Rahbariyat farmoyish beruvchi hamda bu farmoy
ishga
bo’ysundiruvchi kuchdir. Rahbariyatni mas’uliyatsiz tasavvur etib
bo’lmaydi, ya’ni rahbarlik amal qiladigan hamma joyda mas’uliyat ham
paydo bo’ladi.
3.
Intizom.
Intizom - mohiyat jihatidan bo’ysunish, o’zini idora etish qobiliyati,
korxona va uning xizmatchilari o’rtasidagy
bitimga muvofiq
ko’rsatiladigan tashqi hurmat belgilaridir. U yoki bu ijtimoiy tuzilmadagi
intizomning ahvoli ko’p jihatdan uning rahbarlari fazilatlariga bog’likdir.
4.
Farmoyish berish birligi.
U yoki bu ish yuzasidan xizmatchiga faqat bitta boshliq buyruq berishi
mumkin. Ushbu qoidani mutlaq haqiqat, deb tan olib bo’lmasligi sababli,
uni tamoyillar qatoriga qo’yish kerak.
5.
Rahbarlik birligi.
Ushbu tamoyilni bitta rahbar va yakka-yu yagona maqsadni
ko’zlovchi operatsiyalar uchun bitta dastur, deb ifodalash mumkin.
6.
Xususiy manfaatlarni umumiy manfaatlarga bo’ysundirish.
Bu tamoyil korxonada ishchilar yoki xizmatchilar guruhi
manfaatlari korxona manfaatlaridan yuqori qo’yilishi mumkin emas,
degan ma’noni anglatadi. Bu boshqaruvning eng mushkul muammolaridan
biri hisoblanadi.
7.
Personalni mukofotlash.
Personalni mukofotlash bajarilgan ish uchun to’lov hisoblanadi. Mukofot
adolatli bo’lishi va imkon darajasida personal va korxonani, ishga
yollovchi va xizmatchini qanoatlantirishi lozim.
8.
Markazlashtirish.
Markazlashtirish boshqaruv tizimi hisoblanmaydi, u o’z-o’zicha yaxshi
yoki yomon bo’lishi mumkin emas. U rahbar qarashlari hamda shart-
sharoitga qarab qabul qilinishi yoki rad etilishi mumkin. Biroq,
markazlashtirish katta yoki kichik darajada hamisha mavjuddir. Gap
korxona uchun eng maqbul bo’lgan markazlashtirish darajasini topishda
qolgan.
9.
Mansab darajalari.
Mansab darajalari quyi lavozimdan eng yuqori lavozimgacha bo’lgan
rahbarlik mansablari pillapoyasidir.
10.
Tartib.
Moddiy tartib qoidasi hamma uchun ma’lum: har bir buyum uchun
muayyan o’rin va har bir buyum o’z o’rnida. Ijtimoiy tartib qoidasi ham
shunday: har bir shaxs uchun muayyan o’rin va har bir shaxs o’z o’rnida.
28
11.
Adolat.
Personalni o’z xizmat vazifalarini sidqidildan
va sadoqat bilan ijro
etishiga rag’batlantirish uchun unga yaxshi munosabatda bo’lish kerak.
Adolat - yaxshi muposabat bilan huquq tartiboti yig’indisidir.
12.
Personal tarkibining doimiyligi.
Personalning qo’nimsizligi bir vaqtning o’zida ishlar ahvoli qoniqarsiz
ekanligining sababi va oqibatidir. Shunga qaramasdan, tarkibda o’zgarishlar
bo’lishi muqarrar: personal yoshi, kasalligi, iste’foga chiqishi,
vafoti
ijtimoiy tuzilma tarkibini o’zgarti-radi. Ayrim xizmatchilar o’z vazifalarini
ijro etish qobiliyatini yo’qotadilar, boshqalar esa zimmalariga yuksakroq
mas’uliyat olishga qodir bo’lmaydilar.
Shunday qilib, boshqa tamoyillar kabi ishchi kuchi tarkibining doimiy
bo’lishi tamoyili ham o’z chegaralariga ega.
13.
Tashabbus.
Tashabbus deb, reja tuzish va uni amalga oshirish imkoniyatiga
aytiladi. Taklif va amalga oshirish erkinligi ham tashabbus kategoriyasiga
taallukdidir.
14. Personalning birlashishi.
Personalni ayirish kerak emas. Biz uchun dushman kuchlarini
ojizlashtirish uchun ularni bir-biridan uzish mahoratdir. Biroq korxonadagi
o’z kuchlaringizni uzish qo’pol xatodir
9
.
Anri Fayol boshqaruv asoslari tamoyillari bilan bir qatorda,
funktsiyali
boshqaruv (“boshqaruv elementlari”) asoslarini ham ishlab chiqdi. Uning
boshqaruv funktsiyalarining o’zaro bog’likdigi, xususan boshqaruvni tashkil
etish (“odamlarni boshqarish san’ati”), muvofiqlashtirish (“xarajatlarni
muvofiqlashtirish, kuch-g’ayratlarni birlashtirish”), nazorat (“dasturlarni
amalga oshirish, farmoyishlar ijrosini tekshirish”) va boshqa g’oyalari vaqt
sinovidan o’tdi hamda hozirgi zamon olimlarining asarlarida
chuqurlashtirilib, boyitildi.
Bir so’z bilan aytganda, Anri Fayol o’z asarlarida zamonaviy
menejment va personalni boshqarish
asoslarini yaratdi, deyish adolatlidir.
Menejmentni rivojlantirishda klassik davr hisoblangan, F.Teylor,
G.Emerson, A.Fayol tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruv tamoyillari
XX asrning hech mubolag’asiz eng muvaffaqiyatli tadbirkori hisoblangan
amerikalik
Do'stlaringiz bilan baham: