINI REJALASHTIRISH VA
RIVOJLANTIRISH
11.1. Kar’era tushunchasi va bosqichlari
Kasbiy ta’lim xodimii turli ishlab chiqarish vazifalarini bajarishga
tayyorlaydi. Bu an’anaga muvofiq xizmat vazifasi tushunchasi bilan
bog’likdir. Inson o’z mehnat faoliyati davomida ko’p hollarda bitta
emas, balki bir nechta xizmat vazifalarini egallaydi. Ana shu xizmat
vazifalarida ko’tarilish umum e’tirof bo’yicha kar’era deb ataladi.
Lavozimga ham amaliy, ham axloqiy, ham shaxsiy sifatlari to’kis
insonni tayinlashga hamma vaqt katta e’tibor berib kelingan. Masalan,
―Qobusnoma‖da ―Agar birovga amal bersang munosib odamga bergil‖
1
deb uqtiriladi.
Kar’era — fransuzcha (carirere)dan tarjima qilinganda olg’a qarab
muvaffaqiyatli siljish ma’nosini berib, bugungi kunda ijtimoiy, xizmat,
ilmiy
va
faoliyatning
boshqa
turlarida
mansab
lavozimida
muvaffaqiyatli o’sish sifatida tushuniladi. Kar’era birgina xizmat
vazifasi va lavozimda o’sish ma’nosinigina anglatmaydi. Shuningdek,
aktyor kar’erasi, sportchi kar’erasi, olim kar’erasi va hokazolar mavjud
bo’lib, ular albatta xizmat vazifasi yoki lavozimda o’sish, degani emas.
Zamonaviy menejmentda kar’era ikki nuqtai nazardan baholanadi.
Birinchidan, kar’era — inson hayoti davomida egallaydigan xizmat
vazifalari, lavozimlari jamlanmasidir. Buni maqsadli kar’era, deb ham
atashadi. Ikkinchidan esa, kar’era — inson hayoti davomida ro’y
beradigan qadriyatlar va qiziqishlar o’zgarishidir. Buni sub’ektiv
kar’era, deb atashadi.
Ana shu ikki nuqtai nazar inson iloji boricha eng katta yutuqqa
erishish va o’z faoliyatidan qoniqish hosil qilishi uchun muayyan
1
Кайковуc. Қобуcнома. Т.: Иcтиқлол, 1994. - 143-бeт.
darajada o’z taqdirini nazorat qilish, o’z imkoniyatlarini boshqarish
salohiyatiga ega ekanligini e’tirof etadi.
Kar’era, yana bu atamaning asl tushunchasiga muvofiq olg’a qarab
muvaffaqiyatli siljish deyilganda faqat xizmat vazifasi (lavozim)da
o’sish emas, balki kasbiy o’sishni ham anglanadi.
Menejmentda amaliy kar’era tushunchasi qo’llaniladi. Amaliy
kar’era — xodim faoliyatning biror sohasida yuqoriga ko’tarilishi,
ko’nikmalari, qobiliyati, malakasi hamda faoliyati bilan bog’liq holda
rag’batlantirish miqdorining o’zgarishi, hayotda tanlangan yo’li
bo’yicha olg’a qarab harakati, mashhur bo’lishi, shuhrat qozonishidir.
Amaliy kar’era xodimning o’z mehnat faoliyati kelajagi to’g’risida
sub’ektiv fikr yuritish, o’zini namoyon qilish istagidan shakllana
boshlaydi. Bu xodimning ichki nuqtai nazari, korxona yoki tashkilotda
o’z o’rnini, maqomini sub’ektiv tasavvur etishidir. Ba’zi birovlar
uchun mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyat (kar’era) xizmat vazifalari
(lavozimlar) pog’onalaridan yuqoriga ko’tarilishdir. Boshqalar uchun
esa muvaffaqiyat — egallab turgan xizmat vazifasi (lavozim)da ijod
bilan shug’ullanish, kasb mahoratini oshirishdir. Shu sababli amaliy
kar’era turlari ko’p (11.1- rasm).
Lavozimda o’sish uchun ayrim xodimlar uzoq muddatli reja
tuzishlari mumkin. Lekin ko’pchilik bunday qilmaydi. Sotsiologlar
tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar mehnatga layoqatli aholining 70
Amaliy karyera
Korxonalararo
Ixtisoslashgan
Korxona ichida
Ixtisoslashmagan
Vertikal
Bosqichli
Yashirin
Gorizantal