Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-BOB. NOGIRONLIK PENSIYALARINI HISOBLASH, TAYINLASH



Download 2,13 Mb.
bet75/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

13-BOB. NOGIRONLIK PENSIYALARINI HISOBLASH, TAYINLASH
VA TO‘LASH TARTIBI
13.1. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning zarurligi va ahamiyati
Mamlakatda nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga ta’lim olish va ishga joylashishda har tomonlama ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda. Davlat tomonidan xalqimizga xos bo‘lgan mehr-shafqat hamda ezgulik tuyg‘ularini hisobga olgan holda nogironlarning muhim ehtiyoj va talablariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimiz birinchilardan bo‘lib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari ichida nogironlar huquqlarini mustahkamlashga, himoya qilishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni78 qabul qildi, nogironlarga qulayliklar yaratishga qaratilgan normalarni ishlab chiqdi va tasdiqladi, shuningdek, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi talablari va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq qilish, o‘shuningdek, “nogiron” tushunchasi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” tushunchasidan foydalanish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, davlat organlarining nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatlari, nogironlikni aniqlash va oldini olish, ularning ta’lim olishi va ishga joylashishiga ko‘maklashish, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy shakl va mexanizmlarini belgilash, nogironlikni belgilashda qo‘llanilayotgan usullarni tubdan takomillashtirish va boshqa qoidalar nazarda tutiladi.
1992-yilda BMT tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga oid dolzarb masalalarga jamoatchilik e’tiborini qaratish, shuningdek, ularni ijtimoiy hayotga va rivojlanish jarayonlariga moslashtirish maqsadida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilindi.
Bugungi kunda dunyoda taxminan bir milliard, jumladan O‘zbekistonda 600 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar hayot kechirmoqda.79 Ko‘pchilik nogironligi bo‘lgan shaxslar kundalik turmushda turli qiyinchiliklarga duch kelib, bu ularning mamlakat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirok etishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 25-moddasida “Har bir inson ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun jamg‘arma bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega”80 ekanligi ko‘rsatilgan. Bu aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi tomonidan ta’minlanadi.
2006-yil 13-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 61/106-
rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” hamda “Nogironlarning huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga Fakultativ protokol” ana shu xalqaro hujjatlarning asosiylari hisoblanadi. Ularda nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatlarini rag‘batlantirish va himoya qilish, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini va bu huquqlardan boshqalar bilan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini kafolatlash tamoyillari belgilab qo‘yilgan. Ushbu Konventsiyada nogironlarning huquqlari va asosiy erkinliklari, xususan ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta’lim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, bo‘sh vaqtni o‘tkazish, dam olish va sport bilan shug‘ullanishda ishtirok etish, o‘zlari va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lish va ijtimoiy yordam huquqlari e’tirof etilgan va ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan. Bunda, ayniqsa, nogiron ayollar, bolalar va keksalar huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumati BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiya”sini imzolagan. Mamlakatda nogironlarning barcha huquq va erkinliklarini ta’minlashning mustahkam huquqiy asoslari ham yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi qonunlar qabul qiligan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi 422-XII-sonli Qonun, 1993-yil 3-sentyabrda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonun, 2016-yil 26-dekabrda “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy hizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonunlar qabul qilingan. 2011-yil 8-sentyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 252-sonli Qarori, 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va ular ijrosi sobitqadamlik bilan ta’minlanayotganligi buning yaqqol dalolatidir. Unga muvofiq, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida, ularning ijtimoiy yordam hamda himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va ijtimoiy himoya qilish dasturlari amalga oshirilishini, ularning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi.
Nogironligi bo‘lgan shaxs – bu jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxsdir. Nogiron bolalar – jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslardir.


  1. Download 2,13 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish