2. Bu hammasi- Xurosondan tole yuz o'girayotganining nishonasi!
Translation: All this is a sign of turning away from Khurasan!
Izoh: Asliyat matnining ushbu parchasida umumiylashtirish usulidan “bu hammasi” birikmasi orqali foydalanilgan. Ya’ni tarjimon tarjimada bu birikmani “all this” birikmasi sifatida bergan.
3. Hirotning barcha jonkuyar fozil kishilari umid ko'zini sizga tikkanlar.
Translation: All the passionate virtuous people of Herat have their eyes fixed on you.
Izoh: Asliyat matnining ushbu parchasida umumiylashtirish usulidan “barcha” birikmasi orqali foydalanilgan. Ya’ni tarjimon tarjimada bu birikmani “all” birikmasi sifatida bergan.
4. Barcha yaxshi kuchlar birlashsa-yu, shoyad falokatning oldini olishga muyassar bo'lsalar
Translation: if all the good forces unite, maybe they will be able to prevent the disaster.
Izoh: Asliyat matnining ushbu parchasida umumiylashtirish usulidan “barcha yaxshi kuchlar”birikmasi orqali foydalanilgan. Ya’ni tarjimon tarjimada bu birikmani “all the good force” birikmasi sifatida bergan.
5.Bu hammasi Boburga juda ulug'vor bir san'atning namunasi bo'lib ko'rindi.
Translation: All this seemed to Babur an example of a very noble art
Izoh: Asliyat matnining ushbu parchasida umumiylashtirish usulidan “bu hammasi”birikmasi orqali foydalanilgan. Ya’ni tarjimon tarjimada bu birikmani “all this” birikmasi sifatida bergan.
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarining
Asliyat matnidagi almashtirish usulining tarjimasi va tahlili
Sababning natija va natijaning sabab bilan almashtirilishi. Uchinchi turdagi transformatsiya ikki hodisa o’rtasidagi mantiqiy aloqaga asoslanadi. Ulardan bittasi asliyat matnini atasa, ikkinchisi uning tarjima varianti deb hisoblanadi. Bu transformatsiya matnda tasvirlangan vaziyatning semantik hamda mantiqiy tahlilni talab etadi. Matndagi vaziyat, o’z navbatida, semantik jihatdan rivojlantiriladi. Agar vaziyat semantik jihatdan to’g’ri rivojlantirilsa, ya’ni asliyat matni va tarjima matnidagi fikrlar bir-birlarini semantik jihatdan sabab va natija sifatida bog’lasa, transformatsiya tarjima tili normalariga rioya qilgan holda, matndagi mazmunni berishga xizmat qiladi. Tarjimada sabab natija bilan almashtiriladi. Bunda eng asosiysi, tarjimada til normasiga putur yetmasligi hisoblanadi. Amaliyotda natija sabab bilan almashtirila digan hollar ham uchrab turadi: “I not only shared a cabin with him and ate three meals a day at the same table …”gapining o’zbek tiliga tarjimasida xuddi shu narsa kuzatiladi. Bu gapni o’zbek tiliga “men u bilan bir kunda bitta stol atrofida uch marta uchrashar edim” deb tarjima qilish yuqoridagi fikrimizga yorqin misol bo’la oladi. Inglizcha gapni so’zma-so’z tarjima qilish o’quvchiga hech qanday ma’lumot bermasligi aniq.
Bu gapning so’zma-so’z tarjimasi “Men u bilan nafaqat bir kupedamiz, balki u bilan bir stol atrofida uch mahal uchrashar edik ham”. Ko’rinib turibdiki, “men u bilan nafaqat bir kupedamiz” gapi buyerda ortiqcha. Quyida leksik transformatsiyaning ushbu turiga doir bir qancha misollarni keltirib o’tamiz: “He answered the telephone” – U go’shakni ko’tardi, “Who shall I say is calling?” – Uni kim so’rayapti? “Stop I have a gun!” – To’xta, bo’lmasa o’q uzaman!, “For saying so, there is gold” – Xushxabaring uchun buni ol, “I don’t blame him” – Men uni tushunaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |