Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/502
Sana16.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#557411
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

Vazirlik Mahkamasi
boshqargan. Vazirlardan biri -
mamlakat va 
raiyat vaziri
viloyat va tumanlardan to’planadigan hosil, soliq-o’lponlar va 
obodonchilik masalalari bilan shug’ullan-gan. Ikkinchisi - 
vaziri sipoh, 
deb 
atalib harbiy ishlar vaziri hisoblangan. Saltanatda
tijorat
(savdo),
moliya 
ishlari vazirlari 
bo’lgan. Qolgan uchta vazir esa chegara viloyatlari va tobe 
mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilgan. Bu uch vazir saltanatning 
„xolisa", deb yuritilgan bosh nazorat hay’atini ham tashkil etgan.
7 vazir devonbegiga bo’ysungan va u bilan bamaslahat davlatning 
moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar.
Mamlakat ma’muriy jihatdan 
ulus, viloyat 
va 
tumanlarga 
bo’li-nib. ular 
hokim, noib 
va 
tuman boshliqlari 
tomonidan boshqa-riltan. Bu boshqaruv 
rahbarlarining aksariyati harbiylar-amirlar bo’lgan. Har bir shahar va 
viloyatlarning
moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi
va
muxtasibi 
bo’lgan.
Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar o’tkazish asosiy o’rin 
tutgan. Sohibqiron Amir Temur o’zining “Temur tuzuklari” asarida “Davlag 
24


ishlarining to’qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa 
qilich bilan bajo keltirilur”, deb ta’kidlaydi Ayni vaqtda ushbu asarda “Saltanat 
ishlarida to’rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) (o’zingbilan) kengash; 2) 
(boshqalar bilan) mashvaratu maslahat ayla; 3) hushyorligu mulohazakorlik 
bilan qat’iy qaror chiqar; 4) ehtiyotkorlik qil. Chunki, kengash va mashvaratsiz 
saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari xato bulgan johil odamga 
qiyoslash mumkin: uning so’zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik va 
nadomat keltirgay. Shunday ekan saltanat boshqarishda mashvaratu maslahat va 
tadbir bilai ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon 
bo’lmagaysan”
5
.
Qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat ma’murlari, harbiy 
boshliqlar. ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Bu 
“mashvaratu maslahat”larga olimu fuzalolar ham taklif etilgan, qabul 
qilinadigan qarorlarda ularning fikr-mulohazalari hisobgaolingan.
Amir Temurning davlatni boshqarish uslubiga bag’ishlangan “Temur 
tuzuklari” asarida davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt 
egalarining tutumi (yo’nalishi) va vazifalari, vazir va qo’shin boshliqlarini 
saylash, sipohlarining maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat 
arboblari va qo’shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va 
boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko’rsatgan xizmatlarini taqdirlash 
tartibi, boshqaruvga oid boshqa juda qimmatli tartib-qoidalar, fikr-
mulohazalar bayon etilgan.
Buyuk Sohibqiron ishning ko’zini biladigan tadbirkor, qobiliyatli 
insonlarni yuksak qadrlagan. “Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, 
xushyor, jang ko’rgan, mard, shijoatli bir kishi, mingta tadbirsiz, loqayd 
kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi”
6
.
Amir Temurning boshqaruvni mukammal tashkil etishi, intizomga 
qat’iy rioya etilishi ulkan saltanatni muvaffaqiyatli idora etish, beqiyos 
bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish imkonini berdi.
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish